6-Foydalangan adabiyotlari
KO’RINISHLAR, QIRQIMLAR, KESIMLAR
Download 188.29 Kb.
|
aBROR
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. Ko’rinishlar.
- 3 -shakl 4-shakl
KO’RINISHLAR, QIRQIMLAR, KESIMLAR.
GOST 2.305-68 (ST SEV 363-88). Asosiy qoidalar. Mashinasozlik chizmalarida buyumlar (detal, yig’ish birligi va h.lar) to’g’ri burchakli proyeksiyalash usulida tasvirlanadi. B unda buyum (detal) kuzatuvchi bilan proyeksiyalar tekisligi orasida joylashgan deb qaralad 1-shakl Asosiy proyeksiyalar tekisligi sifatida olti yoqli qub tomonlari olinadi (1-shakl) . Qubda joylashgan buyumning oltita ko’rinishi, qubning olti yog’ida tasvirlab ko’rsatiladiyu Qub tomonlari - shaklda ko’rsatilganidek yaxlit bir tekislik vaziyatiga keltirib qaraladi. Ko’rinishlarda tasvirlar sonini kamaytirish uchun buyumning ko’rinmas qismlari shtrix chiziqlar bilan ko’rsatilishi mumkin. 2. Ko’rinishlar. Buyumning kuzatuvchiga ko’rinib turgan qismlarning tasviri - ko’rinish deb ataladi. Injenerlik grafikasida: asosiy, qo’shimcha va maxalliy ko’rinishlar bo’ladi. 2 -shakl. Asosiy ko’rinishlar. Oltita asosiy proyeksiyalar tekisligiga olingan ko’rinishlarning nomlari quyidagicha belgilangan (2-shakl): 1-olddan ko’rinish (bosh ko’rinish); 2-ustdan ko’rinish; 3-chapdan ko’rinish; 4-ungdan ko’rinish; 5-ostdan ko’rinish; 6-orqadan ko’rinish. Chizmada buyumning frontal proyeksiyalar tekisligidagi tasviri bosh (asosiy) ko’rinish deyiladi. Bosh ko’rinish buyumning shakli va o’lchamlari to’g’risida to’laroq tasavvur beradigan qilib tanlab olinadi. Masalan, silindrik sirtli (val, o’q, vtulka, shpilka va sh.k) sodda detallar uchun bitta bosh ko’rinishning o’zi yetarli. Bosh ko’rinishda silindrik detalning geometrik o’qi chizmaning asosiy yozuviga parallel yo’nalishi kerak (3-shakl). Bunday detallar mos bo’lishi lozim.
Ko’rinishlar proyeksion bog’lanishda tasvirlanadi. Agar ko’rinishlardan biri bosh ko’rinishga nisbatan siljitib tasvirlangan bo’lsa, bu ko’rinish chizmada “A” - tilidagi yozuv bilan belgilanadi (4-shakl, a). Ko’rinishlar A, B, V va h.k. harflari hamda qarash yo’nalishini ko’rsatuvchi strelka bilan ko’rsatiladi. Strelka o’lchamlari 5-shaklda ko’rsatilgan. Qo’shimcha ko’rinish. Asosiy proyeksiyalar tekisligidan birortasiga parallel bo’lmagan yordamchi tekislikka proyeksiyalar hosil qilingan tasvir - qo’shimcha ko’rinish deyiladi. Qo’shimcha ko’rinishining tasviri qarash yo’nalishini ko’rsatuvchi strelka va tegishli harflar bilan belgilanadi (5-shakl, 1-variant). Download 188.29 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling