6-bob. Taqsimot jarayonlari logistikasi
Logistik kanallar va logistik zanjirlar
Download 68.21 Kb.
|
6-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nolinchi darajali kanal Birinchi darajali kanal Ikkinchi darajali kanal Uchinchi darajali kanal
6.2.Logistik kanallar va logistik zanjirlar.Biznesning ixtisoslashuvi biznes funksiyalarini bajarish uchun vositachilarga murojaat qilishni taqozo qiladi. Bu funksiyalarga quyidagilar kiradi: almashuv (oldi-sotdi) funksiyasi, fizik taqsimot funksiyasi, qo‘llab-quvvatlash va yordamchi funksiyalar. Nolinchi darajali kanal Birinchi darajali kanal Ikkinchi darajali kanal Uchinchi darajali kanal 13-rasm. Taqsimot kanali turlari. Birinchi guruh funksiyalarini bajaruvchilar savdo vositachilari, ikkinchi va uchinchi guruh funksiyalarni bajaruvchilar logistik vositachilar hisoblanadi. Fizik taqsimotni amalga oshirishda vositachilarning quyidagi kontr agentlari mavjud: transport korxonalari; ekspeditorlik korxonalari va agentliklar; omborlar va terminallar; sug‘urta kompaniyalari; bojxona brokerlari. Tovar va mahsulotlar oxirgi iste’molchiga etib borguncha bir nechta vositachilardan o‘tadi. Bu vositachilar birgalikda ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilar o‘rtasidagi taqsimot kanalini tashkil qiladi. Taqsimot kanali korxonalar yoki alohida shaxslar to‘plami bo‘lib, ular tovarlarning ishlab chiqaruvchidan iste’molchiga tomon harakati mobaynida ularga bo‘lgan mulkiy huquqni o‘z zimmalariga oladilar yoki boshqalarga ushbu huquqni egallash uchun yordamberadilar. Taqsimot kanallarining bir necha turlari mavjud. Ular yuqoridagi13-rasmda tasvirlangan. Nolinchi darajali taqsimot kanali tovarning ishlab chiqaruvchidan to‘g‘ri oxirgi iste’molchiga etkazilishini ifodalaydi. Birinchi darajali kanalda tovarni etkazib berishda bitta vositachi – chakana savdo korxonasi ishtirok etadi. Ikkinchi darajali kanalda ikkita vositachi – ulgurji va chakana savdo korxonasi ishtirok etadi. Uchinchi darajali kanalda uchta vositachi – yirik ulgurji, mayda ulgurji va chakana savdo korxonasi ishtirok etadi. Taqsimot logistikasining asosiy funksiyalariga quyidagilar kiradi: Distribyusiya tarmoqlari tuzilmasini ishlab chiqish va qurish; Distributiv markazlar optimal dislokatsiyasi (joylashish)ni ishlab chiqish; Logistik servis darajasini standartlarga moslashtirish; Tayyor mahsulotni taqsimot kanali bo‘g‘inlari orasida tashish va ekspeditsiyalashni tashkil qilish; Tayyor mahsulotni taqsimot kanali omborlariga joylashtirish, saqlash va ularga ishlov berish. Tayyor mahsulot zaxiralarini yaratish va ularni optimal boshqarish; Tovarlar butligini ta’minlash, tavakkalchiliklardan sug‘urtalash va bojxona hujjatlarini rasmiylashtirish; Taqsimot logistikasi xarajatlarini tahlil qilish va baholash. Download 68.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling