6-bob polimerlarning suyuq fazali tizimlari


Download 0.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/19
Sana28.02.2023
Hajmi0.78 Mb.
#1237240
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
2 5390886823583033655

Nazorat savollari 
 
1. Polimerlarning suyuq fazali tizimlari deganda nimani tushunasiz? 
2. Polimer suyultmalar qanday hosil qilinadi? 
3. Polimer eritmalar qanday hosil qilinadi? 
4. Polimer erishishining termodinamik asoslari nimadan iborat? 
5. Flori-Xaggins polimer-erituvchining o„zaro ta‟sirlanishining 
termonamik parametri (

12
) qanday aniqlanadi? 
6. Polimer-erituvcni fazaviy diagrammasi qanday ko„rinishda bo„ladi? 
7. Polimerlar erishi kinetikasi nimalarga bog‟liq bo‟ladi? 
8. Polielektrolit xossa va konsentratsion anomaliya nima? 
9. Poliamfolit xossa qanday namoyon bo„ladi? 
10. Izoelektrik nuqta nimani tavsiflaydi? 
11. Izoion nuqta nimani tavsiflaydi? 
12. Termotrop, liotrop suyuq kristallar va teksturalar qanday shakllanadi? 
13 Polimerlarda liotrop va termotrop suyuq kristallar qanday farqlanadi? 
14. Qanday tizim polimer gel deyiladi? 
15. Polimer gellarga fazali tizim deb qaraladimi? 
16. Polimer tizimlarda fazaviy o‟tish diagrammalari qanday ifolanadi? 
17. Aralashmada turli polimerlarni qo‟shiluvchanligi (moyilligi) nima? 
18. Aralashmaning kinetik barqaror tizimligi nimani anglatadi? 
19. Polimer-polimer komplekslar nima? 
20. Eritmada polimer ionogen guruhlar nimani namoyon qiladi?


132 
7-bob 
POLIMERLAR GIDRODINAMIKASI VA REOLOGIYASI 
Suyuq fazali polimerlar (suyultma, eritma, aralashma, gel, suyuq 
kristallar, suspenziya, emulsiya kabi) tizimlarda makromolekulyar 
birikmalar o„ziga xos noyob xususiyatlar namoyon qiladi. Bunday 
xususiyatlar tizimlarni tarkibi va makromolekulalarning qanday holatda 
ekanligiga bog„liq tarzda polimerlar fizikasining gidrodinamikasi va 
reologiyasi doirasida tadqiq qilinadi: - gidrodinamika (suyuqlik 
dinamikasi) – polimerlarning individual tavsiflarini aniqlashga asoslangan 
bo‟lib, tadqiqotlar odatda suyultirilgan, ya‟ni makromolekulalar bir biridan 
izolyatsiyalangan eritmalarda olib boriladi. Gidrodinamik tadqiqotlar 
polimerlarning o„lchamlari, molekulyar massaviy va konformatsiyon 
tavsiflarini hamda ularning molekulyar tuzilishiga xos bo„lgan noyob 
xususiyatlarini aniqlashga imkon beradi; - reologiya (

” – oqish
polimerlarning eritma va suyultmalardagi oquvchanligi bilan bog„liq 
deformatsion tavsiflarini va makromolekulalararo o„zaro ta‟sirlashish 
prinsip va qonuniyatlarini o„rganishga asoslangandir. Reologik tadqiqotlar 
polimerlarga xos orientatsion va deformatsion tartiblanish hamda maxsus 
tuzulishga ega tizimlar tashkil etishda va qayta ishlash prinsiplarini 
aniqlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling