6-laboratoriya ishi 10-11-sinflarda nutq madaniyatini shakllantirishga qaratilgan mashq va topshiriqlar ishlab chiqish mashg‘ulotning maqsadi


Download 17.72 Kb.
Sana28.12.2022
Hajmi17.72 Kb.
#1013442
Bog'liq
6-laboratoriya ishi (2)


6-laboratoriya ishi

10-11-SINFLARDA NUTQ MADANIYATINI SHAKLLANTIRISHGA QARATILGAN MASHQ VA TOPSHIRIQLAR ISHLAB CHIQISH

Mashg‘ulotning maqsadi: 10-11 sinf o‘quvchilari uchun nutq madaniyatini shakllantirish metodikasi asosida mashq va topshiriqlar ishlab chiqish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish.

Topshiriqlar:

1-topshiriq. Madaniy nutqni shakllantiruvchi vositalarni qisqacha izohlang.


Nutqning to‘g‘riligi




Nutqning aniqligi




Nutqning mantiqiyligi




Nutqning sofligi




Nutqning boyligi




Nutqning jo‘yaliligi




Nutqning ifodaliligi




Nutq texnikasi





2-topshiriq. Nuqtalar o‘rniga qo‘shimchalardan mosini qo‘ying.
Dono, zakovat…(-mand, -li, ser-) kishilar qiyin muammolar…( -da, -ni, -ga) hal etishda yordamga keladi. Botirlar qo‘li…(-da, -ni, -dan) qilich tutguday bo‘lsa, yov titroq…(-ga, -ka, -qa) tushadi. Yozuvchi-kotib esa el ishi…(-ning, -ni, -da) osonlashtiradi. Undan mashaqqat tugunlari yech…(-in, -il, -ish)adi. (Yusuf Xos Hojib)

Mamlakat ishi…(-ga, -da, -dan) nafi eng ko‘p tegadigan toifa uch xildir: birinchi…( -dan, -si, -ga) bilimli, donishmand kishilar, turli kasb egalari bo‘lsa, ikkinchi…(-dan, -si,-ga) botir, she’ryuraklardir. Ular bo‘ri – yov…(-ni, -ga, -da) qarshi kurash paytida asqatadi. Nihoyat, uchinchi guruh…(-dan, -ni ,-ga) so‘zamol kotiblar tashkil etadi.



3-topshiriq. Matnni o‘qing. Nutq tuzuvchining qanday gap shakllaridan foydalanayotganini aniqlang, bu jihatlarning nutq boyligini ta’minlashdagi o‘rnini tavsiflang. Mana shu ko‘rinishdagi matnlarni topib, ularni tahlil qilishga qaratilgan mashq va topshiriqlar tuzing.

Yaxshiboyev hozir o‘zi galashgan yigitning qiyofasini ko‘z oldiga keltirdi: yoshi qirqda, lekin, nari borsa, o‘ttizlik ko‘rinishi bor: qomatdor, xipcha, sochlari orqaga taralgan, silliq taralib, ustidan lok sepilgan to‘qrang kostyumi sutday oppoq ko‘ylakda, misoli tanburning toriday tarang; yuzida tavoze, ammo jilmaygani sezilmaydi. Necha yildirki Yaxshiboyev uning yuzini ko‘rib, “odam degan qanaqasiga jilmaymasdan ham tavoze qilishi mumkin”, deya bosh qotiradi. Birinchi yordamchi esa buning tamoman aksi: dehqonsifat; semiribroq ketgan; yoshi ham biror ellikni qoralagan; gaplari keskin va bejog‘siz. (Murod Muhammad Do‘st)



4-topshiriq. Nutq madaniyati bilan bog‘liq maqollar, hikmatli so‘zlarni toping, ular ma’nolarini tahlil qiling.

5-topshiriq. Quyidagi jadvalni namunadagidek davom ettiring.

Ibora

Izohi

Variant:
Ma’nodoshi:
O‘xshashi:

Misol

Ipidan ignasigacha

Butun tafsiloti bilan, mayda-chuydasigacha, batafsil

Varianti: Ignasidan ipigacha
Ma’nodoshi: Miridan sirigacha, qilidan quyrug‘igacha
O‘xshashi: boshdan oyoq

1. Qiziquvchan odam hamma narsani ipidan ignasigacha bilishni istaydi.
2. Boy savdoni miridan sirigacha suv qilib ichvorgan.





































Download 17.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling