6-Laboratoriya mashg’ulot. Yurakning reflektor davri va ekstrasistola. Yurak faoliyatining boshqarilishi
Download 191.61 Kb. Pdf ko'rish
|
6.Laboratoriya docx
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ishning maqsadi
6-Laboratoriya mashg’ulot. Yurakning reflektor davri va ekstrasistola. Yurak faoliyatining boshqarilishi. Nazariy tushuncha. Odamning yuragini organizmdam ajratib olib, oziq moddali va kislorodli eritma bilan oziqlantirilib turilsa u bir necha soat qisqarib turadi. Yurakning bu xususiyati yurak avtomatiyasi deyiladi. Organizmda yurak avtomatiyasi ichki muhit o`zgarishiga qarab ikki asab va gumoral yo`l bilan boshqariladi. 1-ish: Baqa yuragi faolyatiga kaliy, kal`tsiy tuzlari, adrenalin va asetilxolinning ta`siri. Ishning maqsadi: Yurak ishiga elektrolitlar va gormonlarning ta`sirini o’rganish. Ishni olib borish uchun zarur bo‘lgan jihozlar: Kimograf, yurak qisqarishini yozib olish uchun jihozlar, jarrohlik asboblar yig‗indisi, jarrohlik taxta, lineyka, kaliy xlorid va kal‘tsiyning 1 % eritmasi, adrenalinning 0,1 % eritmasi ampulada, Rengel eritmasi, iplar, paxta, baqa. Ishni bajarish tartibi; Orqa miyasi jarohatlangandan so’ng baqa jarrohlik taxta-chasiga yotqizilib, ko’krak-qorin qismi qirqilib, yuragi ochiladi. Yurakning uchi serfin bilan qisilib, Engel‘man richagiga ulanadi va kardiogramma yozib olinadi. Yurak faoliyatini yozishni davom ettirib, uning venoz sinusiga bir necha tomchi 1 % kaliy xlorid eritmasidan tomiziladi. Yurak qisqarishining sekinlashishi va amplitudasining kamayishini kuzatiladi. Kimografni richagdan nariroq siljitib, yurak Ringer eritmasi bilan yuviladi va yana yurak qisqarishi yozib olinadi. Yozishni davom ettirib, venoz sinusiga bir necha tomchi 1 % kal‘tsiy xlorning eritmasidan tomizing. Yurakning tez qisqarishi va muskul qisqarishining kuchayishini kuzating. Kal‘tsiy eritmasini yurakdan yuvib tashlab yana uning normal ishlashini yozib oling. Yurakning venoz sinusiga bir necha tomchi adrenalinning 1:1000 suyultirilgan eritmasidan tomizing. Yurak muskullar qisqarishini kuzating. So‗ng yurakka 1–2 tomchi asetilxolin eritmasidan (1:10000) tomizilib yozish davom ettiriladi va yurakning har 15 s dagi qisqarishi soni sanaladi. Topshiriq: Kardiogrammani chizing va savollarga javob bering: 1.Gumoral boshqarilish deganda nimani tushuniladi? 2.Yurakning faoliyatiga adrenalin va atsetilxolin qanday ta`sir ko’rsatadi? 3. Yurak faoliyatiga kaliy va kal‘tsiy ionlari qanday ta`sir ko’rsatadi? Download 191.61 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling