6-Foydalangan adabiyotlari


-shakl. qo’shimcha ko’rinishlar


Download 188.29 Kb.
bet3/5
Sana05.01.2023
Hajmi188.29 Kb.
#1080258
1   2   3   4   5
Bog'liq
aBROR

5-shakl. qo’shimcha ko’rinishlar.

Qo’shimcha ko’rinishlar chizma qog’ozining bo’sh joyiga joylashtirilishi kerak. Qo’shimcha ko’rinish burib ko’rsatilishi ham mumkin, u holda burilgan ko’rinishni ko’rsatuvchi harf yoniga shartli grafik () belgi qo’yiladi. Belgining diametri kamida 5 mm olinadi.


Maxalliy ko’rinish. Buyum sirtidagi ayrim tor uchastkada chegaralangan bir qismining alohida tasviri - maxalliy ko’rinish deb ataladi. Bunday ko’rinish to’lqinsimon uzish chizig’i bilan chegaralangan yoki chegaralanmagan bo’lishi mumkin. Maxalliy kvrinish tegishli strelka va yozuv bilan belgilanadi. Ko’rinish yoniga elementning nomi yozib qo’yilishi mumkin masalan, A (flanets).
Chizmada tasvirlar sonini kam bo’lishi va yaqqolligini ta’minlash uchun qIrqim va foydalanish zarur.
3. Qirqimlar.
Ichki tuzilishini chizmada tasvirlash uchun buyum tekislik bilan fikran kesiladi. Buyumning kesuvchi tekislik bilan kuzatuvchi oralig’idagi qismi fikran olib tashlanadi. QIrqim - predmetning bir yoki bir necha tekislik bilan fikran kesib ko’rsatilgan tasviridir. Qirqimda detalning kesuvchi tekislik kesib o’tgan joyi va tekislikning orqasida kuzatuvchiga ko’ringan qismlari ko’rsatiladi (6-shakl). Kesuvchi tekislik oyna kabi shaffof deb qaraladi. Kesuvchi tekislikning gorizontal proyeksiyalar tekisligiga nisbatan vaziyatiga qarab qIrqimlar uch xil bo’ladi: gorizontal, vertikal va qiya.
Buyumning gorizontal proyeksiyalar, tekisligiga parallel tekislik bilan kesilishidan hosil bo’lgan qirqimi gorizontal qirqim deyiladi (6-shakl, A-A qirqim).




6-shakl.

Buyumning gorizontal proyeksiyalar tekisligiga perpendikulyar tekislik bilan kesilishidan hosil bo’lgan qirqimi vertikal qirqim deyiladi. Vertikal qirqim frontal va profil bo’lishi mumkin. Agar kesuvchi tekislik frontal proyeksiyalar tekisligiga parallel bo’lsa, frontal qirqim, (6-shakl). Kesuvchi tekislik profil proyeksiyalar tekisligiga parallel bo’lsa, profil qirqim deb ataladi (6-shakl, B-B qirqim).


Gorizontal proyeksiyalar tekisligiga qiya vaziyatdagi tekislik bilan kesishdan hosil bo’lgan qirqimi qiya qirqim deyiladi (7-shakl, B-B qirqim). Kesuvchi tekisliklar soniga qarab qirqimlar oddiy va murakkab qirqimlarga bo’linadi:

1. Odiiy kirkim - buyumni bitta tekislik bila kesishdan xosil buladi (6-shakl).

2. Murakkab qirqim - buyumni ikkita yoki undan ortiq tekislik bilan kesib hosil qilinadi (8-shakl).
Murakkab qirqimlar – pog’onali va siniq qirqimlarga bo’linadi.











Download 188.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling