6-bob polimerlarning suyuq fazali tizimlari


Polimer suyuq kristallar va anizotrop teksturalar


Download 0.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/19
Sana28.02.2023
Hajmi0.78 Mb.
#1237240
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   19
Bog'liq
2 5390886823583033655

6.4. Polimer suyuq kristallar va anizotrop teksturalar
Polimer molekulalarning o„ziga xos tuzilishi va xususiyatlariga 
bog„liq tarzda, ularning qattiq va suyuq fazalariga (holatlariga) xos ayrim 
xususuyatlarini o„zida namoyon qiladigan termodinamik muvozanatli 
oraliq faza mavjud bo„lib, uni suyuq kristall fazasi (holati) deb yuritishadi. 
Suyuq kristallarning agregat holati shubhasiz suyuqdir, ammo, ularda 
suyuqliklarga xos makromolekulalarining amorf va izotrof holatiga tegishli 
bo„lgan yaqin tartibli tashkillanish kuzatilmaydi. Aksincha, kristall 
tuzilishga xos makromolekulalarning uzoq tartibli tuzilishi (yuqori 
orientatsion anizotropik holati) namoyon bo„ladi, ammo, zanjirlararo, 
odatiy, bog„lar (kovalent, vodorod, ion, metal, dispersion va sh. k.) 
shakllanmaydi, ya‟ni kristall yacheyka va reshetkalar mavjud bo„lmaydi. 
Suyuq kristall fazada makromolekulalarning termodinamik muvozanatli 
anizotropik holatda bo„lishi, polimer suyuqlikni mezomorf holatli va 
mezofazali deb yuritilishiga asos bo„ladi. Makromolekulalar suyuq kristall 
holatni namoyon qilishi uchun, ular albatta, anizometrik, ya‟ni zanjirning 
kamida 40 – 60 % qismi qattiq va qolgan qismi egiluvchan bo„lishi hamda 
ma‟lum tavsifli entropiya va entalpiyaga ega bo„lishi lozim. Bularning 
asosida suyuq kristallarda ikki tartib shakli amalga oshadi: orientatsion va 
koordinatsion. Birinchisi orientatsiyon tartib suyuq kristall holatlar, ya‟ni 
nematik, cmektik, xolesterik teksturalar (faza yoki holatlar) uchun majburiy 
tavsifdir. Ikkinchi koordinatsion tartib smektik fazaga tavsifli bo„lib, unda 
makromolekulalar qatlamlar ketma-ketligini hosil qiladi va bu qatlamlar 
ichida zanjirlar nafaqat parallel holatda, balki ularni og„irlik markazlari 
koordinatsiyalangan bo„ladi. Ushbu orientatsion va koordinatsion tartibli 
holatlar ketma-ketligi 6.4.1-rasmda Gibbs energiyasini (G) haroratga (T
bog„liqlik fazoviy diagrammasi asosida ifodalangan.
6.4.1-rasm. Izotrop (Iz), nematik (N), 
smektik (Sm) va kristall (Kr) holatlarda 
bo„la oladigan polimer tizimning 
fazaviy diagrammasi (a) va ushbu 
holatlarni chizmalari (b


116 
Bu ketma-ketlikning amalga oshishida fazaviy va agregat holatlar bir 
biriga mos kelmasligi, ya‟ni uzoq tartiblanish va joylashish jipsligi hamda 
usullari turlicha bo„lishi mumkin. Bunda holatlarning biridan ikkinchisiga 
almashishi I tur fazaviy o„tish mexanizmi bo„yicha, ya‟ni termodinamik 
potentsiallarning birinchi hosilalarini keskin tarzda sakrab o„zgarishlari va 
issiqlik yutilishi yoki chiqarilishi bilan amalga oshadi.
Suyuq kristallarning asosiy mezofazalari ichida o„zining quyi holatlari 
mavjud bo„lib, ular orasidagi o„tishlar simmetriyalarining o„zgarishi bilan 
bog„lig va ular ham I tur fazaviy o„tishlardir. Ular orasida nematik 
teksturadan xolesterik (Xl) teksturaning shakllanishi, ya‟ni nematik tartibni 
(ikki o„lchamli shakl) bir qator ketma-ket qatlamlar hosil qilishi va har bir 
qatlam oldingisiga nisbatan umumiy o„q atrofida ma‟lum burchakka (

xl

burilishi bilan amalga oshadi. Bu burchaklar diffirentsial qo„shilsa 
yig„indisi 180
o
, hatto 360
o
gacha ortib, molekulyar orientatsiya 
o„zgarganligini ko„rsatishi mumkin (6.4.2-rasm). Shuni ta‟kidlash joizki, 
suyuq kristall holatni nafaqat anizometrik molekulalar, balki qutbli, 
aromatik siklli va azot yoki murakkab efirli guruhlari bo„lgan polimer 
molekulalari ham namoyon qiladi. Bunday suyuq kristallar elektr va 
magnit maydon ta‟siriga juda sezgir bo„ladi va shu tufayli ularni 

Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling