6-Ma`ruza Mav
Download 1.18 Mb.
|
6-Ma`ruza Mavzu Metallarni payvandlash usullari. Reja Elektr-y
Uzluksiz ravishda payvandlash. Bu usulda yuzalarni suyultirish bilan payvandlashda zagotovkalarni payvandlash mashina qisqichiga o`rnatishda oralig`ida zazor qoldirilib, katta kuchli tok zanjirga ulanadi-da, ularning birini ikkinchisiga yaqinlashtiriladi. Bu xolda zagotovkalarni avvaliga kichik yuzalar bo`yicha kontaktlantiriladi, ulardan tok o`tganda o`ta qizib eriydi va xatto qaynaydi ham. Bu holda metallning bir qismi magnit maydoni ta`sirida tashqariga otiladi ham . Qachonkim payvandlanuvchi yuzalar tozalanib tekis suyuqlangach, ular bir-
biriga bir muncha kattaroq bosimda bosiladi. Bu usuldan bir xil tipdagi zagotovkalarni payvandlashda keng foydalaniladi. Payvandlash joylarini uzlukli suyultirib payvandlash. Bu usulda zagotovkalarni payvandlash mashinasining qisqichiga o`rnatib tok zanjiriga tokni ulash bilan ular bir-biriga qisqa vaqt ichida bir necha bor kontaktlab ajratiladi. Zagotovkani payvandlash yuzi to`la suyuqlangach, tok zanjiri uzilib, zagotovkalar birini ikkinchisiga ma`lum vaqt bosim ostida siqib payvandlanadi. Payvandlash jarayonida payvandlash joyidagi suyuqlangan metallning bir qismi oksidlar va boshqalar bilan birga tashqariga siqib chiqariladi. Nuqtali payvandlash. Bu usuldan qalinligi 0,5—5 mm gacha bo`lgan metallarni ustma-ust qilib, nuqtalar bilan payvandlashda keng foydalaniladi. Buning uchun metall listlarning birini payvandlash mashinasining pastki elektrodi ustiga, ikkinchi listni uning ustiga qo`yib, ustki elektrodni unga tushirib, ma`lum bosim bilan siqilgach, zaruriy tok zanjirga yuboriladi. (6.11-rasm, a). Katta kuchli tok kontakt nuqtalardan o`tishida payvandlanuvchi zagotovkalarning ustki qismi ichki qatlamiga ko`ra sekinroq qiziy borishi sababli listlarning elektrod bilan kontaktli yuzalari kontakt nuqtaga yondashgan zonalari yuqori plastik holatga o`tganda o`zagi suyuqlanadi. 6.11-rasm. Nuqtali payvandlash sxemasi: (a)-ustma-ust payvandlash: 1-transformator; 2-chok; 3,4-elektrodlar; 5,6-payvandlanuvchi listlar; (b)-bir tomonlama nuqtali payvandlash: 1-ustki list; 2-ostki list; 3-o`rindiq; (v)-normal ish siklogrammalari. Bunda suyuqlangan o`zak metalli bosim ostida kristallanib, nuqta bo`yicha payvandlanadi, keyin esa zarur bo`lsa boshqa joyini payvandlash uchun ustki elektrod ko`tarilib, payvandlash joyi elektrod tagiga surilib, jarayon takrorlanadi. Elektrodlar soniga ko`ra bir vaqtda bir va bir necha nuqtalar payvandlanishi mumkin. 6.11-rasm, (b)da bir tomonlama o`rnatilgan elektrodlar bilan payvandlash ko`rsatilgan. Tok ustki va pastki listlar 1 va 2 orasida taqsimlanish i hisobiga listlarni payvandlash joyi zarur temperaturaga qiziydi. 6.11-rasm, (v) da normal ish sikli diagammasi keltirilgan. Nuqtali payvandlashda sifatli choklar olish uchun payvandlash joylari zang, moy, bo`yoq va boshqa kirlardan tozalanadi, bir-biriga tekis yotishi lozim. Odatda bu usulda payvandlashda uglerodli va kam legirlangan po`latlarni nisbatan kichik zichlikdagi tokda (80—150 А • mm2), kichik bosimda (15—40 MPa) va 0 ,5 —3 soniyada tekis qizdirib payvandlanadi. Ko`p legirlangan po`latlar, alyuminiy, mis va ularning qotishmalarini kattaroq zichlikdagi tokda (160 -400 А mm2), kattaroq bosimda (100—150 MPa), 0,1 —1,5 soniyada tekis qizdirilib payvandlanadi. Download 1.18 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling