6-Ma`ruza Mav
Download 1.18 Mb.
|
6-Ma`ruza Mavzu Metallarni payvandlash usullari. Reja Elektr-y
Uchma-uch payvandlash. Metallarni uchma-uch payvandlashda payvandlanuvchi zagotovkalar materiali, shakli, o`lchamlari, chokdan kutilgan puxtalikka ko`ra: payvandlash joylarini yuqori plastik xolaticha qizdirib, bosim bilan yoki suyultirib payvandlash turlariga bo`linadi. (6.10-rasm).
a) Payvandlash joylarini yuqori plastik holatigacha qizdirib bosim bilan payvandlash. Bu usulda zagotovkalarni payvandlashda payvandlanadigan joylarni avvalo zang, moy, bo`yoq va kirlardan tozalanib, so`ngra yuzalari o`zaro moslashtiriladi. Keyin ular payvandlash mashinasining qisqichlariga qisilib, bir-biriga kichik bosim bilan kontaktlanadida zanjirga zaruriy tok yuboriladi. Kontakt yuzalardan kuchli tok bir necha sekund o`tishida kontakt yuzalar qizib, yuqori plastik holatga o`tishi bilan tok zanjiri uziladi. Keyin esa bosim orttirib boriladi. Zagotovkalarning kontakt yuzalari ezila borib, ular shu qadar yaqinlashtiriladiki, bunda atomlar o`zaro bog`lanib payvandlanadi. Keyin bosim olingach payvandlangan zagotovka ajratiladi. 6.10-b rasmda payvandlash joylarini plastik holga keltirib uchma-uch payvandlash sikli keltirilgan. 6.10-rasm. Metallarning qarshiliklari hiosobiga uchma-uch payvandlash mashinasining sxemasi: (a):1-stanina; 2-plita; 3,7-zagatovkalar; 4,6-qisqichlar; 8-payvandlash transformatorining ikkilamchi cho`lg`ami; (b)-payvandlash joylarini plastic holga keltirib uchma-uch payvandlash sikli; (v)-payvandlash joylarini suyuqlantirib uchma-uch payvandlash siklogrammalari. b) Payvandlash joylarini suyultirib, bosim ostida payvandlash. Bu usuldan murakkab shaklli turli ko`ndalang kesim yuzali kam uglerodli, kam legirlangan po`latlar, alyuminiy va mis qotishmalar, shuningdek tezkesar po`lat zagotovkalarni payvandlashda foydalaniladi. Bu usulning ikki xili mavjud bo`lib, bulardan biri uzluksiz payvandlash bo`lsa, ikkinchisi uzlukli payvandlashdir. Download 1.18 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling