6-bob polimerlarning suyuq fazali tizimlari
Download 0.78 Mb. Pdf ko'rish
|
2 5390886823583033655
6.2. Polimer eritmalar
Polimerlar, odatda, molekulyar tarkibidagi elementlariga o„xshagan elementlari bo„lgan quyi molekulyar birikmalarda yaxshi bo„kadi va eriydi, ya‟ni makromolekulalar uchun termodinamik jihatdan qulay bo„lgan – erituvchi hajmida molekulyar darajada taqsimlangan fizik holatga o„tadi. Eritma – bu kamida ikki (polimer va erituvchi) komponentli suyuq fazali tizimdir. Agar erituvchi murakkab tarkibli, masalan, suv va organik erituvchi aralashmasidan yoki erituvchi va tuz asosidagi eritma shaklida ikki komponentli bo„lsa, bunday erituvchi binar deyiladi. Polimer eritmalarni hosil qilinishi, ularni to„g„ridan to„g„ri qo„llanishi, eritma orqali qayta ishlash, suyuq kristallar, gellar, turli xil aralashmalar va komplekslar hosil qilishlari uchun katta imkoniyatlar ochib beradi. Polimer eritmalar ustmolekulyar tuzilish hosil qiluvchi tizimlarning yana bir turidir, u ayniqsa suyultmalar orqali qayta ishlab bo„lmaydigan tabiiy va ayrim sintetik polimerlar uchun katta imkoniyatlar yaratib beradi. Eritma bu polimer-erituvchi asosidagi suyuq fazali termodinamik muvozanatli tizim, unda erituvchi muhitida polimer molekulalarining bir biriga nisbatan harakatlanishi, o„zaro jipslashib ustmolekulyar tuzilishni hosil qilishi va fazaviy o„tishlarni amalga oshirishi mumkin. Polimer- erituvchi tizimi fazalar qoidasiga bo„ysunadi va quyi molekulyar birikmalarga nisbatan o„zining ma‟lum jihatlari bilan farqlanadi: - polimer-erituvchi tizimining muvozanatga erishishi sekin amalga 6.1.1-rasm. Polietilentereftalat namunalari suyuqlanish haroratining (T sq ) kristallanish haroratiga (T kr ) bog„lanish grafigi: (T sq ) 283 o C. 100 oshadi. Bunda tizimning ortiqcha to„yinishi yoki fazaviy o„tishida qo„shimcha sovutish jarayoni amalga oshishi kuzatiladi; - tashkil etuvchilarlar to„liq aralashmaydigan hollarda suyuq fazada polimer konsentratsiyasi nisbatan ancha kam, va aksincha polimer fazada erituvchi yuqori miqdorda bo„ladi; - fazaviy muvozanat polimerning molekulyar massasiga bog„liq bo„ladi; - polimer gellari erituvchini nisbatan yuqori miqdorlarda singdirishi tufayli hajmini juda katta kengaytirish xususiyatiga ega bo„ladi; - polimer eritmalar izotropik va anizotropik xossalarni, shuningdek polielektrolit tabiatiga bo„g„liq konsentratsion anomaliyani namoyon qiladi. Download 0.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling