6-ma’ruza: Lokal tarmoqlar va ularning qurilish usullari. Reja


Download 328.08 Kb.
bet1/17
Sana25.12.2022
Hajmi328.08 Kb.
#1065065
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
3.1-ma\'ruza LAN (86-117)


6-ma’ruza: Lokal tarmoqlar va ularning qurilish usullari.
Reja:

  1. Lokal tarmoqlarda qo’llaniladigan simli va simsiz texnologiyalar va protokollar.

    1. Lokal tarmoqlarda qo’llaniladigan simli texnologiyalar.

    2. Lokal tarmoqlarda qo’llaniladigan simsiz texnologiyalar va protokollar.

  2. Tarmoq qurilmalari.

  3. Tarmoq topologiyalari.

  4. Mantiqiy adreslash (LLC) va fizik adreslash (MAC).

Kalit so’zlar: tarmoq (network), LAN, mahalliy (local), simsiz tarmoq (wireless network), axborot tizimi (information system), optic tolali kabel (fiber), koaksial kabel (coaxial cable), o’rama juft (twisted pair), fizik pog’ona (physical layer), ArcNet, Token Ring, FDDI, Ethernet, texnologiya (technology), CSMA/CD, UTP, STP, base, MAC, LLC, konsentrator (hub), kommutator (switch), ko’prik (bridge), xabar (message), port, manzil (address), FOIRL, FastEthernet, GigabitEthernet, kadr (frame), PAN, WLAN, WPAN, PDA, Wi-Fi, IEEE 802.11, tarmoq adapteri (network interface card), Windows, server, tarmoq topologiyasi (network topology), shina (bus), yulduz (star).
1. Lokal tarmoqlarda qo’llaniladigan simli va simsiz texnologiyalar va protokollar.
Lokal hisoblash tarmoqlarini yaratish – bu texnologiyalarni tanlash, ishchi stansiyalar sonini, ularning o’zaro joylashuvini aniqlash bo’lib, faoliyat turiga qarab foydalanuvchilarning ishchi guruhlari aniqlanadi. Lokal hisoblash tarmog’i (LHT) cheklangan hududda ishlaydi, uni yaratishda odatda maxsus o’rama juft yoki koaksial kabellardan foydalaniladi. Ayrim hollarda uzoq masofalarda aloqani ta’minlashda yoki himoya bo’yicha yuqori talab qo’yilganda optik tolali kabellar ko’llaniladi. Lokal tarmoqlar uchun kabel bir vaqtda ko’plab abonentlar foydalanuvchi monokanal rolini bajaradi.
Belgilangan maqsadi, atxitekturasi, ma’lumot almashinuvini tashkil qilish va abonentlarni o’zaro aloqa qilish qoidasi bo’yicha lokal tarmoqlarning har xil turlarini belgilash mumkin. LHT barcha turlari axborot tizimlari hisoblanib, axborot resurslari bilan ishlash imkoniyatini ta’minlaydi. Ko’p hollarda LHT katta tarmoqning bir qismi bo’lib, bo’lim, departament, laboratoriya, markaz, ofis yoki ishlab chiqarish sohalariga bog’liq bo’lgan hududiy harakterdagi ma’lumotlarga ishlov berish vazifasini bajaradi. Bo’limlarning faoliyat turi servislar va xizmat sifatini o’z ichiga oluvchi lokal tarmoqlarning arxitekturasiga ta’sir ko’rsatadi.
Funksional vazifasiga ko’ra lokal tarmoqlar quyidagi turlarga bo’linadi:
- ish hujjat almashinuvi, normativ-ma’lumotnoma, kutubxona va axborot arxivi bo’yicha foydalanuvchilarning axborot xizmatini bajaruvchi tarmoq;
- asosiy vazifasi ilmiy-texnik hisoblashlarni bajaruvchi va tadqiqot loyihalarini avtomatlashtirish bo’lgan lokal tarmoq;
- qaror qabul qilish tizimlari, ekspert tizimlari, masofaviy o’qitish, dizayn va loyihalash tarmoqlari;
- mahsulot ishlab chiqarish, xizmat ko’rsatish, savdo va marketing bo’yicha korxona faoliyatini boshqaruvchi lokal tarmoq.
O’tkazuvchanlik xususiyati bo’yicha LHT quyidagi darajalarga bo’linadi:
- ingichka koaksial kabel yoki o’rama juft kabellaridan foydalanuvchi, o’tkazuvchanlik xususiyati past (ma’lumot uzatish tezligi 10 Mbit/s atrofida) bo’lgan LHT;
- yo’g’on koaksial kabel yoki ekranlangan o’rama juft kabellaridan foydalanuvchi, o’tkazuvchanlik xususiyati o’rtacha (ma’lumot uzatish tezligi 100 Mbit/s gacha) bo’lgan LHT;
- optik tolali aloqa kabellaridan foydalanuvchi, o’tkazuvchanlik xususiyati yuqori (ma’lumot uzatish tezligi 1000 Mbit/s gacha) bo’lgan LHT.
Lokal tarmoqning dastlabki texnologiyalarida fizik pog’onada kompyuterlarni birlashtiruvchi qulay vosita sifatida ajratilgan muhitlardan foydalanilgan. Amalda barcha texnologiyalarning (ArcNet, Token Ring, FDDI, Ethernet) boshlang’ich bosqichida ajratilgan muhitlardan foydalanilgan. 90-yilning o’rtalariga kelib unumdorlik, ishonchlilik va keng ko’lamliligi jihatidan yuqori ko’rsatkich evaziga kabelli mahalliy tarmoqlardagi barcha texnologiyalar o’rnini paketlar kommutasiya texnologiyasi egallay boshladi.
Zamonaviy lokal tarmoqlar ikkala texnologiya bo’yicha quriladi, faqat Ethernet texnologiyasi oldinroq paydo bo’lgan bo’lib, unda muhitning ajratiladigan algoritmi sifatida tasodifiy ruxsat usuli qo’llaniladi. Lokal tarmoqni o’rganishda aynan ushbu klassik texnologiyalardan boshlash maqsadga muvofiq. Ethernet texnologiyasi Token Ring va FDDI kabi lokal tarmoq texnologiyalari oilasiga kiradi.

Download 328.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling