6 laboratoriya ishi. Uglevodlar. Monosaxaridlar, di va polisaxaridlarning xossalari. Umumiy formulasi Cm


- tajriba. Monosaxaridlarning smolalanishi


Download 38.14 Kb.
bet3/3
Sana04.05.2023
Hajmi38.14 Kb.
#1425850
1   2   3
Bog'liq
6 - laboratoriya ishi....

3 - tajriba. Monosaxaridlarning smolalanishi.

Monosaxaridlar agressiv muhitda (yuqori haroratda kuchli kislota va ishqorlar ta’sirida) smolalanishi, oksidlanishi, polimerlanishi, kondensatlanishi va parchalanishi mumkin. Bunday o‘zgarish natijasida turli mahsulotlar hosil bo‘ladi.


Ishning borishi: Probirkaga glyukozaning 10% li eritmasidan 1-2 ml va o‘yuvchi natriyning 30-40 % li eritmasidan ham shuncha hajm quyiladi. Aralashmaga qaynatgichlar solinadi va 2-3 minut davomida qaynatiladi (ehtiyot bo‘ling). Eritma dastlab sarg‘ayadi, so‘ngra qo‘ng‘ir tusga kiradi va kuygan qand hidi keladi.


4 - tajriba. Disaxaridlar. Saxarozaning inversiyasi.

Saxaroza qaytaruvchi xossaga ega emas, chunki u glyukoza bilan fruktoza trigaloza tipida birikishidan hosil bo‘lgan. Saxaroza kislotali muhitda gidrolizlanib, inversiyalangan qand (teng miqdordagi glyukoza bilan fruktoza aralashmasini) hosil qiladi.


Ishning borishi: Probirkaga saxarozaning 1% li eritmasidan 3-4 ml quyiladi va unga sulfat kislotaning 10% li eritmasidan 1 ml qo‘shiladi. Aralashma 1-2 minut davomida qaynatiladi. Gidrolizatga natriy bikarbonat kukuni qoshib neytrallanadi (lakmus bilan sinang). So‘ngra gidrolizat bilan Trommer reaksiyasi o‘tkaziladi. Tajriba natijalari saxarozaning inversiyaligini va qaytarish xossalariga ega bo‘lgan monosaxaridlarga parchalanganligini ko‘rsatadi.


5 - tajriba. Polisaxaridlar. Kraxmal uchun sifat reaksiya.


Ishning borishi: Kraxmal kleysteriga Lyugol eritmasidan tomizilsa, to‘q ko‘k rang hosil bo‘ladi. Qizdirilganda rang yo‘qoladi, sovutilganda yana paydo bo‘ladi.
Lyugol eritmasi 1 g yod va 2 g kaliy yodidning 100 ml suvdagi eritmasidir.
Kraxmal kleysteri 1 g kraxmalning ozgina sovuq suvda tayyorlangan bo‘tqasiga 80-90 ml qaynab turgan suv quyib tayyorlanadi.
Download 38.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling