6-maruza kop hujayralilarning kelib chiqishi


Ko’payishi va rivojlanishi


Download 184.89 Kb.
bet11/13
Sana13.04.2023
Hajmi184.89 Kb.
#1350676
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
6-MARUZA

Ko’payishi va rivojlanishi. G’ovaktanlilar jinssiz va jinsiy ko’payadi. Jinssiz ko’payishi tashqi va ichki ko’rtaklanish yo’li bilan boradi. Tashqi ko’rtaklanish tanasi sirtida bo’rtiq paydo bo’lishidan boshlanadi. Bo’rtikda ektoderma va endoderma qavatlari, paragastral bo’shliq va oskulum hosil bo’ladi. Ko’rtak ko’pincha ona organizmdan ajralib ketmasdan koloniya hosil qiladi. Alohida individlar orasidagi chegara yo’qolib ketganidan koloniyani tashkil etuvchi individlar sonini oskulumlar soniga binoan aniqlash mumkin.
Chuchuk suv g’ovaktanlisi bodyaga (29-rasm) ichki ko’rtaklanish orqali ko’payadi. Yozda bodyaga tashqi ko’rtaklanish va jinsiy yo’l bilan ko’payadi. Lekin kuzda mezogle-yasidagi amyobatsit hujayralar to’planib, gemmula deb ataladigan sharsimon ichki ko’rtakni hosil qiladi. Gemmula ikki qavat muguz qobiq bilan o’ralgan hujayralar massasidan iborat. Qishda ona bodyaga halok bo’ladi, gemmula qishlab qoladi. Bahorda gemmula ichidagi hujayralar tashqariga chiqib, suv tubiga o’tirib oladi va yangi bodyagani hosil qiladi.
Ko’pchilik g’ovaktanlilar, jumladan, hamma ohak skeletlilar - germafrodit hayvonlar. Jinsiy hujayralar mezogleyada amyobatsitlarning bir xili bo’lgan arxeotsitlardan hosil bo’ladi. Arxeotsitlar xivchinli kameralar endodermasi ostida joylashgan. Urug’ hujayralari naylar bo’shlig’iga o’tadi va oskulum orqali suvga chiqib ketadi. Spermatozoidlar yetilgan tuxum hujayralariga ega bo’lgan hayvon tanasiga o’tib, tuxumlarni urug’lantiradi. Urug’langan tuxum hujayralar dastlab ona organizmida rivojlanadi. Ohak skeletli g’ovaktanlilarning tuxumlari dastlab to’liq bir tekis bo’lina boshlaydi. Sakkizta blastomerlik davrida hujayralar bir tekislikda joylashadi. Shundan so’ng murtak ekvatorial chiziq orqali bo’linib, 8 ta yirik va shuncha mayda blastomerlarni hosil qiladi. Bundan keyin yirik
blastomerlar sekinroq, mayda blastomerlar esa tez bo’linishi tufayli ikki xil hujayrali ichi kovak shar
amfiblastula hosil bo’ladi.

Amfiblastulaning ustki yarmisi xivchinli silindrsimon mayda hujayralar — mikromerlardan, ostki qavati yirik donador makromerlardan iborat. Ona organizm tanasidayoq amfiblastulaning yirik hujayrali qismi mikromerli qismiga botib kira boshlaydi. Lekin bu jarayon oxiriga yetmasdan to’xtaydi va makromerlar yana tashqariga chiqib, lichinka amfiblastula holatiga o’tadi. Bir oz suzib yurgach, mikromerli tomoni bilan substratga yopishib oladi. Bir vaqtning o’zida xivchinli hujayralar blastula bo’ shlig’iga botib kirib, ikkinchi qavatni hosil qiladi (30-rasm). Amfiblastulaning yirik hujayralari esa tashqi qavatni hosil qiladi. Keyinchalik xivchinli hujayralar ichki qavatni va xivchinli kameralarni, tashqi hujayralar esa derma qavati, mezogleya va undagi hujayra elementlarini hosil qiladi.


Shunday qilib, ohak skeletli g’ovaktanlilarida gastrulyatsiya jarayoni ikki marta sodir bo’ladi. Birinchi marta hayvon tanasidagi amfiblastulaning yirik hujayralar qavatiga botib kirishidan boshlanib, gastrulyatsiya oxiriga yetmasdan lichinka yana amfiblastula holatiga qaytadi. Ikkinchi marta esa substratga yopishgandan so’ng amfiblastula bo’shlig’iga botib kirib, gastrulani hosil qiladi. G’ovaktanlilardan boshqa hayvonlar embrionida gastrula yirik hujayralarni blastula bo’shlig’iga botib kirishidan hosil bo’ladi. Ana shu sababdan g’ovaktanlilar teskari ag’darilgan hayvonlar hisoblanadi. Bunday g’ovaktanlilar gastrulasi esa psevdogastrula (soxta gastrula) deyiladi.
Kremniy va spongin skeletli, hamda ayrim ohak skeletli g’ovaktanlilarda psevdogastrula bo’lmaydi. Tuxum hujayradan dastlab xivchinli mayda hujayrali blastula paydo bo’ladi. Keyinchalik blastula devoridagi ayrim hujayralar uning bo’shlig’iga botib kirib, g’ovak massani hosil qiladi. Lichinka ana shu davrda parenximula deb ataladi. Parenximula suv tubiga o’tirgach, teskari ag’dariladi, ya’ni uning xivchinli hujayralari ichkariga botib kirib yoqachali xivchinli hujayralarga aylanadi; ichki qavat hujayralari yuzaga chiqib, tashqi qavatni va mezogleyani hosil qiladi. Murtak varaqlarini teskari ag’darilishi embrional rivojlanish davomida yashash sharoitini o’zgarishi bilan bog’liq.
G’ovaktanlilarda regeneratsiya xususiyati juda yaxshi rivojlangan. Tanasining ayrim qismlari olib tashlangach, qaytadan tiklanadi. Hatto ularni maydalab, elakdan o’ tkazilgandan so’ ng hosil bo’ladigan massadan yana hayvon tanasi shakllanadi. Bunday holda hujayralar faol harakat qilib birga to’ planadi. So’ngra hujayralar massasidan yangi organizm rivojlanadi. Somatik hujayralar to’plamidan yangi organizmning rivojlanishi somatik embriogenez deyiladi.

Download 184.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling