6. Erkin radikallar va erkin radikalli jarayonlar. Tirik sistemalarda erkin radikallarning hosil bo‘lish jarayonlari


Download 191 Kb.
bet3/6
Sana27.10.2023
Hajmi191 Kb.
#1727958
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
6. Erkin radikallar va erkin radikalli jarayonlar. Tirik sistema

10.3-jadval.
Tirik organizmlar hujayralarida hosil bo‘luvchi erkin radikallar (Y.A.Vladimirov)


Radikal

Asosiy manba

Zararli reaksiyalar

Birlamchi radikallar:

Semixinonlar


Elektronlar o‘tkazish zanjiri

HQ· + O2→ Q +·O2 + H+

Superoksid

Fagotsit hujayralar

·O2 + Fe3+→ O2 + Fe2+

Azot monooksidi
(NO)

Endoteliy hujayralari va ko‘plab boshqalar

NO· + O2 → OONO-
(peroksinitrat)

Ikkilamchi radikallar:

Gidroksil radikali

H2O2 + Fe2+→ Fe3+ +HO-+HO·
(Fenton reaksiyasi)
HOCI + Fe2+→ Fe3+ + CI- + HO·
(Osipov reaksiyasi)

DNK va RNKlarning shikastlanishi va lipidlarning zanjirli oksidlanishi

Lipidlar radikallari

Lipidlarning zanjirli oksidlanishi

Lipid qo‘shqatlamini va membrana fermentlarini shikastlanishi

Antioksidant radikallari

Lipidlarning zanjirli oksidlanishi

Ba’zan prooksidant ta’sir ko‘rsatadi

Ksenobiotiklar metabolizmida hosil bo‘luvchi radikallar

Sanoat zaharlari va ba’zi dorilar

Ikkilamchi radikallarni hosil bo‘lishi

Yorug‘lik ta’sirida hosil bo‘luvchi radikallar

Yorug‘likni yutuvchi moddalar

Ikkilamchi radikallarni hosil bo‘lishi

Hujayralarda hosil bo‘luvchi asosiy radikallar – bu kislorodning superoksid va gidroksil radikallari, NO, to‘yinmagan yog‘ kislotalar radikallari, oksidlanish-qaytarilish reaksiyalarida, sifatsiz dorilar ta’sirida yoki ultrabinafsha ta’sirida hosil bo‘ladigan radikallardir.


Kislorodning radikallari. Organizm hujayralarida iste’mol qilingan molekulyar kislorod, asosan, mitoxondriyalar ichki membrnasi elektronlar tashish zanjirida organik substratlarni oksidlaydi va to‘g‘ridan to‘g‘ri suvgacha qaytariladi. Kislorodning ma’lum ozgina qismi esa organik birikmalarning to‘la bo‘lmagan oksidlanishiga sarflanadi. Va nihoyat, kislorodning sezilarli qismi superoksidlash radikaligacha hujayralar yordamida tiklanadi. Fagotsit hujayralardagi NADFN- oksidaza ferment kompleksi ishtirokida kislorod radikali superoksid ajraladi.
NADFN + 2O2→ NADF+ + 2O*- (superoksid).
Qonning monotsitlari va granulotsitlari hamda to‘qima makrofaglarida superoksid hosil bo‘lishi kuzatilgan. Me’yorda va o‘zgaruvchan valentlikdagi metall ionlari yo‘q bo‘lgan sharoitda (masalan, temir ionlari), superoksid radikallari vodorod perekisiga aylanadi; bu reaksiya superoksiddismutaza fermenti bilan katalizlanadi:
2O*-→H2O2 + O2



Download 191 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling