6-bob polimerlarning suyuq fazali tizimlari
Download 0.78 Mb. Pdf ko'rish
|
2 5390886823583033655
sh
) bo„yicha ularning qoshiluvchligi aniqlangan. Jumladan, mexanik yo„qotish tangens burchagining (tg ) haroratga bog„liqlik (T) grafigida polimer komponentlar shishalanish haroratlarini ifodalovchi maksimumlar vujudga kelishi kuzatilgan (6.6.2-rasm). Agar polimerlar qo„shilmovchan bo„lsa, unda har bir polimer uchun tavsifli shishalanish haroratilarida (T sh1 va T sh2 ) maksimumlar namoyon bo„ladi. Agar polimerlar qo„shiluvchan bo„lsa, unda yagona shishalanish harorati (T sh *) mavjud bo„ladi va uning maksimumi polimerlar nisbati o„zgarishi bilan harorat (T) o„qi boylab siljiydi. Agarda, aralashma bitta shishalanish harorati (T sh *) bilan tavsiflansada, maksimumi polimerlar 6.6.1-rasm. Bir polimer eritmasini (P 1 ) ikkinchiga (P 2 ) turli nisbatlarda aralashtirib olingan plyonkalarning optik zichliklarini (D) o„zgarishi: 1 – qo„shilmaydigan polimerlar; 2 – qo„shiladigan polimerlar. 127 nisbati o„zgarishi bilan siljimasa, aralashma qo„shilmovchan hisoblanadi. Polimer-polimer tizimda fazaviy muvozanat. Har qanday aralashma tizim komponentlarining tabiatiga bog„liq ravishda fazaviy muvozanatga intiladi. Polimerlar aralashmasi umumiy erituvchi asosida hosil qilinsa, bunday uch komponentli tizim uchun fazaviy diagramma “erituvchi (E 1 ) – polimer (P 1 ) – polimer (P 3 )” tomonlardan iborat uch burchakli bog„lanish diagrammasi ko„rinishida ifodalanadi (6.6.3-rasm). Erituvchi konsentratsiyasini maksimal (yoki polimerni minimal konsentratsiyasi) miqdori qatlamlarga ajralish fazaviy chegarasi deyiladi. Bunga binoan Flori-Xaggins va Skott tomonidan tavsiya etilgan eritmalar nazariyasi asosida 2 va 3 komponentali tizimlarda kritik parametrlarni o„zaro ta„sirlashini ( 23 ) inobatga oladigan tenglama tavsiya etilgan: 23 = 0,5 (m 2 -0,5 + m 3 -0,5 ) (6.6.1) bu yerda m 2 va m 3 – komponentlarning polimerlanish darajasi. Ushbu tenglama asosida quyidagilar aniqlangan: - ikkita quyi molekulyar suyuqliklar uchun m 2 = m 3 = 1; 23 = 2; - polimerlarning quyi molekulyar suyuqliklardagi eritmasi uchun m 2 =1; m 3 = ; 23 = 0,5; - ikkita polimerlar aralashmalari uchun m 2 = m 3 = ; 23 = 0; 6.6.2-rasm. Mexanik yo„qotish tangens burchagini (tg ) haroratga (T) bog„liqlik grafigi: T sh1 va T sh2 - qo„shilmovchan polimerlarning shishalanish harorotlaridagi maksimumlari; T sh * - qo„shiluvchan polimerlar shishalanish harorati maksimumi 6.6.3-rasm. Uch komponentli “erituvchi (E 1 )-polimer (P 2 )- polimer (P 3 )” tizimning holat diagrammasi: A – gomogen aralashma sohasi; B – qatlamga ajralish sohasi; C – qatlamga ajralish chegarasi. 128 Bularni inobatga olgan holga uch komponentli tizim uchun uchda o„zaro ta‟sirlashish parametrlari tavsiya etilgan: - erituvchi 1 va polimer 2 orasidagi ta‟sirlashish 12 ; - erituvchi 1 va polimer 3 orasidagi ta‟sirlashish 13 ; - polimer 2 va polimer 3 orasidagi ta‟sirlashish 23. Bundan, shuni ta‟kidlash joizki, ikkita qo„shiluvchan polimerlar o„rtasidagi 12 ; - 13 farq mavjud bo„lganda aralashmada qatlamlarga ajralish kuzatilishi mumkin. Bu holat hamma vaqt ham polimerlarning qo„shilmovchanligini anglatmaydi. Shuningdek, polimerlarni suyuqliklar bilan aralashtirishda yoki suyuqliklarni o„zaro bir-biri bilan aralashtirishda, odatda, umumiy hajmning kichrayishi yoki kattalashishi kuzatiladi. Bu komponentlarning yaxshi yoki yomon aralashishini ifodalamaydi. Polimer komplekslar. Polimerlarni aralashmalarda o„zaro ta‟sirlashib biri ikkinchisi selektiv tarzda tanlab yoki tutib olishi hamda umumiy tuzilish hosil qilishi natijasida komplekslar shakllantirishi mumkin. Bunday jarayonlar polielektolitlar asosidagi aralashmalarda pH o„zgarishi bilan amalga oshishi shubhasizdir. Polielektrolitlararo kooperativ reaksiyalar, ya‟ni bir paytning o„zida deyarli barcha bir xil ionogenlar ta‟sirlashishlari natijasida keladigan mahsulotlaridan biri dastlabki polimer komponentlarning stexiometrik nisbatlariga bog„liq tarzda shakllangan polielektrolitlarni tuzli komplekslari bo„lsa, ikkinchisi esa poliionlarning ionogen guruhlari o„zaro to„silgan va erimaydigan yuqori darajada reaksiya jarayoni tugagan tizimdir. Polielektrolitlararo reaksiyalarda o„zgarishlar darajasini ( ) aralashmadagi ixtiyoriy komponentning funksional guruhlarining umumiy konsentratsiyasiga (C o ) nisbatan tuz bog„lari bilan birikkan funksional guruhlar (C k ) ulushi sifatida aniqlash mumkin, ya‟ni = C k /C o . Kuchsiz polikislota va poliasos tuzi aralashmasini potensiometrik titrlash orqali ma‟lum bir pH muhitida ning miqdorini quyidagi formula bo„yicha hisoblash mumkin: C k = C o . = g NaOH /V o + [H + ] – [H + ] PK (6.6.2) bu yerda g NaOH – titrlangan ishqor miqdori, ekv; V o – reaksiyon aralashma hajmi, l; [H + ]– protionlar konsentratsiyasi, mol/l; [H + ] PK – polikislota bilan ta‟sirlashmagan protonlar konsentratsiyasi, mol/l. Hisoblashlarda [H + ] PK = (K tavs.PK C o ) 0,5 kabi aniqlanishi mumkin, bunda K tavs.PK – polikislota dissotsiyasini tavsifli doimiysidir. Shuningdik, kuchsiz poliasos va polikislota tuzi o„rtasida ishqoriy muhitda ro„y beradigan reaksiyasi uchun miqdorini quyidagi formula 129 bo„yicha hisoblash mumkin: C k = C o . = g HCl /V o + [OH - ] – [OH - ] PO (6.6.3) bu yerda g HCl - titrlangan kislota miqdori, ekv; [OH - ] - gidroksil ionlar konsentratsiyasi, mol/l; [OH - ] PO - poliasos bilan ta‟sirlashmagan gidroksil ionlar konsentratsiyasi, mol/l. Hisoblashlarda [OH - ] PK = (K . C o K tavs.PO ) 0,5 ifoda yordamida aniqlanishi mumkin, bunda K . - erituvchining ion ko„paytiruvchisi va K tavs.PO - poliasos dissotsiyasini tavsifli doimiysidir. 6.6.4-rasmda pH muhitini miqdoriga bog„liqligi grafigi keltirilgan, unda polielektrolitlar o„rtasidagi reaksiya pH ning tor intervalida amalga oshishi va kooperativ jarayon natijasida polimer kompeleks hosil bo„lishi ifodalangan. Polimerlarni aralashmada komplekslari shakllanadigan kooperativ reaksiyalar, odatda, makromolekulylararo ion, metal, vodorod, koordinatsiyon kabi kuchsiz bog„lar hisobiga amalga oshadi. Masalan, polimetakril kislota (PMAK) va polietilenoksid (PEO) asosida polimer- polimer kompleks quyidagicha ifodalanadi: Download 0.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling