6-ma’ruza: Lokal tarmoqlar va ularning qurilish usullari. Reja


Download 328.08 Kb.
bet8/17
Sana25.12.2022
Hajmi328.08 Kb.
#1065065
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17
Bog'liq
3.1-ma\'ruza LAN (86-117)

100Base-FX/TX/T4 ro’yxati. 100Base-FX, 100Base-TX va 100Base-T4 o’rtasida ko’plab umumiyliklar mavjud, shuning uchun ham bularning xususiyati umumiy nom bilan, masalan 100Base-FX/TX nomi bilan beriladi.
100Base-FX spesifikasiyasi yarim dupleks va dupleks ish tartibida ko’p modli optik tola bo’yicha Fast Ethernet protokoli ishini aniqlaydi. Yethernet 10 Mbit/s tezlikda ma’lumot uzatganda ma’lumotlarni taqdim etish uchun manchester kodidan foydalanadi. Fast Ethernet standartida esa boshqa – 4V/5V («V» harfi binari – ikkilik so’zidan olingan bo’lib, elementar signalning ikki holatini bildiradi) usuli aniqlangan. Bu usul Fast Ethernet texnologiyasi yaratilish vaqtida FDDI tarmoqlarida o’zining ko’pgina afzalliklarini ko’rsatgan, shuning uchun o’zgarishlarsiz 100Base-FX/TX spesifikasiyada qo’llanilgan. Bu usulda MAS ostki pog’onaning har bir 4 biti (belgi deb ataluvchi) 5 bitda taqdim etiladi. Ko’p bit har besh betni elektr yoki optik impulslar ko’rinishida taqdim etishda NRZI kodlarini qo’llash imkonini beradi. NRZI kodida ikkilik sanoq tizimi birlari va nollarini kodlash uchun elektr signalini ikkita potensialidan, optik signal uchun esa yorug’lik davri va qorong’ulikdan foydalanadi.
100Base-TX ro’yxatida ma’lumot uzatish muhiti sifatida 5 darajadagi UTP yoki 1-turdagi STP kabellaridan foydalaniladi. Buning 100Base-FX ro’yxatidan asosiy farqi avtomuloqotning mavjudligi bo’lib, u portlarning ish holatini tanlash uchun qo’llaniladi.
Avtomuloqot sxemasi ikkita fizik bog’langan qurilmalarni fizik pog’onaning bitli tezligi va o’rama juftlar soni bilan farq qiluvchi bir nechta standartlar bilan ishlash va bunda bir muncha qulay ish holatini kelishish imkonini beradi. Avtomuloqotning odatdagi ish tartibi 10 va 100 Mbit/s tezlikda ishlovchi tarmoq adapteri konsentratorga yoki kommutatorga bog’langanda boshlanadi.
Gigabit Ethernet texnologiyasi. Gigabit Ethernet standartini ishlab chiqaruvchilarning asosiy g’oyasi Ethernet texnologiyasining bitli tezligini 1000 Mbit/s oshirib undagi asosiy g’oyalarni saqlab qolishdan iborat bo’lgan.
Gigabit Ethernet texnologiyasini Ethernet va Fast Ethernet texnologiyalari bilan solishtirganda unda qanday umumiy belgilar borligini ko’rib chiqamiz:
- Ethernet texnologiyasining barcha kadr formatlari saqlanadi;
- CSMA/CD erkin foydalanish usulini qo’llovchi yarim dupleks protokoli ishlaydi;
- Ethernet va Fast Ethernet texnologiyalarida ishlatiluvchi barcha turdagi kabellardan foydalanish mumkin, ya’ni bular: optik tola, 5 toifadagi o’rama juft, ekranlashtirilgan o’rama juft.
Xususiyatlarning saqlanib qolishi evaziga Ethernet, Fast Ethernet va Gigabit Ethernet segmentlarini bitta umumiy tarmoqqa bog’lash sodda amalga oshiriladi. Bunday tarmoqlarda alohida qismlar va bog’lamalar tezkor bo’lishi mumkin, shunday ekan lokal tarmoqning barcha sohasi bo’ylab yuqori tezlik talab qilmaydi. CSMA/CD kirish usulini saqlash Ethernet va Fast Ethernet segmentlari bog’langan joyda protokollarni o’zgartirishni inkor etadi. Kelishuv turli xil tezliklarda ma’lumotlar almashganda, ya’ni konsentratorlar bilan bog’langan joylarda kerak bo’ladi.
Qisqa kvitansiyalarni uzatish uchun juda uzun kadrlardan foydalanganda qo’shimcha xarajatlarni kamaytirish maqsadida standartni ishlab chiqaruvchilar oxirgi bog’lamalarga muhitni boshqa stansiyalarga bermasdan bir necha kadrlarni ketma-ket uzatishga ruxsat berishdi. Bu holat uzilishli (pulsasiya) holati deb nom oldi. Stansiya o’lchami 65536 bit yoki 8192 baytdan katta bo’lmagan ketma-ket bir nechta kadrlarni uzatishi mumkin.
802.3z standartida qo’yidagi fizik muhit turlari mavjud:
- 1000 Base –SX. Uzunligi 500 metrgacha optik tola qo’llaniladi;
- 1000 Base-LX. Uzunligi 500 metrgacha ko’p modli optik tolali kabel va 2000 metrgacha uzunlikda bir modli kabel qo’llaniladi;
- 1000 Base-CX. Qurilma xonasi yoki telekommunikasion bino doirasida uzunligi 25 metrgacha ekranlashtirilgan o’rama juft kabeli qo’llaniladi;
- 1000 Base-T. Uzunligi 100 metrgacha to’rtta juft qilib biriktirilgan ekranlashtirilmagan o’rama juft kabeli qo’llaniladi. Signal bir vaqtning o’zida to’rtta juft o’tkazuvchi bo’yicha uzatiladi, bundan tashqari to’liq dupleks bo’lish uchun har bir juft ikki tomonlama ma’lumot uzatadi.
Gigabit Ethernet texnologiyasi Ethernet oilasining tezlik iyerarxiyasiga 1000 Mbit/s tezlikdagi yangi pog’ona qo’shdi. Bu pog’ona serverlar va tarmoqning quyi pog’onasidagi magistrallar 100 Mbit/s tezlikda ishlovchi katta lokal tarmoqlarini muvaffaqiyatli qurish imkonini beradi. Bunda Gigabit Ethernet magistrali yuqori o’tkazuvchanlik xususiyatini ta’minlagan holda ularni birlashtiradi.
Gigabit Ethernet texnologiyasini yaratuvchilar Ethernet va Fast Ethernet texnologiyasining ko’pgina xususiyatlarini saqlab qolishgan. Gigabit Ethernet texnologiyasida Ethernet texnologiyasining oldingi turlaridagi kabi kadr formati bir xil; Gigabit Ethernet ajratiladigan muhitlarda minimal o’zgartirishlar bilan CSMA/CD erkin foydalanish usulini qo’llagan holda dupleks va yarim dupleks holatlarida ishlaydi.


Download 328.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling