6-ma’ruza: Lokal tarmoqlar va ularning qurilish usullari. Reja


Lokal tarmoqlarda qo’llaniladigan simli texnologiyalar


Download 328.08 Kb.
bet2/17
Sana25.12.2022
Hajmi328.08 Kb.
#1065065
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
3.1-ma\'ruza LAN (86-117)

1.1. Lokal tarmoqlarda qo’llaniladigan simli texnologiyalar.
Ethernet texnologiyasi. Birinchi Ethernet texnologiyasi tarmog’i 0,5 dyuymli diametrdan iborat koaksial kabel asosida qurilgan. Keyinchalik Ethernet standarti uchun fizik pog’onaning boshqa turli xil ma’lumot uzatish muhitlarida harakatlanuvchi tasniflari ham aniqlandi. CSMA/CD foydalanish usuli va barcha vaqt bo’yicha olingan parametrlar Ethernet 10 Mbit/s texnologiyasining ixtiyoriy fizik muhitining tasnifi bir xil qoladi.
Ethernet texnologiyasining fizik tasnifi o’z ichiga quyidagi ma’lumot uzatish muhitlarini oladi:
- 10Base-5 – diametri 0,5 dyuymli koaksial kabel, u «yo’g’on» koaksial deb ham ataladi. 50 Om bo’lgan to’lqinli qarshiligi mavjud. Segmentning maksimal uzunligi 500 metr (takrorlovchisiz);
- 10Base-2 - diametri 0,25 dyuymli koaksial kabel, u «ingichka» koaksial deb ataladi. 50 Om bo’lgan to’lqinli qarshiligi mavjud. Segmentning maksimal uzunligi 185 metr (takrorlovchisiz);
- 10Base-T – ekranlashmagan o’ramli juft kabeli (UTP). Konsentratorlar asosida yulduz topologiyasini tashkil qiladi. Konsentrator va oxirgi bog’lama orasidagi masofa 100 metrdan ko’p bo’lmaydi;
- 10Base-F – optik tolali kabel. Topologiyasi 10Base-T standart kabi bir xil bo’ladi. Ushbu tasnifning bir necha varianti mavjud, bular - FOIRL (masofa 1000 metrgacha), 10Base-FL (masofa 2000 metrgacha), 10Base-FB (masofa 2000 metrgacha).
Yuqoridagi rusumlashlarda 10 - bu ma’lumot uzatish tezligi – 10 Mbit/s, «Base» so’zi esa 10 MGs asosiy chastotada ma’lumot uzatish usuli. Fizik pog’ona standartidagi oxirgi belgi kabel turini bildiradi.
Yuqorida aytib o’tilgan standartlarning har birini batafsil ko’rib chiqamiz.
10Base-5 standarti Ethernet texnologiyasining klassik standarti hisoblanadi. Tarmoqning yo’g’on koaksial kabel asosida qurilgan turli xil komponentlari uchta qismdan iborat bo’lib, takrorlovchi yordamida ulanadi, u 6.1-rasmda keltirilgan.


Kabel barcha stansiyalar uchun monokanal sifatida foydalaniladi. 500 metr maksimal uzunlikdagi kabel segmenti oxirida signal so’nishi va akslanishining oldini oluvchi qarshiligi 50 Om bo’lgan terminatorlar («qopqoq») bo’lishi kerak. Stansiya kabelga qabul qilib uzatuvchi – transiver (bu kabelga o’rnatiluvchi tarmoq adapterining bir qismi) yordamida bog’lanishi kerak. Transiver kabelga kontaktli va kontaktsiz usul bilan bog’lanishi mumkin.
Transiver tarmoq adpterining 50 metrgacha bo’lgan 4 ta o’rama juftli interfeys kabeli AUI (Attach­ment Unit Interface – ulanuvchi qurilma interfeysi) bilan bog’lanadi (bunda adapter AUI raz’yomga ega bo’lishi kerak). Transiver va tarmoq qismlarining boshqa qismlari o’rtasida standart interfeysning mavjudligi bir turdagi kabeldan boshqa turdagi kabelga o’tish uchun juda foydali hisoblanadi. Buning uchun faqat transiverni almashtirish yetarli hisoblanib, tarmoq adapterining boshqa qismi o’zgartirilmaydi, chunki u MAC pog’onadagi protokol asosida ishlaydi. Faqat bunda yangi transiver (misol uchun, o’rama juftli kabel uchun transiver) AUI standart interfeysi bilan mos kelishi zarur.
Bitta segmentga 100 tagacha transiver ulanishga ruxsat beriladi, bunda ulangan transiverlar orasidagi masofa 2,5 metrdan kichik bo’lmasligi kerak. Kabelning har 2,5 metrida transiver ulanish nuqtasini bildiruvchi belgilar bo’ladi.
10Base-5 standarti tarmoqda takrorlovchilardan foydalanish imkoniyatini aniqlaydi. Takrorlovchi bitta tarmoqqa bir necha kabel segmentini ulash va tarmoqning umumiy uzunligini oshirish uchun xizmat qiladi. Takrorlovchi bitta kabel segmentidan signalni qabul qiladi va shaklini hamda impuls quvvatini kuchaytirib, bundan tashqari impulslarni sinxron tarzda boshqa segmentga takrorlaydi. Takrorlovchi ikkita (yoki undan ko’p) kabel segmentiga ulanuvchi transiverdan tashkil topadi, bundan tashqari uzining takt generatori bilan takrorlovchi blokdan iborat bo’ladi.
Ushbu standart tarmoqda 4 tagacha takrorlovchi va mos ravishda 5 tagacha kabel segmentidan foydalanishga ruxsat etadi. Kabel segmentining 500 m. maksimal uzunligi bu 10Base-5 tarmog’ini 2500 m. maksimal uzunligini beradi. Bu esa Ethernet tarmog’ining maksimal diametri standartlari cheklovlari bilan aniq mos tushadi.
6.1-rasmda uchta segmentdan iborat ikkita takrorlovchi bilan bog’langan Ethernet tarmog’iga misol keltirilgan. Chetki segmentlarning yuklamasi ko’p bo’lib, o’rtadagisining yuklamasi kam. Ethernet 10 Base-5 tarmog’ida takrorlovchilarni to’g’ri tadbiq qilish 5-4-3 qoida deb nomlanib, 5 ta segment, 4 ta takrorlovchi, 3 ta yuklamali segmentdan iborat bo’ladi.

Download 328.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling