6-ma’ruza. Jamoalar haqida ta’limot (Biotsenoz)
Biotsenozda organizmlarning munosabatlari
Download 19.54 Kb.
|
6 ma\'ruza. Jamoalar haqida ta’limot (Biotsenoz)
Biotsenozda organizmlarning munosabatlari
Biotsenozdagi organizmlar bir—birlari bilan bog’liq bo’ladi. Bu bog’lanishlar jamoadagi yashash sharoitini va ularning ovqatlanish yo’llarini belgilaydi. Beklemishev V.N. klassifikatsiyasiga ko’ra o’zaro bevosita va bilvosita bog’langan organizmlar orasidagi munosabatlar to’rt tipga bo’linadi: 1. Trofik 2. Topik 3. Forik 4. Fabrik. Trofik bog’lanishlar bir tur ikkinchi tur bilan oziqlansa (bu tirik yoki o’lik organizmlar qoldig’i bo’lishi mumkin), hayoti davomida shu yo’l bilan tayyorlangan mahsulotlardan oziqlanishda foydalaniladi. Masalan: ninachilar har xil hashoratlar bilan ovqatlanadi, asalarilar o’simliklarning gullaridan nektar oladi, (ular o’simliklar oilan bevosita munosabatda bo’ladi), chunki o’simliklar asalarilarga ovqat tayyorlab beradi. Topik bog’lanishlar — bir organizm hayoti boshqa bir organizmning yashash sharoitida kelib chiqadigan fizikaviy va kimyoviy o’zgarishlarga sababchi bo’ladi, Masalan: o’simliklar boshqa organizmlarga ularning hayot muhitni o’zgartish orqali ta’sir ko’rsatadi. O’simliklar jamoasi yer yuzida issiqlikning taqsimlanishi va mikroiqlim shakllanishida muhim rolь o’ynaydi. Topik va trofik bog’lanishlar biotsenoz hayotida katta rolь o’ynaydi va biotsenoz hayotining asosini tashkil qiladi. Har xil organizmlar orasidagi bog’lanishlar mana shu topik va trofik bog’lanishlar orqali amalga oshadi va organizmlarning jamoada bog’lanishiga sabab bo’ladi. Forik bog’lanishlar — bir turning tarqalishida boshqa bir turning qatnashuvidir. Bunda asosiy rolni hayvonlar o’ynaydi. Hayvonlar yordamida o’simliklarning urug’lari, sporalari va changlari tarqaladi. Hayvonlar o’simliklar urug’larini passiv va aktiv yo’llar orqali tarqatishi mumkin. Passiv yo’l orqali tarqalishiga misol qilib hayvonlarning to’satdan o’simliklarga tegib ketishi va ularning urug’larini o’ziga yopishtirib olib beixtiyor tarqatishini olish mumkin. Masalan, sut emizuvchi hayvonlar, junlariga yopishgan tukchali urug’larning uzoq joylarga tarqalib ketishiga sababchi bo’ladi. Aktiv yo’l bilan tarqatish — bu o’simlik urug’lari va mevalarning hayvonlar tomonidan yeyilishi, hazm bo’lmagan urug’larning chiqarishidir. Fabrik bog’lanishlarda bir tur ba’zan o’z faoliyatlarida boshqa turlar qoldiqlarini ishlatadi. Masalan, qushlar o’ziga uya qurganda daraxtlarning mayinroq shoxchalarini, sutemizuvchilarning junini, o’tlarni va barglarni ishlatadi. Download 19.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling