6 laboratoriya ishi. Uglevodlar. Monosaxaridlar, di va polisaxaridlarning xossalari. Umumiy formulasi Cm
Download 38.14 Kb.
|
6 - laboratoriya ishi....
6 - laboratoriya ishi. Uglevodlar. Monosaxaridlar, di - va polisaxaridlarning xossalari. Umumiy formulasi CmH2nOn bo‘lgan va gidrolizlanmaydigan uglevodlar monosaxaridlardir. Ularda assimmetrik uglerod atomlari bo‘lgani uchun optik isomerlari mavjud. Optik antipodlar aralashmasi rasematlar deyiladi. Monosaxaridlarda keto - enol va halqa zanjirli tautomeriya kuzatiladi. Kristall holda monosaxaridlar faqat halqa shaklida bo‘ladi. Eritilganda solishtirma burish burchagi o‘zgaradi. Bu halqali va ochiq zanjirli izomerlarning dinamik muvozanatga kelishi bilan bog‘liq hodisa mutarotasiya deyiladi. Monosaxaridlar aldegid guruh va spirtlarga xos reaksiyalarni namoyon qiladi. Bular oksidlanish, qaytarilish, karbonil kislorodining o‘rnini olish, polikondensatlanish (smolalanish) va boshqa reaksiyalardir. Biokimyoviy nuqtai - nazardan monosaxaridlarning oksidlanish - qaytarilish reaksiyalari qimmatlidir. Monosaxaridlar turli rangli reaksiyalarga ham ega bo‘lib, bu ularni sifat va miqdor jihatdan aniqlashga yordam beradi. (+) - Glyukoza, sellyuloza, kraxmal va glikogen organik birikmalarning uglevodlar sinfiga mansub. Uglevodlar ozuqa mahsulotlarining asosini tashkil etadi: biz bug’doy donini (kraxmal saqlovchi) iste’mol qilamiz yoki uy hayvonlariga beramiz. Organizmda u go’sht va yog’ga aylanadi (bular ham iste’mol uchun mahsulot). Bizning kiyimlarimiz sellyuloza asosida qurilgan: bu paxta tolasi, asetat tolalar va boshqalar. Bizning uy, mebellar,yog’och asoslar – sellyulozadir. Shunday qilib, uglevodlar hayotimizda muhim o‘rin tutadi. Yana birgina misol – qog’oz, hozirgi o’ta rivojlangan davrda inson faoliyatini sellyulozasiz tasavvur qilish naqadar qiyinligi ma’lum. Qog’oz bu – kitob, gazeta, jurnal, xat, pul, insonni tasdiqlovchi hujjat, qimmatbaho qog’ozlar, qutilar, etiketka va bu nomlarni yana - yana uzoq davom ettirish mumkin. Uglevodlar kimyosini o‘rganishda fotosintez deb ataluvchi murakkab jarayonlar ketma - ketligi ochib berilsa, (+) - glyukozaning oddiy uglerod dioksidi va suvga parchalanishidagi fermentasiya jarayoni o‘rganiladi. Polioksialdegid va polioksiketonlar yoki gidrolizlanishidan ayni mahsulotlarni hosil qiluvchi birikmalarga uglevodlar deyiladi. Gidrolizlanishidan yanada soddaroq birikmaga o’tkazib bo’lmaydigan uglevod – monosaxarid deb ataladi. Gidrolizlanishidan ikki molekula monosaxarid hosil qiluvchi uglevod disaxarid, bir necha monosaxarid molekulalariga parchalanuvchi uglevod esa polisaxarid deb ataladi. Monosaxaridlarni quyidagicha sinflab o‘rganish muhim: agar monosaxarid aldegid guruhi saqlasa, ularni aldozalar, keton guruhi saqlasa ketozalar deyiladi. Molekuladagi uglerod atomlari soniga qarab triozalar, pentozalar, geksozalar va hokazo farqlanadi. Masalan, aldogeksoza bu olti uglerod atomidan iborat, aldegid guruhi saqlovchi monosaxarid: ketopentoza – besh uglerod atomlari va keton guruhi saqlovchi monosaxariddir. Tabiatda ko’p uchraydigan monosaxaridlar pentozalar va geksozalardir. Feling yoki Benedikt, Tollens reaktivini qaytaruvchi uglevodlar, qaytariladigan shakarlar deb ataladi. Barcha monosaxaridlar (aldozalar ham, ketozalar ham) qaytariluvchi shakarlar hisoblanadi. Bular qatoriga ko’plab disaxaridlarni ham qo‘shish mumkin, faqatgina saxaroza (oddiy shakar) bundan istisno bo’lib, qaytarilmaydigan shakar qatoriga kiradi. Polisaxaridlar tarkibida monosaxarid zvenolari ko‘p bo‘lgani uchun ular yuqori molekulyar massaga ega. Ularning ko‘pchiligi suvda yomon eriydi yoki kolloid eritmalar hosil qiladi. Shirin ta’m ham bu moddalar uchun xos emas. Polisaxaridlar katta biologik ahamiyatga ega. Kimyoviy tuzilishiga ko‘ra brcha polisaxaridlar poliglikozidlardir. Ular suyultirilgan kislotalar va fermentlat ta’sirida gidrolizlanadi. Ishqorlar esa ularni gidrolizlay olmaydi. Download 38.14 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling