6. Erkin radikallar va erkin radikalli jarayonlar. Tirik sistemalarda erkin radikallarning hosil bolish jarayonlari
Download 191 Kb.
|
6. Erkin radikallar va erkin radikalli jarayonlar. Tirik sistema
- Bu sahifa navigatsiya:
- Erkin radikal deganda
6. Erkin radikallar va erkin radikalli jarayonlar. Tirik sistemalarda erkin radikallarning hosil bolish jarayonlari. Oziq moddalarning kimyoviy energiyasidan foydalaniladigan bazi jarayonlarda, yoruglik kvantlari, shuningdek, ionlashtiruvchi nurlar tasirida organizmda erkin radikallar vujudga keladi. Erkin radikal deganda, molekulyar orbita yoki tashqi atom orbitasida juftlashmay qolgan elektronlar va shunga kora oz magnit momenti boladigan molekula yoki molekula qismi tushuniladi. Doimiy magnit maydonidagi ana shunday molekulalar oz magnit momentining yonalishiga yarasha uning uzunasiga qarab joylashadiki, bu ularni aniqlab olishga imkon beradi. Tarkibida erkin radikallari bolgan moddalar paramagnit moddalar deb ataladi. Temirli birikmalarning kopchiligi, ikki valentli mis tutadigan moddalar va boshqalar paramagnit moddalar jumlasiga kiradi. Bazi moddalar, masalan, kislorod juft sondagi elektronlarga ega bolsada, tashqi orbitasida juflashmagan ikkita elektroni boladi va shuning uchun bular ham paramagnit moddalar hisoblanadi. Erkin radikallar yuksak kimyoviy faollikka ega. Tekshirilayotgan toqimalardagi juftlashmay qolgan elektronlar konsentratsiyasi bilan almashinuv jarayonlarining darajasi ortasida hayron qolarli darajada muvofiqlik borligi aniqlangan. Erkin radikallar biopotensiallarning kelib chiqishida muayyan rolni oynaydi erkin radikallar konsentratsiyasi bilan potensiallar ayirmasi ortasida togri proporsional boglanish bor. Songgi vaqtlarda erkin radikallarning kanserogenezda muayyan darajada ishtirok etishini korsatadigan talaygina malumotlar mavjud. Erkin radikallarning organizmdagi asosiy manbai almashinuv jarayonlaridagi kopdan-kop oksidlanish-qaytarilish reaksiyalarida kuzatiladigan bir elektronli kochishlardir. Malumki, oksidlanish qaytarilish reaksiyalarining asosida elektronlarning molekulalar yoki ionlar orasidan kochib, ular zaryadining ozgarib qolishi yotadi. Chunonchi, gidroxinon (I) ning xinon (II) gacha oksidlanish jarayoni negizida 2 ta elektronning yoqolishi yotadi. Biroq, Mixaelis korsatib berganidek, bu elektronlarning kochishi bir yola yuzaga chiqmasdan, balki avval ularning biri, keyin ikkinchisi yoqoladi. (I) yoki (Ia) va (II) bosqichlar ortasida erkin radikal bolmish yarimxinon yoki semixinon hosil boladigan oraliq bosqich mavjud. Erkin radikallar kopchilik hollarda turgun bolmagan va tez yoqolib ketadigan oraliq birikmalardir. Lekin maxsus metodlar bilan ularni qayd qilish mumkin. Odam organizmida oksidlanish-qaytarilish reaksiyalarida (vitamin B2 va bazi boyoqlar) erkin radikallar ishtirok etishini qayd qilish mumkin boldi. Erkin radikallarning biologiyadagi rolini L.A.Blyumenfeld va L.M.Kayushinlar organishgan. Download 191 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling