6-bob polimerlarning suyuq fazali tizimlari
Polielektrolitlar va konsentratsiyon anomaliya
Download 0.78 Mb. Pdf ko'rish
|
2 5390886823583033655
- Bu sahifa navigatsiya:
- Poli-n-aminostirol Poli-4-vinilpiridin
6.3. Polielektrolitlar va konsentratsiyon anomaliya
Elementar zvenolarida ionogen guruhlari bo„lgan polimerlar polielektrolilart (ionogen makromolekula) deyiladi. Ionogen guruhlarning tabiatiga bog„liq holda polielektrolitlar kuchli va kuchsiz polikislota va poliasos toifalarga bo„linadi. Kuchli polikislotalar guruhiga misol sifatida quyidagi birikmalarni kelishtirish mumkin: polivinilsulfon kislota polistirolsulfon kislota kuchsiz polikislotalar guruhi: poliakril kislota polimetakril kislota Shuningdek kuchli poliasoslarga quyidagi, ya‟ni polivinil-n-tolilmetilammoniy politrimetilammoniy etilmetakrilat 108 va kuchsiz poliasoslarga esa ushbu moddalar misol bo„ladi: Poli-n-aminostirol Poli-4-vinilpiridin Polikislota va poliasoslar tuzlari, odatda, kuchli polielektrolitlardir. Polielektrolitlar zanjirlarida ham polikislota ham poliasos guruhlar bo„lsa, ular amfoter yoki poliamfolit makromolekulalar deyiladi. Misol sifatida 2- metil-5-vinil-piridin va akril kislota sopolimerini keltirish mumkin: Polielektrolitlarga (poliamfolitlarga) biologik muhim yuqori molekulyar birikmalar, jumladan, oqsillar, nuklein kislotalar kiradi. Polielektrolitlar, o„ziga xos ravishda ionogen polimerlar va past molekulyar elektrolitlarning xususiyatlarini mujassam etadi. Polielektrolit eritmalar, boshqa polimer eritmalar kabi anomal yuqori qovushoqlikga ega bo„ladi. Shuningdek, oddiy elektrolitlar kabi samarali ravishda elektr tokini o„tkazadi. Eng e‟tiborli tomoni shuki, polielektrolitlarning eritmalardagi gidrodinamik, optik va elektrkimyoviy xossalari noelektrolit polimerlar va quyi molekulyar elektrolitlarning xossalaridan keskin farq qiladi va bir qator o„ziga xos xususiyatlari bilan ajralib turadi. Polielektrolitlarning barcha o„ziga xos xossalari, ularning zanjirlaridagi lokal zaryadlarni kompensatsiyalanmagan holida namoyon bo„ladi. Bu xossalar asosan zaryadlangan poliion guruhlarni o„zaro va ularni o„rab turgan quyi molekulyar qarama-qarshi zaryadli ionlar bilan ta‟sirlashishi bilan aniqlanadi. Polielektrolitlar suvli eritmalarda elektrolitik dissotsiatsiya hodisasini namoyon qiladi. Bu hodisa molekulyar zanjir tarkibiga kiruvchi funksional guruhlar hisobiga amalga oshadi. Shuning uchun ham polielektrolitlarning suvli eritmalarini o„rganish katta ilmiy va amaliy qiziqish uyg„otadi. Makromolekulalarda ionogen tabiatli guruhlarni mavjudligi polielektrolitlarga xos ionlashish muvozanatini yuzaga kelishini taqozo 109 etadi. Polimerlarda quyi molekulayr birikmalarniki singari elektrolitik dissotsiatsiya reaksiyasi muvozanati HA H + + A - kabi bo„ladi va quyidagi tenglama orqali ifodalanadi: [H + ] /(1 - ) = K‟ yoki pH = pK‟ + lg[ /(1 - )] (6.3.1) bu yerda K‟ – elektrolitik dissotsiatsiya (ionizatsiya) doimiysi; - dissotsiatsiya (ionlashish) darajasi. Quyi molekulyar birikmaklar uchun dissotsiatsiya doimiysi konsentratsiya va dissotsiatsiya darajasiga bog„liq emas, ammo, molekulalarning ionlashishini Gibbs energiyasi o„zgarishiga bog„liq bo„lib qiyidagicha ifodalanadi: Download 0.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling