6-ma’ruza: Lokal tarmoqlar va ularning qurilish usullari. Reja
Download 328.08 Kb.
|
3.1-ma\'ruza LAN (86-117)
10Base-T standarti. 10Base-T tarmoqlarida muhit sifatida ikkita ekranlashtirilmagan o’rama juftlardan foydalaniladi. Ko’p juftli kabellar asosidagi 3 darajadagi o’rama juft kabellari ko’pdan buyon bino ichida telefon apparatlarini ulash uchun qo’llaniladi. Ushbu ommabop kabel turi lokal tarmoq uchun juda foydali bo’ladi, chunki ko’p binolarga kerakli kabel tizimi o’rnatilgan. Tarmoq adapterini va kommunikasion qurilmalarini o’rama juft kabeliga shunday ulash usulini yaratish kerakki, bunda tarmoq adapterida, kommunikasion qurilmalarda va tarmoq operasion tizim dasturiy ta’minotida koaksial kabel asosidagi Ethernet tarmog’i bilan solishtirganda o’zgartirish juda kam bo’lishi kerak.
Oxirgi bog’lamalar ikki nuqtali topologiya bo’yicha o’rama juftli maxsus qurilma – ko’p portli takrorlovchi yordamida bog’lanadi. O’rama juftdan biri ma’lumotlarni oxirgi bog’lamadan takrorlovchiga (tarmoq adapterining Tx chiqishiga) uzatish uchun, boshqasi esa takrorlovchidan stansiyaga (tarmoq adapterining Rx kirishiga) uzatish uchun kerak bo’ladi. 6.3-rasmda uch portli takrorlovchiga misol keltirilgan. Takrorlovchi biror oxirgi bog’lamadan signalni qabul qiladi va sinxron tarzda uni barcha portlarga uzatadi. Bu ish esa uzluksiz tarzda amalga oshiriladi. Bunday holatda ko’p portli takrorlovchilar konsentrator (hub) deb ataladi. Konsentrator signali umumiy muhitni – mantiqiy monokanal (mantiqiy umumiy shina) tashkil qiluvchi portlarga ulangan barcha o’rama juft kabellarga takrorlash vazifasini amalga oshiradi. Konsentrator kolleziyani o’zining bir necha Rx-kirishidan bir vaqtda kelgan signal orqali aniqlaydi va o’zining barcha Tx-chiqishiga jam ketma-ketligini jo’natadi. Ushbu standartda 3-darajadan past bo’lmagan o’rama juft kabellarida ma’lumotlar uzatish tezligi 10 Mbit/s va o’zaro bog’langan ikki bog’lamalar (stansiyalar va konsentratorlar) orasidagi masofa 100 metrdan katta bo’lmaydi. O’rama juft bu masofaning o’tkazuvchanlik yo’lagini aniqlaydi. 100 metr uzunlikda manchester kodidan foydalangan holda ma’lumotlarni 10 Mbit/s tezlikda uzatish imkonini beradi. 10Base-T konsentratorlar bir-birini oxirgi bog’lamalarni ulash uchun mo’ljallangan portlar orqali ulashi mumkin. Bunda uzatuvchi va qabul qiluvchining bir porti mos ravishda qabul qiluvchi va uzatuvchining mos porti bilan ulanishi kerak. 10 Base-T standartida ixtiyoriy ikkita stansiya o’rtasidagi konsentratorlar soni aynan 4 ta (4-xablar qoidasi) bo’ladi. Bu qoidaning batafsili 5-4-3 qoida bo’lib, u koaksial tarmoqlarda qo’llanilib, CSMA/CD kirishni amalga oshirishda stansiyalarni ishonchli sinxronlash va stansiyalar bilan kolliziyani ishonchli aniqlash uchun xizmat qiladi. Ko’p sonli stansiyalardan iborat 10Base-T tarmoqni qurishda konsentratorlar bir-biri bilan daraxt ko’rinishidagi strukturani hosil qilgan holda iyerarxik usulda ulanadi (6.4-rasm). 10Base-T tarmog’idagi umumiy stansiyalar soni 1024 tadan oshmasligi kerak va fizik pog’onaning bu turi uchun ushbu songa stansiyalar sonini yetkazsa bo’ladi. Buning uchun ikki pog’onali iyerarxiyani yaratish yetarli hisoblanib, paski pog’onada umumiy portlar soni 1024 ta bo’lgan konsentratorlarni joylashtirish orqali amalga oshiriladi. Ixtiyoriy ikkita bog’lamalar orasidagi takrorlovchilar sonining 4 tadan oshmasligi, takrorlovchilar orasidagi kabelning maksimal uzunligi 100 metrga tengligini hisobga olsak 10Base-T tarmog’ining umumiy diametri 5x100 = 500 metrni tashkil qiladi. Bu cheklov Ethernet standartining 2500 m. chekloviga nisbatan jiddiy hisoblanadi. 10Base-T standarti asosida qurilgan tarmoq koaksial variantda qurilgan Ethernet tarmog’iga nisbatan bir qancha afzalliklarga ega. Bu afzalliklar umumiy fizik kabelni markaziy kommunikasion qurilmaga ulangan bir nechta kabel qismlariga ajratilganligi bilan bog’liq. Shunday bo’lsa ham mantiqan bu qismlar avvalgidek ajratilgan muhitni shakllantiradi, ularning fizik ajralishi, ularning holatini nazorat qilish va uzilish, qisqa tutashuv yoki tarmoq adapteri nosoz bo’lganida yakka tarzda o’chirish imkonini beradi. Bunday sharoit esa katta Ethernet tarmoqlaridan foydalanishni yengillashtiradi, chunki odatda konsentrator avtomatik tarzda tarmoq ma’murini yuzaga kelgan muammo haqida ogohlantirib turadi. Download 328.08 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling