6-ma’ruza. Jamoalar haqida ta’limot (Biotsenoz)


Download 19.54 Kb.
bet4/6
Sana17.06.2023
Hajmi19.54 Kb.
#1537448
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
6 ma\'ruza. Jamoalar haqida ta’limot (Biotsenoz)

Mutalizm — bu ikkila tur uchun ham foydali bo’lib, u parazitlikdan, yoki kommensalizmdan kelib chiqishi mumkin. Bunga azot to’plovchi bakteriyalar bilan dukkakli o’simliklar orasidagi simbioz misol bo’lishi mumkin. Tabiatda 20000 dan ortiq simbioz tarzida yashovchi turlar qayd etilgan.
Neytralizm bu ikki turning birga yashashidir, ular bir —biriga na salbiy va na ijobiy ta’sir ko’rsatadi.
Ammensalizmda ikki turning birga yashashi, bittasiga salbiy ta’sir ko’rsatadi, ikkinchisi esa bundan na foyda va na zarar ko’radi, lekin, daraxt uchun bu ahamiyatsiz. Bunday bog’lanish o’simliklar sonini boshqaradi.
Raqobat bir xil ekologik talabga ega guruhlar orasida kelib chiqadigan munosabatdir. Bu shunday ekologik bog’lanishki, uning natijada ikkala tur ham salbiy ta’sirga yo’liqadi.
Bir xil ekologik talabga ega ikki tur bir jamoada uchrasa, ulardan bittasi ertami kechmi, siqib chiqariladi. Hayotda ko’p uchraydigan bunday holat konkurentlik deb ataladi. Bu qonun Gauze tomonidan aniqlangan.
CH.Darvin, konkurentsiya — yashash uchun kurashning asosiy shakllaridan biri, deb ta’kidlab, uning turlar evolyutsiyasida katta rol o’ynashini isbotladi. Konkurentsiyada tashqi muhit sharoitiga yaxshi moslashgan turlargina yengib chiqadi.
Tekinxo’rlik. Bunda bir o’simlik boshqasining hisobiga yashaydi, ko’pgina zamburug’ va bakteriyalar o’simliklar va hayvonlarda parazitlik qiladi.
O’simliklarning bir —biriga ko’rsatadigan ta’siri, ular chiqarib turadigan fiziologik aktiv moddalar orqali ham amalga oshadi. Bunday munosabat allelopatiya deyiladi (yunoncha «alleon» — o’zaro ikki taraflik va yana «patos» — qiynalish demakdir).
O’simliklar fitontsidlar chiqarib turadi. Mikroorganizmlar va zamburug’lar antibiotiklar chiqaradi.
Ba’zi o’simliklar moddalar chiqarib, atrofidagi kasallik tarqatuvchi mikroorganizmlarni o’ldiradi va o’z atrofida ochiq joy saqlaydi. Rabotnov bo’yicha bu fitogen maydon deyiladi.
O’simliklar yashash sharoiti yaratadi, ya’ni ular muhitga ta’sir qilib, edifikator—muhit yaratuvchi rolini bajaradi. Edifikatorlar kuchli va kuchsiz bo’lishi mumkin.



Download 19.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling