6-ma’ruz: rejali (metodik) va kamerali qizdirish eritish pechlari


-rasm. Metall buyumlarni ikki tomondan qizdirish uchun mo‘ljallangan metodik pechning sxemasi


Download 392.5 Kb.
bet2/2
Sana16.06.2023
Hajmi392.5 Kb.
#1506161
1   2
Bog'liq
3-курс-6-Маруза (1)

6.2-rasm. Metall buyumlarni ikki tomondan qizdirish uchun mo‘ljallangan metodik pechning sxemasi.
1,2,3- yoqilg‘ini yoqish moslamalari; 4-suv bilan sovitiladigan glissaj (sirpanish) quvurlari; 5- issiqlikdan foydalanuvchi qurilmalarga gazlarni berish; I-metall buyumlarni yuklash; II-qizdirilgan buyumlarni chiqarish; III-birlamchi qizdirish zonasi; IV-payvandlash zonasi; V-mahsulot sifatini me’yoriga etkazish zonasi.
Yonish kamerasidagi harorat odatda 1400-15000C ga teng bo‘ladi, isitish bo‘limida esa 1300-14500C dan to 1000-8000C gacha pasayadi.Shuningdek, materiallarni uch bo'limli (zonali) ikki tomonlama qizdirish rejali pechining qurilmasi mavjud bo'lib, uning cxemasi 2.7-rasmda keltirilgan.


6.3-rasm .Materiallarni uch bo'limli (zonali) ikki tomonlama qizdirish rejali pechining sxemasi.
1-mahsulot; 2-surgich;3-pechning tag qismi;4-gorelkalar;5-qizdirilgan mahsulotlarni chiqarish oynasi.


Kameraliqizdirishvaeritishpechlari

Tayanch iboralar: kamerali qizdirish, ishchi kamera, qopqoq, yuk krani, gazni yoqish moslama, tutun yo‘llari, sopol (keramik) rekuperatorlar.


Material yoki yarim mahsulot pech orqali uzluksiz oqim ko‘rinishida o‘tishi mumkin bo‘lmagan hollarda kamerali pechlar qo’llaniladi. Nazariy jihatdan kamerali pechlar o‘z hajmi bo’yicha haroratning bir tekisda taqsimlanishi bilan harakatlanadi, shuning uchun bu pechla ryirik quymalarni qizdirish va shuningdek, eritish uchun qo’llaniladi. Bunga rekuperativ quduqsimon pechlar misol bo‘la oladi (2.8- rasm).


6.4- rasm. Yoqilg‘ini yoqish moslamasi markaziy qismida joylashgan rekuperativ quduqsimon pechning tuzilishi.

1-ishchi kamera; 2- qopqoq; 3- yuk krani; 4-gazni yoqish moslamasi; 5-tutun yo‘llari; 6- sopol (keramik) rekuperatorlar.

Bunday pechlar og‘ir po‘lat quymalarni chig‘irlashdan oldin qizdirishga mo‘ljallangan. Quymalar qisqich kranlar yordamida kameraning tubida joylashtiriladi va har tomonlama qizdiriladi. Quduqsimon pechning ishchi kamerasi 1 utga chidamli qopqoq 2 ga ega, u maxsus kran 3 yordamida ko‘tarilib, chetga olinishi mumkin. Pech ishlagan paytda qopqoq qumli tusqich bilan zichlanadi. Pechning yon tomonlarida joylashgan 6-sopol rekuperatorlari 1-8 rasmda ko‘rsatilgan tuzilishga ega. Yoqgich 4 ga gaz isitilmasdan beriladi, havo esa 600-8000C gacha qizdirib beriladi.


Yoqgichdan chiqadigan gaz-havo oqimi ishchi bo‘shliqning butun hajmi bo‘yicha gazlarning sirkulyasiyasini keltirib chiqaradi , bu esa quymalarning bir tekisda qizdirilishiga yordam beradi.Qarsilikli kamerali elektr pechlar ham mavjid bo'lib, uning umumiy ko'rinishi 2.9-rasmda keltirilgan.


6.5-rasm.Qarsilikli kamerali elektr pechning uning umumiy ko'rinishi.

Nazorat savollari
2.Mavhum qaynovchi qatlamli pechlar to’g’risida ma’lumot bering.
3.Aylanuvchi barabanli pechlar debnimaga aytiladi?
4.Rejali (metodik) qizdirish va eritish pechlarini ishlashi haqida gapiring.
5.Kamerali qizdirish va eritish pechlari nimaga kerak?
Download 392.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling