6-Ma`ruza Mav
Download 1.18 Mb.
|
6-Ma`ruza Mavzu Metallarni payvandlash usullari. Reja Elektr-y
- Bu sahifa navigatsiya:
- P o r t l ov c h i m od d alar y o rd a mi d a payv a n dla
- F o y d al a nilg a n a da b i y o t l ar
Ultratovush yordamida payvandlash
Bu usuldan kalinligi bir necha mikrondan 1,5 mm gacha bo`lgan bir xil yoki turli xil metallar va ularning qotishmalarini ustma-ust payvandlashda priborsozlikda, radiotexnikada, samolyotsozlikda va boshqa sohalarda keng foydalaniladi. Bu usulda metallarni payvandlash uchun payvandlanuvchi listlarni payvandlash qurilmasining pastki uchligiga ustma-ust o`rnatiladi. Keyin qurilmaning ustki uchligi bilan ma`lum bosimda qisiladida, kontaktlangan joyiga ultratovush chastotasida (15—100 kgts) mexanik tebranishlar beriladi. Natijada kontakt yuzalaridagi oksid pardalar parchalanib, bir necha sekunddan so`ng toza kontakt yuza zaruriy temperaturaga qizib plastik deformatsiyalanishi natijasida ular juda yaqinlashishi sababli atomlar bog`lanib, puxta chok hosil bo`ladi. Masalan, mislarni payvandlashda kontakt zonada temperatura 600°S dan, alyuminiyni payvandlashda 200—300°S dan ortmaydi. 6.14-rasmdan ko`rinadiki, magnitostriktsion tebratkich 2 ga tulqin uzatkich 3kavsharlangan. To`lqin uzatkich uchligi 4 odatda asbobsozlik po`latidan tayyorlangan. U bilan tayanch 5 orasiga payvandlanadigan listlar 6 qisilgan. Listlarning kontakt yuzasida mexanik tebranishlar hosil qilish uchun o`zgaruvchan magnit maydoni ta`sirida o`lchamlari o`zgaradigan nikelli temir (permaloy), kobaltli temir qotishmalaridan foydalaniladi. Buning uchun cho`lg`am yuqori chastotali o`zgaruvchan tok manbaiga ulanadi. Bunda materialda o`zgaruvchan magnit maydoni hosil bo`lib, materialning o`lchami davriy o`zgaradi. Tebratkich 0-0 o`qi bo`yicha tebranadi (6.14-rasmda to`lqin uzatkich uzunligi 𝜆 va tebranishlar amplitudasi ε harflari bilan ko`rsatilgan). Metallarni ultrotovush yordamida payvandlashda UZSM-1 va U ZSM -2 markali mashinalardan keng foydalaniladi. Portlovchi moddalar yordamida payvandlash Metallarni payvandlashning bu usulidan konstruktsion metall listlarni maxsus xossali boshqa metallar bilan payvandlashda va boshqa ayrim ishlarni bajarishda foydalaniladi. Bu usul portlatilgan moddalar xosil qilgan energiyadan foydalanishga asoslangan. Bu usulda payvandlanuvchi listlarning birini qo`zg`almas qilib tayanchga o`rnatiladi. Ikkinchisi esa unga nisbatan α burchak bo`yicha h oraliqda o`rnatiladi va uning yuziga butun bo`yi bo`ylab H qalinlikda portlovchi modda joylanadi. Ustining bir chekkasiga detonator 5 o`rnatiladi. Detonator 5 zaryadi yondirilib, portlovchi molda portlatilganda xosil bo`lgan gazlar va issiqlik ajralishi bilan xosil bo`lgan kuchli impuls to`lqin list ni i kkinchi listga 1,5—2 km /s tezlikda α burchak bo`ylab katta bosim (10 atm) bilan urib, yuzalaridagi oksid pardalar parchalanib ajralishi, plastik deformatsiyalanishi oqibatida butun yuzalar bo`ylab yaqinlashib, bir necha mikrosekundda atomlar bog`lanib payvandlanadi. Bunda xosil bo`lgan chok metallning plastik deformatsiyalanishi sababli uning puxtaligi asosiy metallar puxtaligidan yuqoriroq bo`ladi. Payvandlash rejimi portlovchi moddaning portlash tezligiga va α burchagiga bog`liq bo`ladi (6.15-rasm). 6.15-rasm. Portlovchi modda yordamida payvandlash. 1-bikir asos; 2,3-zagatovkalar; 4-zaryad; 5-detonator Xulosa Payvand konstruksiyalarni yaratish haqidagi fan mashinalar, apparatlar, qurilish konstruksiyalari bosh sistemalari va tuzilishining to‘g‘ri loyihalanishini o‘z ichiga oladi, loyihalash esa o‘z navbatida mutaxassislar tomonidan amalga oshiriladi. Payvand konstruksiyalarni loyihalashda progressiv texnikani ta’minlovchi tajribadan foydalanish, tipik konstruksiyalarni qo‘llash katta ahamiyatga ega. Payvand konstruksiyalarni yaratish birinchi o‘rinda metalni to‘g‘ri tanlanishini talab etadi, bu esa payvandlash jarayonlarini texnologiyaga mosligini va loyihalanayotgan konstruksiyaning metall sig‘imini ta’minlaydi. Bunday talablar har xil xossalarga ega materiallar: po‘lat, rangli metall, qotishma, keramika, polimer materiallardan foydalanishni taqozo etadi. Payvand birikmalarni loyihalashda payvandlanuvchi materiallarni texnologik mustahkamligini hisobga olish zarur: bular qatoriga payvandlashda darzlarga qarshilik, eksplutatsion mustahkamlik, o‘zgaruvchan yuklanishlarda kuchlanishlar to‘planishiga sezgirlik, qovushqoqlik, zarbga qarshilik kabi xossalar kiradi. Payvand konstruksiyalarni loyihalashda payvandlash texnologik jarayonlarini to‘g‘ri tayinlash, yoyli va kontaktli payvandlash bilan birga elektron nur, lazer, diffuziya, ultratovush yordamida payvandlash usullaridan keng foydalanish, loyihalanayotgan konstruksiyani sinash va nazorat qilishning golografik usullarini qo‘llash zarur hisoblanadi. Payvandlashning eng sodda usullari qadim zamonlardan ishlab chiqarishda qo‘llanilib kelingan. Metallarni biriktirish bronza asrida vujudga kelgan. Payvandlash usullari bu vaqt davomida juda sekin rivojlangan, shuning uchun payvandlash usullari va qo‘llaniladigan jihozlarning o‘zgarishini ko‘rish qiyin. 1802-yilda rus olimi akademik V.V. Petrov elektr yoyini ixtiro qiladi va yoy yordamida metallarni qizdirish va suyuqlantirish mumkinligini isbotlaydi. 1882-yilda rus muhandisi N.N. Benardos erimaydigan ko‘mir elektrodi bilan elektr yoyli payvandlash usulini ixtiro qildi. 1888- 1890 yillarda rus muhandisi N.G. Slavyanov esa eriydigan metall elektrod yordamida payvandlash usulini taklif qildi. Bu usullar hozirgi zamonda metallarni payvandlashda asos bo‘lib xizmat qilmoqda. Foydalanilgan adabiyotlar 1. Mirboboyev V. A. "Konstruksion materiallar tehno-logiyasi", O'qituvchi, 1991 yil. 2. Солцева Ю. П. и другие. "Материаловедение и технология конструкционных материалов" МИС и С 1996 год. 3. Pirmuxamedov P. H. "Materialshunoslikdan laborotoriya ishlari " O'qituvchi, 1985 yil. 4. To`raxonov A. S. "Metallar texnologiyasi" 5. Glizmaknenno D. S. "Metallarni payvandlash va ke-sish" 1885 yil. 6. Глизмакненно Д. С. "Сварня и резна металлов" 1971 год Download 1.18 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling