6-maruza kop hujayralilarning kelib chiqishi


Ekologiyasi va amaliy ahamiyati


Download 184.89 Kb.
bet12/13
Sana13.04.2023
Hajmi184.89 Kb.
#1350676
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
6-MARUZA

Ekologiyasi va amaliy ahamiyati. Ko’pchilik g’ovaktanlilar okeanlarning iliq suvli tropik va subtropik qismida uncha chuqur bo’lmagan toshloq joylarida yashaydi. Ular arktika va subarktika suvlarida birmuncha kamroq uchraydi. Loyqa suv g’ovaktanlilar nay sistemasini yopib qoyadi. Shuning uchun ular balchikdi loyqalanadigan suvlarda ko’p uchramaydi. Bunday joylarda uchraydigan turlarning suv tubidan yuqori ko’tarib turuvchi gigant spikulalari (poyalari) bo’ladi. Sohilning suv ko’tarilib-qaytib turadigan qismida yashaydigan g’ovaktanlilar biron narsaga yopishgan bo’rtma, yastiqcha yoki qobiqqa o’xshaydi. Suvning chuqur qismida uchraydigan g’ovaktanlilarning kremniyli skeleta qattiq, lekin juda mo’rt, sayoz joyda yashaydigan ko’pchilik g’ovaktanlilar skeleta esa ancha mustahkam va pishiq bo’ladi. G’ovaktanlilar suvni har xil mexanik va organik ifloslanishdan saqlaydigan biofiltratorlar sifatida katta ahamiyatga ega8.





8 И.Х. Шарова ЗООЛОГИЯ БЕСПОЗВОНОЧНЫХ. Москва, ”Владос”, 2004.-592 s. 108-121
betlar mazmun mohiyatidan foydalanildi.
G’ovaktanlilarning iqtisodiy ahamiyati uncha katta emas. Ayrim mamlakatlarda tualet g’ovaktanlisi yumshoq organik skeletli yuvish va yuvinish uchun va boshqa texnik maqsadlarda foydalaniladi. Chuchuk suv bodyagasining maydalangan skeletidan bod kasalligida terini ishqalash uchun foydalaniladi.
Skeletining tuzilishiga binoan g’ovaktanlilar ohak skeletli, shishasimon skeletli va oddiy g’ovaktanalilar sinflariga ajratiladi.
Ohak skeletli g’ovaktanlilar (Calcarea, ya’ni Calcispongia) sinfi. Skeleti to’rt, uch yoki bir uqli ohak ninalardan iborat. Dengizlarning uncha chuqur bo’lmagan joylarida uchraydi; tanasi uncha yirik bo’lmaydi. Askon, sikon yoki leykon tipida tuzilgan. Asosiy turlari Sykon, Leykon urug’lariga kiradi (27-rasm).
Shishasimon skeletli g’ovaktanlilar (Hyalospongia) sinfi. Kattaligi 50 sm gacha, dengizlarning chuqur qismida yashaydi. Tanasi naysimon, xaltasimon, ba’zan qadahsimon yoki silindr shaklda. Yakka holda yashovchi turlari sikonoid shaklda. Kremniy ninalari uch o’qli, juda xilma-xil tuzilgan. Ko’pincha nina uchlari yopishib panjara hosil qiladi. Mezogleysi yaxshi rivojlanmagan. Euplectella avlodiga mansub ayrim turlarining I m yetadigan silindrsimon tanasi uzunligi 3 m gacha bo’lgan poya yordamida suv tubiga qadalgan bo’ladi.

Download 184.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling