6-ma’ruza. Jamoalar haqida ta’limot (Biotsenoz)
«Yirtqich-o’lja», «parazit-xo’jayin» munosabatlari
Download 19,54 Kb.
|
6 ma\'ruza. Jamoalar haqida ta’limot (Biotsenoz)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yirtqichlik va parazitlikning ekologik roli
- Kommensalizm
«Yirtqich-o’lja», «parazit-xo’jayin» munosabatlari
Bu bevosita oziqlanish bog’lanishidir. Bunday oziqlanishda, ikki organizmdan biri zarar, ikkinchisi esa, foyda ko’radi (bir turning halokati yoki yarim halokati ikkinchi bir turning hayotiga yoki o’sib rivojlanishiga sabab bo’ladi). Bunga misol qilib o’txo’r hayvonlarni yoki daraxtlar po’stlog’idan lichinkalar olib yeydigan qushlar, masalan, qizilishtonni ko’rsatish mumkin. Yirtqich, deb asosan hayvonlarni ov sifatida tutib yeydigan hayvonlarga aytiladi. Yirtqichlar uchun har akterli holat — bu maxsus ovlash hulq — atvordir. Parazitizm — bu turlar orasidagi shunday bog’lanishki, bunda bir organizm ikkinchi bir tirik organizmdan faqat ovqat manbai sifatidagina emas, yana yashash joyi sifatida ham foydalanadi. Parazit hasharot bilan o’simlik orasidagi bog’lanish bunga misol bo’ladi. Ko’pincha parazit xo’jayinga nisbatan maydaroq bo’ladi. «Yirtqich—o’lja» va «parazit—xo’jayin» munosabatlarida, organizmlar oziqlanishining ekologik va evolyutsion roli yaqqol ko’rinib turadi. Yirtqichlik oqibatida har xil ekologik moslashishlar kelib chiqadi. Bunday moslashishlar yirtqichda ham, o’ljada ham sodir bo’ladi. Tabiiy tanlash natijasida sezish organlari taraqqiy etadi, bu hozir javoblik, tez yugurish, yirtqichni aldash, nerv sistemasining yaxshi taraqqiy etishida namoyon bo’ladi. Bular hammasi guruhning evolyutsion taraqqiy etishiga olib keladi. Parazitlar orasida o’z xo’jayinidan to’liq va uzoq muddat davomida unga zarar yetkazmasdan foydalanadigan turlari ustunlik qiladi. Evolyutsiya davomida dastlab yirtqich bilan uning o’ljasi orsidagi kuchli munosabatlar, keyinroq esa ikkala organizm uchun ham foydali bog’lanishlar shakllanadi. Masalan, hasharotlarning o’simlik barglarini yeyishi o’rtacha miqdorda bo’lsa, bunday hol o’simlik uchun zararsiz, hattoki unga foyda ham keltiradi, ya’ni, shu tufayli o’simlikning o’sish jarayoni tezlashadi. Yirtqichlik va parazitlikning ekologik roli 1. Yirtqichlik va parazitlikning asosiy ekologik roli shundan iboratki, oziqlanish davrida hayvonlar bir—birlari bilan oziqlanib, moddalarning aylanma harakati uchun zarur sharoit yaratadi. Ma’lumki, tabiatda moddalarning aylanma harakatisiz hayot bo’lmaydi. 2. Yirtqich —tekinxo’rlik munosabatlarining ikkinchi roli shundan iboratki, shu munosabat tufayli hayvonlarning soni ma’lum bir miqdorda saqlanadi. Masalan: Arizona shtatida bo’rilarni hammasi otib tashlanganda, kiyiklar ko’payib ketib, ovqat yetishmasligi natijasida kiyiklar ham qirilib ketgan. Laboratoriya sharoitida, yirtqich va o’lja bir joyda, birgalikda yashaganda, ularning miqdori doimiy ravishda o’zgarib turadi. Eksperimental ekologiya asoschisi Gauze tomonidan o’tkazilgan tajribalarning birida quyidagi ahvolda qayd etilgan o’lja- tufelьkalar ko’payishi bilan birga, bir vaqtning o’zida yirtqich — infuzoriyalar ham ko’payib boradi. Yirtqich infuzoriyalar tez ko’payib, eng baland nuqtaga yetganda, ular o’lja-tufelьkani yeb tamomlaydi. SHundan keyin ovqat yetishmasligi natijasida yirtqich infuzoriyalar ham o’la boshlaydi. Probirka tagida oz sonli tufelьkalar qolgan qum orasida yashirinib, yirtqich infuzoriyalar o’lgandan keyin, yana ko’paya boshlaydi va hokazo. Organizmlar orasidagi munosabatlar turlicha. Kommensalizm, deb shunday munosabatga aytiladiki, bunda bir tur ikkinchisiga (kommensal uchun} ovqat tayyorlab beradi. Kommensalizm bu bir tomonlama foydalanish, ya’ni bunda bir tur ikkinchi tur tomonidan bir tomonlama foydalanadi, lekin unga zarar keltirmaydi. Kommensalizmga misol qilib daraxtlarning po’stlog’ida joylashgan epifitlarni ko’rsatish mumkin. qushlarning uyasida, kemiruvchi hayvonlarning inlarida ko’plab bo’g’inoyoqlilar yashaydi. Bu inlarda hashoratlar uyaning mikroiqlimidan foydalanadi, organik moddalarning qoldiklarini iste’mol qilish bilan kifoyalanadi. Nepentens o’simligining ko’zachasidagi shira ichida ninachi va chivinlarning lichinkalari yashaydi. Ular ko’zachasiga tushgan hasharotlarni yeb oziqlanadilar. Kommensalizm tabiatda zichroq yashash, resurslardan to’liq foydalanishda yordam beradi. Download 19,54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling