6-bob polimerlarning suyuq fazali tizimlari


 Polimer eritmalardagi fazaviy muvozanatlar


Download 0.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/19
Sana28.02.2023
Hajmi0.78 Mb.
#1237240
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
2 5390886823583033655

6.2.2. Polimer eritmalardagi fazaviy muvozanatlar
Polimer eritmalardan materiallar olishda, ularning fazaviy holatiga 
doir ikki muhim xossasi inobatga olish zarur: 
- polimer eritma tayyorlashda shunday erituvchi tanlanishi kerakki, 
uning yordamida ishlab chiqarishda ham gomogen eritma olish imkoni 
bo„lsin; 
- ustmolekulyar tuzilishlar shakllanishida erituvchini ma‟lum qismi 
chiqarib yuborilishi yoki cho„ktiruvchi kiritilganda tizim shunday holatda 
bo„lishi kerakki, unda polimer erituvchiga nisbatan nihoyatda past 
moyillikka ega bo„lishi kerak. 
O„z-o„zidan hosil bo„lgan polimer eritma ma‟lum harorat diapazonida 
muvozanat holatida bir fazali tizimni namoyon qiladi. Bunda polimer va 
erituvchi to„liq aralashadi, ammo bunday harorat sohasi odatda tor bo„ladi 
(6.2.2.1-jadval).


103 
6.2.2.1-jadval. Ustmolekulyar tuzilishlar hosil qiluvchi polimerlar 
uchun qo„llaniladigan ba‟zi bir erituvchilar 
Polimerlar 
Erituvchilar 
Erituvchi-
ning qaynash 
harorati, 
o

Erishning 
minimal 
harorati, 
o

Polivinil spirt 
Suv 
100 
60-80 
Poliakrilonitril Dimetilformamid 
153 
20 
Dimetilatsetamid 
165 
75 
Dimetilsulfoksid 
189 

Natriy rodanidning suvli eritmasi 
(48-55 %) 

< 20 
Polivinil 
xlorid 
Atseton 

serouglerod (50 %) 

60 
Dimetilformamid 
153 
60-150 
Dimetilatsetoamid 
165 
110-130 
Sellyuloza 
Sink xloridning suvli eritmasi
(67-71%) 

20 
Sulfat kislota (63-67 %) 


Misli-ammiak eritma 

10-15 
Ksantogenat 
sellyuloza 
NaOH suvli eritmasi (5-10 %) 

< 15-20 
Atsetat 
sellyuloza 
Atseton (96 %)

suv (4 %) 

40-45 
Atseton (82 %)

etil spirti
(14 %) 

suv(4%) 

40-45 
Eritmaning harorati pasayganda polimerlar eruvchanligi cheklanadi va 
to„liq aralashish amalga oshmaydi. Oqibatda, eritmada ikki fazaga ajralish 
ro„y beradi. Hosil bo„lgan muvozantli fazalardan biri polimerning 
erituvchida va ikkinchisi esa erituvchining polimerdagi to„yingan tizimi 
sifatida namoyon bo„ladi. 
Ustmolekulyar tuzilish hosil bo„lish jarayonini boshqarish polimer-
erituvchi tizimining fazaviy muvozanat sharoitini aniqlashga nihoyatda 
bog„liqdir. Polimer-erituvchi fazaviy muvozanati uch xil bo„ladi: 
amorf (suyuq va qattiq fazali) muvozanat - bu ma‟lum bir yuqori yoki 
past haroratlarda tizimning ikkita muvozantli (izotrop xossali), polimer 
miqdori bilan farqlanadigan fazalarga ajralishidir; 
- kristall (qattiq fazali) muvozanat - bu polimerning ma‟lum 
morfologiyali kristall faza ko„rinishida ajralishidir; 
suyuq kristall (suyuq fazali) muvozanat - harorat va tarkibning ma‟lum 
sohasida bir fazali (izotrop) tizimni o„z-o„zidan ikki fazali (izotrop va 
anizotrop) eritmalarga va keyin esa to„liq bir fazali suyuq kristall holatga 


104 
o„tishidir. 
Ushbu fazalardagi tashkil etuvchilarning kimyoviy potensiallari 
tengligidan, ularning fazalarini tarkibi aniqlanadi: 

1
I
 

 

1
II


2
I
 

 

2
II
(6.2.2.1) 
bu yerda pastki indekslar tashkil etuvchilar va yuqorilari esa fazalarni 
anglatadi.
Ikkinchi tomondan (6.2.2.1) tengliklar erituvchi va polimerning 1 va 
fazalardagi kimyoviy potensiallarining o„zgarishini ko„rsatadi. Ikki 
fazaning birgalikda mavjud bo„lish sharti (6.2.3) binodal tenglamasidan 
harorat va tarkib koordinatalarining bog„lanishi orqali ifodalanuvchi 
fazaviy muvozanat diagrammasidagi chegaraviy egri chiziq orqali 
aniqlanadi. Fazaviy muvozanat diagrammasi, holat diagrammasi, erish 
diagrammasi va faza diagrammasi deb ham yuritiladi (6.2.2.1-rasm).
Binodal 
qubbasidan 
tashqaridagi 
barcha 
nuqtalarda 
tashkil 
etuvchilarning to„liq aralashuvi amalga oshadi - polimer to„liq eriydi. 
Binodal kupolasi ostida geterofazali fluktuatsiya amalga oshadi, ya‟ni 
yangi faza kurtagi hosil bo„ladi. Shuni ta‟kidlash joizki, polimerning 
molekulyar massasi oshib borishi bilan kritik harorat nuqtasi, umuman 
binodal, yuqori harorat va kichik konsentratsiya sohasiga siljiydi. 
Polimer eritmalarda fazaviy bo„linishlar nafaqat harorat pasayganda, 
balki oshganda ham ro„y beradi. Haroratning oshishi bilan tashkil 
etuvchilar moyilligi ortsa va ma‟lum bir tavsifli haroratda cheklanmagan 
darajada aralashsa, bunday (T
v
k
) nuqta erishning yuqori kritik haroratli 
(EYuKH) deyiladi (6.2.2.1-rasm). Bunga teskari tizimlar ham mavjud 
bo„ladi va ular uchun bunday (T
q
k
) nuqta erishning quyi kritik haroratli 
(EQKH) tizim deb yuritiladi. Nazariy jihatdan ixtiyoriy polimer-erituvchi 
tizim sovutilganda EYuKH va qizdirilgan EQKH nuqtalar kuzatilishi lozim. 
Ularning binodallari bir-biriga teskari to„ntarilgan “kupolalar” kabi bo„ladi 
6.2.2.1-rasm. Polimer-erituvcni 
tizimining umumiy fazaviy 
diagrammasi


105 
va orasida 

 - haroratdan boshlanuvchi to„g„ri chiziq ham mavjud bo„ladi. 
Polimerni erishi uch yo„l bilan amalga oshishi mumkin (6.2.2.2-rasm):
- birinchi yo„l - doimiy haroratli polimer-erituvchi tizimda 
konsentratsiyani o„zgartirish orqali yangi tarkibga to„g„ri keladigan nuqtani 
(x
2
T
1
) nomoyillik (x
1
T
1
) nuqtasidan chaproqqa siljitishga asoslangandir. 
Ammo, bunda eruvchanlik asta-sekin amalga oshadi va konsentratsiya ham 
kichik bo„ladi hamda ustmolekulyar tuzilish hosil qiluvchi tizim yaratish 
uchun bu yo„l samarasiz hisoblanadi; 
- ikkinchi yo„l - tizim haroratni fazaviy muvozanat grafidan 
(binodaldan) yuqoriga, to uning qaynash darajasiga tomon ko„tarilishiga 
asoslangandir. Bunda (x
1
T
1
) nuqta (x
1
T
2
) ga siljiydi va erish tezlashadi; 
- uchinchi yo„l - erituvchi tarkibini o„zgartirish orqali T
v
k
pasaytirishga, ya‟ni binodalni 1-kubbadan 2-kubba holatiga qisqartishga 
asoslangandir.
Amaliyotda har uchala uslub qo„llaniladi. Ammo har uchala uslub 
qo„llanilganda ham polimerning erish jarayoni ma‟lum vaqtni talab qiladi. 
Bu holatni polimer va erituvchi molekulalarining o„zaro aralashishining 
kinetik qonuniyati sifatida o„rganiladi. 

Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling