6-laboratoriya mashg`uloti beton uchun mayda to’ldiruvchilarning xossalari. Qumning xossalarini aniqlash. To`Kma zichlik, zichlik, zarralar orasidagi bo`shliq. Betonlar uchun yirik to’ldirgich chaqiq tosh(shag’AL)ning xossalari


 - ISH. QUMNING ZICHLIGINI ANIQLASH (dala usuli bilan)


Download 0.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/10
Sana04.04.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1325119
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
6 (3)

2 - ISH. QUMNING ZICHLIGINI ANIQLASH (dala usuli bilan) 
Asboblar. Piknometr (zichlikni aniqlovchi asbob), tarozi, quritish javoni, elak. 


Ishlash tartibi. Qumning haqiqiy zichligi hajmi 100 ml va bo‘ynida belgisi bor piknometrda 
aniqlanadi. Qumning o‘rtacha namunasidan 30-40 g tortib olib, dumaloq teshikli (teshikning 
diametri 5 mm) g‘alvirda elanadi. G‘alvirdan o‘tgan qum boks yoki chinni kosaga solinib, massasi 
o‘zgarmaguncha quritish javonida 110±5°S haroratda quritiladi. So‘ngra kosani eksikatorda 
o‘tkir sulfat kislota yoki suvsiz kalsiy xlorid tepasida tutib, qum uy haroratigacha sovitiladi. 
Quritilgan qumdan ikki marta 10 g dan tortib olinadi va ular alohida-alohida piknometrga (10 g 
dan) solinadi. Piknometrlar toza, quritilgan va tarozida tortib massasi aniqlangan bo‘lishi lozim. 
Qum solingan har bir piknometr tarozida tortiladi. Keyin ularga (hajmining 2/3 qismigacha) 
distillangan suv quyiladi va aralashtiriladi, keyin piknometrlar qumli yoki suvli vannaga qiya 
holda joylanadi. Qum zarralaridagi havo pufakchalarini chiqarib yuborish uchun piknometrdagi 
suv (qum) qaynatiladi; havo pufakchalari chiqib ketgach, piknometr latta bilan artiladi, uy 
haroratigacha sovitiladi. Piknometrga qo‘shimcha distillangan suv (bo‘ynidagi chiziqchaga 
etkazib) quyiladi va tarozida tortiladi. Keyin piknometrdan suv va qum bo‘shatib olinib, piknometr 
yaxshilab chayiladi va bo‘ynidagi chiziqchaga etkazib distillangan suv quyiladi va yana tarozida 
tortiladi. Qumning haqiqiy zichligi 0,01 g/sm
3
 gacha aniqlikda hisoblanadi.
 
№ 
Olingan qum 
miqdori, g 
Olingan hajm, 
sm

Siqib chiqarilgan hajm, 
sm

Qumning zichligi, 
g/ sm
3
1
2
Zichlikning o‘rtacha qiymati- . . . .g / sm
3
Hisoblash formulasi:
)
(
)
(
3
2
1
1
m
m
m
m
m
m
c
q








Bu erda:
m
 - piknometrning qum bilan birgalikdagi massasi, g; 
1
m - bo‘sh piknometrning massasi, g; 
2
m - piknometrning distillangan suv bilan birgalikdagi massasi, g; 
3
m
- distillangan suv va qum solingan piknometrning havo pufakchalari 
chiqarilib tashlangandan keyingi massasi, g; 
с

- suvning zichligi, 1 g/sm
3
 ga teng.
 
 
Rasm. Zichlikni aniqlovchi asbob. 

Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling