6-Foydalangan adabiyotlari


Download 188.29 Kb.
bet4/5
Sana05.01.2023
Hajmi188.29 Kb.
#1080258
1   2   3   4   5
Bog'liq
aBROR

7-shakl. 8-shakl.

Pog’onali qirqimlar bir necha parallel kesuvchi tekisliklar yordamida kesib hosil qilinadi (8-shaklda, A-A). Siniq qirqim kesuvchi tekisliklarning o’zaro kesishuvidan hosil bo’ladi. Bunday qirqimni chizmada tasvirlash uchun kesuvchi tekisliklar bir tekislikka joylashguncha shartli ravishda
buriladi (9-shakl, A-A qirqim).








9-shakl10-shakl.

Agar kesuvchi tekislik detalning uzunligi bo’yicha kesib o’tsa, bunday qirqimni bo’ylama qirqim (10-shakl), agar kesuvchi tekislik detalning uzunligiga perpendikulyar kesib o’tsa, ko’ndalang qirqim deb ataladi ( -shakl, A-A kirkim).


Ko’rinish bilan qirqimni ajratish chizigg’i sifatida siniq to’lqinsimon chiziqlardan yoki simmetriya o’qlaridan foydalaniladi. Kesuvchi tekisliklarning vaziyati uzuk chizqklar orqali ko’rsatiladi. Kesim chiziqlari tasvir konturini tashqarisidan o’tkazilishi lozim.
Qarash yo’nalishini ko’rsatuvchi strelkalar chiziqning chekka uchlaridan 23 mm tashlab qo’yiladi (11-shakl).


11-shakl.
Murakkab qirqimlar uchun qirqim tepasiga A-A ko’rinishdashi yozuv yoziladi. Harfli belgilar alfavit bo’yicha avval ko’rinishlarga, qirqimlarga, so’ngra kesimlarga qo’yiladi.

Agar kesuvchi tekislik predmetning simmetriya tekisligi orqali o’tsa, gorizontal, frontal hamda profil kirkimlar ustiga A-A, B-B kabi yozuv yozilmaydi.

Simmetrik shakldagi ko’rinishning yarmi qirqimining yarmi bilan qo’shib tasvirlansa, simmetriya o’qlaridan ularni ajratish chizig’i sifatida foydalaniladi (12-shakldagi A-A, B-B qirqimlar).


12-shakl.

4. Chiqarish elementlari.
Chetga chiqarilgan elementlar - buyum biror qismining shaklini, o’lchamlarini va shu elementga tegishli boshqa ma’lumotlarni tushuntirish uchun ko’pincha kattalashtirib alohida bajarilgan qo’shimcha tasviridir ( -shakl). Chetga chiqarilgan elementlar tegishli tasvirlarda ko’rsatilmagan ma’lumotlarga ega bo’lishi va mazmun jihatidan undan farq qilishi mumkin (masalan, tasvir - ko’rinish bo’lishi, chetga chiqarilgan element esa qirqim bo’lishi mumkin). Chiqarish elementlardan foydalanilganda ko’rinish, qirqim yoki kesimda buyumning tegishli joyi yopiq ingichka tutash chiziq (aylana yoki oval) bilan ajratib ko’rsatiladi. Chiqarish elementi harfli belgi bilan belgilanib, chiqarish chizig’ining tokchasiga qo’yiladi. Chetga chiqarilgan elementning harfli belgisi va kattalashtirish masshtabi ko’rsatiladi. Masalan: A(2:1).



Download 188.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling