6-maruza kop hujayralilarning kelib chiqishi


Oddiy g’ovaktanlilar (Demospongia) sinfi


Download 184.89 Kb.
bet13/13
Sana13.04.2023
Hajmi184.89 Kb.
#1350676
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
6-MARUZA

Oddiy g’ovaktanlilar (Demospongia) sinfi. Ko’pchilik g’ovaktanlilar ana shu sinfga kiradi. Skeleti kremniy yoki spongiydan yoki ularning har ikkalasidan iborat. Bu sinfga mansub to’rt o’qli g’ovaktanlilar turkumi turlarining skelet ninalari to’rt o’qli yoki uch o’qli bo’ladi. Ularga yirik sharsimon geodiyalar (Geodia), alvon rangli dengiz apelsinlari (Tethya) avlodi, po’kak g’ovaktanlilar (Suberitidae), parmalovchi govaktan-lilar (Clionidae) oilasi kiradi. Bu sinfning kremniy-muguz skeletlilar (Demospongia) turkumiga tualet g’ovaktanli zimokka (32-rasm) va bodyagalar (Spongellidae oilasi) kiradi. O’zbekistondagi chuchuk suv havzalarida bodyaga (Spongilla) avlodiga mansub turlari tarqalgan.
G’ovaktanlilar filogeniyasi. G’ovaktanlilar - juda qadimgi organizmlar. Ularning qazilma qoldiqlari kembriy va proterozoy jinslari tarkibida uchraydi. G’ovaktanlilar tuzilishining ko’pgina xususiyatlari, ya’ni to’qima va organlarini ixtisoslashmaganligi, ularning juda sodda tuzilganligidan darak beradi.
G’ovaktanlilarning parenximula lichinkasi Mechnikov ko’rsatib o’tgan fagotsitellaga juda o’xshash bo’ladi. Fagotsitellani o’troq yashashga o’tishi tufayli g’ovaktanlilar paydo bo’lgan deyish mumkin. Lekin g’ovaktanlilar embrion yaprokdarini teskari ag’darilishi tufayli, ularning tashqi qavatidagi xivchinli hujayralari botib kirib, ichki yoqachali xivchinli qavat - xoanotsitlarni, ichki hujayralar esa tashqi dermal qavatni hosil qiladi. Bu dalillar g’ovaktanlilar hayvonot olami evolyutsiyasining dastlabki davrlarida, ya’ni embrion va-rakdari shakllanishining boshlang’ich davrlarida hayvon-larning umumiy shajarasidan ajralib, mustaqil rivojlanishga o’tgan hayvonlar ekanligini isbot etadi.
Download 184.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling