6-Ma`ruza Mav
Download 1.18 Mb.
|
6-Ma`ruza Mavzu Metallarni payvandlash usullari. Reja Elektr-y
Elektr-kontakt usulda payvandlash.
Bu usulda metallarni payvandlash uchun payvandlanadigan zagotovkalar 1 payvandlash mashinasining qisqichlari 2 ga qisilib, maxsus mexanizm vositasida bir-biriga yaqinlashtirilib kontaktlangach, zanjirga katta tok (1000—10000 А) yuboriladi. Bunda Joul-Lents qonuniga muvofiq ma`lum miqdorda issiqlik ajraladi: Q = 0.4 l2*R*t Bu yerda l—payvandlash toki ,A; R— tok zanjirining umumiy qarshiligi,Om; t— tok o`tish vaqti, s. Payvandlanuvchi zagotovkalarning umumiy qarshiligi Ry, kontakt yuzining qarshiligi Rk, qisqichlar bilan zagotovkalar orasidagi qarshilik va zagotovkalarning qisqichlardan chiqqan qismlarining qarshiligini Rl, bilan belgilasak, umumiy qarshiligi Rk, Rz va Rl qarshiliklarining yig`indisiga teng bo`ladi: Ry = Rk + Rz + Rl, Om. 6.9-rasm. Elektr-kontakt usulida payvandlash sxemasi. 1-zagatovka; 2-qisqich. Rk qarshilikning Rz va Rl qarshiliklardan kattaligi bu yuzada ajraluvchi issiqlik miqdori ham ko`pdir. Tokning kontaktlangan kichik yuzadan o`tib, issiqlik konsentratsiyasi ortishida bu yuzalar qisqa vaqtda qizib, plastik holatga o`tadi. Agar bu holatdagi zagatovkalar ma`lum kuch bilan bir-biriga qisilganda plastik deformatsiyalanib, yangi kontakt yuzalar hosil bo`lishi bilan, yuzalardagi oksid pardalar ajralib bir-biriga shu qadar yaqinlashadiki, natijada atomlar o`zaro bog`lanib payvandlanadi. (6.9-rasm.) Payvandlanuvchi metall zagotovkalar materialiga, shakli, o`lchamlariga va boshqalarga ko`ra tok zichligi, j=100-360 А*mm2, bosim, p =5-15 MPa va tokning o`tish vaqti t=0,001—0,01 soniya oralig`ida bo`ladi. Shuni qayd etish joizki, zagotovkalarni payvandlashda issiqlikning ta`siriy zonasi ularning issiqlik sig`imiga, issiqlik o`tkazuvchanligiga va payvandlash usuliga bog`lik. Shu boisdan payvandlash joyi va unga yondashgan joylarida struktur o`zgarishlari bo`lishi mumkin va ular mexanik xossalariga ta`sir etadi. Shuningdek, zagotovkalarning bir-biriga qisuvchi kuch qiymatining ham chok sifatiga ta`siri bor. Metallarni elektr-kontakt usulida payvandlash chok sifatining yaxshiligi, mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish mumkinligi, ish unumining yuqoriligi tufayli mashinasozlikning turli tarmoqlarida, qurilishda va boshqa sohalarda keng qo`llaniladi.Metallarni payvandlashning elektr-kontakt usuli uchma-uch, nuqtali va rolikli payvandlash xillariga ajratiladi. Download 1.18 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling