6-maruza kop hujayralilarning kelib chiqishi
Download 184.89 Kb.
|
6-MARUZA
Ko’p hujayralilar klassifikatsiyasi. Ko’p hujayralilar (Metazoa) kenja dunyosi fagotsitellasimonlar- Phagocytellozoa, tuban ko’p hujayralilar - Parazoa va haqiqiy ko’p hujayralilar - Eumetazoa deb ataladigan uchta bo’limga ajratiladi. Fagotsitellasimonlar bo’limiga faqat ikkita turni birlashtiruvchi plastinkalilar (Placozoa) tipi, tuban ko’p hujayralilar (Parazoa)ra g’ovaktanlilar (Spongia) tipi kiradi. Fagotsitellasimonlar va g’ovaktanlilar tanasidagi hujayralarning ixtisoslashmaganligi, nerv sistemasi rivojlanmaganligi va bir xil hujayralarni ikkinchi xilga oson aylanishi bilan boshqa ko’p hujayralilardan ajralib turadi.
Haqiqiy ko’p hujayralilar (Eumetazoa) bo’limi o’z navbatida radial simmetriyalilar yoki ikki qavatlilar (Radiata) hamda ikki tomonlama simmetriyalilar (Bilateria) kichik bo’limlarga ajratiladi. Radial simmetriyalilarga bo’shliqichlilar va ninaterililar tiplari kiradi. Ikki tomonlama simmetriyali hayvonlarni ham o’z navbatida tana bo’shliqqa ega bo’lmagan parenximatoz hayvonlarga (yassi chuvalchanglar, nemertinlar, mollyuskalar tiplari); birlamchi tana bo’shlikdilarga (to’garak chuval- changlar, tikanboshlilar tiplari), ikkilamchi tana bo’ shlikdilar, ya’ni selomik hayvonlarga (halqali chuvalchanglar, ignaterililar, xordalilar) va aralash tana bo’shliqlilar (bo’g’imoyoqdilar tipi)ga ajratish mumkin. Embrional tuzilishiga binoan selomli hayvonlarni ham birlamchi og’izlilar (Protostomia) va ikkilamchi og’izlilar (Deuterostomia) guruhlariga ajratiladi. Birlamchi og’izlilarning embrional rivojlanishi davrida hosil bo’lgan birlamchi og’iz (blastopor), ular voyaga yetgan davrida ham og’iz teshigi bo’lib qolaveradi. Bu guruhga halqali chuvalchanglar, mollyuskalar, bo’g’imoyoqdilar va onixoforalar tipi kiradi. Ikkilamchi og’izlilarning embrional rivojlanishidagi hosil bo’lgan birlamchi og’iz voyaga yetgan hayvonning chiqarish teshigiga aylanadi. Ikkilamchi, ya’ni haqiqiy og’iz teshigi esa keyinchalik mustaqil holda, ko’pincha chiqarish teshigi joylashgan qutbning qarama-qarshi tomonida hosil bo’ladi. Bu guruhga ignaterililar, chalaxordalilar va xordalilar tiplari kiradi. Qiljag’lilar va pogonoforalarning embrional rivojlanishi yuqorida ko’rsatilgan ikkita guruhning birortasiga ham o’xshamaydi. Shuning uchun bu ikki tip vakillarini birlamchi yoki ikkilamchi og’izlilarga kiritib bo’lmaydi. Download 184.89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling