6 laboratoriya ishi. Uglevodlar. Monosaxaridlar, di va polisaxaridlarning xossalari. Umumiy formulasi Cm


Download 38.14 Kb.
bet2/3
Sana04.05.2023
Hajmi38.14 Kb.
#1425850
1   2   3
Bog'liq
6 - laboratoriya ishi....

Mavzuga oid tajriba ishlari


Ishning maqsadi: Uglevodlarning olinishi va xossalariga oid reaksiyalarni o‘rganish.
Reaktivlar: glyukoza (rangsiz eritma), timol (rangsiz eritma), etil spirt (rangsiz eritma),  - naftol (rangsiz eritma), konsentrlangan sulfat kislota (rangsiz eritma), kumush oksidining ammiakli eritmasi (rangsiz eritma), fruktoza (rangsiz eritma), mochevina (oq rangli kukun), konsentrlangan xlorid kislota (rangsiz eritma), o‘yuvchi natriy (rangsiz eritma), mis kuporosi (havorang eritma), distillangan suv, saxaroza (rangsiz eritma), natriy bikarbonat (oq rangli kukun), kraxmal kleysteri (oq rangli eritma), Lyugol (qo‘ng‘ir rangli eritma), yod (qizil eritma), kalsiy karbonat (oq rangli kukun), ammiak (rangsiz eritma).
Asbob - uskunalar: chinni hovоnchа, shtativ, probirkalar, shisha stakanlar, spirt lampasi, shisha tayoqcha, shisha plastinkalar, metall qoshiqcha, qisqich, gaz o‘tkazgichli tiqin va naylar, suv hammomi.


1 - tajriba. Kumush oksidning qaytarilishi.


Ishning borishi: Ikkita toza probirkaga kumush oksidning ammiakdagi eritmasidan 3-4 ml dan quyiladi va ularning biriga glyukozaning 1 % li eritmasidan 2 ml, ikkinchisiga fruktozaning 1 % li eritmasidan 2 ml qo‘shiladi. Probirkalar 70-80 0C haroratli suv hammomida 5-10 minut mobaynida saqlanadi. Birinchi probirkaning devorida kumush ko‘zgu hosil bo‘ladi:
CH2OH – (CHOH)4 – CHO + 2 [Ag(NH3)2{OH 
CH2OH – (CHOH)4 – COOH + 2 Ag + NH4OH + 3 NH3
Glyukon kislota


2 - tajriba. Fruktozaning xossasini o‘rganish. Monosaxaridlarning oksidlanishi.
Trommer reaksiyasi.

Monosaxaridlar ishqoriy sharoitda oksidlanib ko‘pgina metallarni qaytaradi. Qaytarish xossasi maltoza, laktoza va sellyuloza kabi disaxaridlarda ham mavjud.


Ishning borishi: Glyukozaning syultirilgan (1 %li) eritmasiga uning yarim hajmi miqdorida o‘yuvchi natriyning 10 % li eritmasidan qo‘shiladi va mis kuporosining 5 % li eritmasidan bir necha tomchi tomiziladi. Aralashma qaynaguncha qizdiriladi. Dastlab sariq rangli mis (I) - gidroksid cho‘kmasi hosil bo‘ladi va u tezda mis (I) - oksidning qizil cho‘kmasiga aylanadi.



Download 38.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling