6-ma’ruz: rejali (metodik) va kamerali qizdirish eritish pechlari


Download 392.5 Kb.
bet1/2
Sana16.06.2023
Hajmi392.5 Kb.
#1506161
  1   2
Bog'liq
3-курс-6-Маруза (1)


6-MA’RUZ:.REJALI (METODIK) VA KAMERALI QIZDIRISH ERITISH PECHLARI
6.1.Rejali (metodik)qizdirish eritish pechlari
6.2. Ikki tomonlama qizdirish rejali pech
6.3.Kameraliqizdirishvaeritishpechlari
Tayanch iboralar: metodik qizdirish, buyumlar yo‘naltiruvchi tayanchlar,dolomitli g'isht, metall buyumlarni yuklash, qizdirilgan buyumlarni chiqarish.
Metodik qizdirish pechlari qora metallurgiya zavodlarida, mashinasozlik va boshqa zavodlarda metall quymalarni va yarim mahsulotlarni chig‘irlash (prokatka) hamda bolg‘alash (kovka) dan oldin qizdirish uchun keng qo‘llaniladi. Bunday pechlar standart buyumlarni qizdirish uchun mo‘ljallangan va shuning uchun ularni uzluksiz va ko‘p miqdorda mahsulot ishlab chiqarishda qo‘llash qulay.2.6- rasmda metall quymalarni chig‘irlab yoyishdan oldin qizdirish uchun mo‘ljallangan metodik pech ko‘rsatilgan. U ikki bo‘limdan - yuqori haroratlar bo‘limi va isitish bo‘limidan iborat. Isitish bo‘limida yarim mahsulot yuqori haroratlar bo‘limidan chiqadigan tutun gazlarining issiqligi hisobiga isitiladi. Yonish kamerasida forsunka yoki yoqgichlar o‘rnatiladi; isitish bo‘limi yoqish moslamalariga ega emas.
Qizdiriladigan buyumlar pechning tubi bo‘yicha o‘rnatiladigan maxsus yo‘naltiruvchi tayanchlarda harakatlanadi. Tutun gazlari qarama-qarshi yo‘nalgan bo‘lib, buyumlarni bir tomondan qizdiradi.

6.1- rasm. Yupqa metall buyumlarni bir tomonlama qizdirish uchun mo‘ljallangan metodik pechning sxemasi.
1-metall yuqori yuzasining harorati; 2-metall pastki yuzasining harorati.
Buyumlar yo‘naltiruvchi tayanchlar ustida tutgichlar yordamida harakatlanib, pechning qarama-qarshi tomonidan 1200-12500C gacha qizdirilgan holda chiqadi.
Yirik yarim mahsulotlar (kesimi 200 mmdan ortiq) ikki tomondan qizdirilishi lozim, buning uchun tutun gazlarini buyumning ham ustidan, ham tagidan yo‘naltiriladi.(2.6-rasm). Bu holda pastki forsunkalar ham o‘rnatiladi. Ikki yoqlama qizdirish usulini qo‘llash metallni qizdirish jarayonini keskin tezlashtiradi va xizmatchilarni buyumni ag‘darib turish vazifasidan ozod qiladi.8- rasmda ko‘rsatilgan pech yuqori haroratli va isitish bo‘limlaridan tashqari buyumlarni ma’lum holatda tutib turish bo‘limiga ega. Bu bo‘limda buyumlar metal yuzasining o‘zgarmas haroratida qo‘shimcha qizdiriladi, natijada buyum ichidagi va yuzasidagi haroratlar tenglashadi. Ikki yoqlama qizdirish paytida yarim mahsulot glissaj (sirg‘anish) quvurlari deb ataluvchi va suv bilan sovitiluvchi shinalar ustida harakatlanadi; shinalar o‘z navbatida ko‘ndalang joylashgan quvurli konstruksiyalarga tayanadi. Hozirgi paytda bunday pechlarning metall qismlari uchun bug‘lanishli sovitish usuli ham qo‘llaniladi.
Shunday qilib, metodik pech yonish kamerasidan chiquvchi tutun gazlarining issiqligi yarim mahsulotlarni oldindan isitish uchun qo‘llaniladigan pechlarga misol bo‘la oladi. Pechdagi gazlar entalpiyasining farqi katta qiymatga ega. Rekuperatorda havoni yoki gazsimon yoqilg‘ini qizdirish yuli bilan tutun gazlarining boshlang‘ich entalpiyasini sezilarli darajada kutarish mumkin. Pechningtexnologikfoydaliishkoeffitsenti 60-65% gachaetishimumkin.


Download 392.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling