6-лаборатория иши. Босимни манометрлар билан ўлчаш (2 соат). Ishdan maqsad


Download 408.95 Kb.
bet3/4
Sana21.04.2023
Hajmi408.95 Kb.
#1373112
1   2   3   4
Bog'liq
6-лаборатория иши. Босимни манометрлар билан ўлчаш (2 соат). Ish

Membranali manometrlar:
Membranali manometrlarning sezgir elementlari gofrali membrana, membranali korobka hamda membrana bloklari ko’rinishida bajarilgan bo’lishi mumkin. Bu o’lchov asboblari kichik ortiqcha bosimlarni va vakuumni o’lchashga mo’ljallangan (manometrlar, naporomerlar va tyagomerlar). Bu o’lchov asboblarida bosim o’zgarishiga mos ravishda sezgir membrana deformatsiyalanib, egiladi. Sezgir gofrali membranali manometr quyidagi ko’rinishga ega (rasm 3.4.).
O’lchanayotgan bosim R2 o’zgarishi bilan membrana deformatsiyalanib, egila boshlaydi. Membrana deformatsiyalanishi natijasida, uning bikirligi ortadi. Deformatsiyalanish, bosim membrana yuzasiga tekis taqsimlanib hosil qilayotgan kuch bilan membrana bikirligi muvozanatlanguncha davom etadi. Membrana egilishi uzatish mexanizmi yordamida o’lchov asbobi strelkasiga uzatiladi.

Rasm 3.4.Membranali manometr

Silfonli manometrlar:
Silfonli manometrlarning sezgir elementi bo’lib, yupqa qalinlikdagi xalqasimon gofralik devorga ega bo’lgan silindrik idish, silfon tushuniladi.






Rasm.3.5. Silfonli manometrlar

Silfon latundan, berilla bronzasidan va zanglamas po’latdan tayyorlanadi (rasm 3.5.). O’lchanayotgan bosimning ortishi bilan, silfon (3) deformatsiyalanishni boshlaydi va bu xol o’lchanayotgan bosim silfon tubiga (2) ta’sir etib hosil qilayotgan kuch bilan silfon bikirligi o’zaro muvozanatlanguncha davom etadi. Silfon tubining siljishi uzatish qurilmasi yordamida strelkaga (1) uzatiladi.




Yuk porshenli manometrlar
Yuk porshenli manometrlarning (rasm 3.6) ishlashi, silindrda erkin xarakatlanayotgan porshenga, o’lchanayotgan bosim hosil qilayotgan kuchni kolibrlangan yuklar hosil qilayotgan kuch bilan muvozanatlanishiga asoslangan. Bu yukning og’irligiga qarab, porshenga ta’sir etayotgan bosim qiymati aniqlanadi. Bu o’lchov asboblari aniqligi va sezgirligi juda yuqori bo’lib, bu manometrlar yordamida 2500 kgs/sm2 gacha bosimni o’lchash mumkin. Asosan texnik manometrlar graduirovkasini tekshirish uchun ishlatiladi.
Ulovchi shtutser yordamida o’lchanayotgan muxit bilan ulangan, yog’ bilan to’ldirilgan silindr kolonkali (2) idishga (1) vertikal ravishda kichik bo’shliq bilan (3-5mkm) po’lat porshen (plunjer) 4 o’rnatilgan.

Rasm 3.6. Yuk porshenli manometrning ish printsipi

Tashqi tomonidan porshen tarelka 5 bilan ulangan bo’lib, unga o’lchanayotgan bosim qiymatiga qarab kolibrlangan yuklar 6 o’lchanayotgan bosim bilan muvozanatlanguncha qo’yib boriladi.


P =
bunda, R – o’lchanayotgan bosim;
G1 va G2 –tarelka bilan porshen va yuklarning massasi;
F – porshen yuzasi;.
g normal erkin tushish tezlanishi.
Yuk porshenli manometrlarning quyidagi turlari mavjud: MP-2,5; MP-6; MP-60; MP-600; MP-2500. Ularning aniqlik sinfi 0,05.


Download 408.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling