6-ma’ruza: Lokal tarmoqlar va ularning qurilish usullari. Reja


Mantiqiy adreslash (LLC) va fizik adreslash (MAC)


Download 328.08 Kb.
bet14/17
Sana25.12.2022
Hajmi328.08 Kb.
#1065065
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
3.1-ma\'ruza LAN (86-117)

4. Mantiqiy adreslash (LLC) va fizik adreslash (MAC).
Lokal tarmoqning kanal pog’onasi ikkita kichik pog’onalarga bo’linadi va ular ham pog’ona deb yuritiladi:

  • LLC (Logical Link Control) mantiqiy kanalni boshqarish pog’onasi;

  • MAC (Media Access Control) muhitida foydalanish ruxsatlarni boshqarish pog’onasi.

LLC pog’onaning funksiyasi operasion tizimning maxsus moduliga mos dastur orqali amalga oshiriladi, MAC pog’onaning funksiyasi esa apparat-dasturiy, ya’ni tarmoq adapteri va uning drayveri tomonidan amalga oshiriladi (shuni esda tutish kerakki, MAC-manzildan Ethernet tarmog’ida bog’lamalardan identifikasiyalash uchun foydalaniladi).
Muhitda MAS-pog’onadagi kirishlarni boshqarishni ko’rib chiqamiz.
MAS pog’onaning asosiy vazifalariga quyidagilar kiradi:
- ajratilgan muhitdan foydalanishni ta’minlash;
- fizik pog’onaning vazifasi va qurilmalaridan foydalanib oxirgi bog’lamalar o’rtasida kadrlar uzatish.
Tasodifiy ruxsat usuli ajratiladigan muhitlarni egallovchi asosiy usullardan biri hisoblanadi. Bu usul jo’natuvchi bog’lama tarmoqqa ma’lumot kadrlarini boshqa bog’lamalarning ishidan mustaqil tarzda jo’natishga harakat qiladi, faqat buni uzatish liniyasi bo’sh bo’lgan vaqt momentida amalga oshiradi.
Tasodifiy ruxsat usuli tarmoqda muhitga kirishni tartibga soluvchi hakam vazifasini bajaruvchi maxsus bog’lama bo’lishini talab qilmaydi. Shuning uchun ham bir vaqtda bir necha stansiyalardan kadrlarni uzatish jarayonida uzatuvchilarning signallari usma-ust tushib qolish (kolliziya) holati yuz beradi. Kolliziya natijasida esa barcha uzatilayotgan axborotlarning paketlari buziladi.
Kolliziya ehtimolini pasaytirish uchun ma’lumotni uzatishdan oldin dastlab eshitish usuli yaratilgan. Agarda muhit boshqa kadrlarni uzatish bilan band bo’lsa, bog’lama o’zining kadrlarini to’g’ridan-to’g’ri uzatish huquqiga ega bo’lmaydi. Bu esa kolliziya ehtimolini to’liq bartaraf etmasa ham, pasaytirish imkonini beradi.
Yuqorida ko’rilgan tasodifiy foydalana olish algoritmlari bog’lama belgilangan vaqtda ajratilgan muhitga kira olish huquqini olishiga kafolat bermaydi. Amalda har doim ham haqiqiy kutish vaqti belgilangan ehtimolidan oshib ketadi.
Ajratiladigan muhitdan foydalana olishni ta’minlashning boshqa yondashuvi bu har doim kirishni kutishning maksimal vaqti ma’lum bo’lgan detirminallashgan kirish. Detirminallashgan kirish algoritmlari ikkita mexanizmdan foydalanadi, bular – tokenni uzatish va so’rov.

Download 328.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling