6-Ma`ruza Mav


Download 1.18 Mb.
bet1/8
Sana25.01.2023
Hajmi1.18 Mb.
#1121835
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
6-Ma`ruza Mavzu Metallarni payvandlash usullari. Reja Elektr-y


6-Ma`ruza

Mavzu: Metallarni payvandlash usullari. Reja:
1. Elektr-yoy yodamida payvandlash. Elektrod simlari va ulaming qoplamalari.
2. Metallarni gaz alangasi yordamida payvandlash. 3. Zamonaviy payvandlash usullari.
4. Payvandlashning mexanik turlari. Elektromexanik payvandlash turlari.
Elektr-yoy yodamida payvandlash. Elektrod simlari va ulaming qoplamalari.
Po‘latlarni payvandlashgacha ularni qalinligiga qarab payvandlash joylari ma’lum tarzda, masalan, pastki choklarni uchma-uch payvandlashda qalinligi ≤6 bo‘lsa kertilmay, 5–22 mm orasida bo‘lsa V simon, ≥20 mm bo‘lsa X simon va >22 bo‘lsa U simon kertish tavsiya etiladida zang, tuproqlardan tozalanib payvandlash stoliga o‘rnatiladi. Keyin tegishli elektrod tipi, markasi, diametri,

payvandlash rejimi belgilanadi. Amalda uglerodli po‘latlarni dastaki

payvandlashda ularning qalinligi (S) ga ko‘ra elektrod diametri (De) ni 1-jadvalga




ko‘ra:

S, mm 0,5

Dc,mm 1,5

1-2 2-5 5-10

2-2,5 2,5-4 4-6

1-jadval

12-24 30-60

5-6 6-8


Metallarni dastaki usulda payvandlashning yuqori ishi unumli usullari

yaratilganligiga qaramay, ayniqsa, qalin metallarni sifatli, yanada unumliroq payvandlash usullari ustida olib borilgan izlanishlar natijasida ayni payvandlash usuli yaratildi. Bu usuldan qalinligi 2–100 mm gacha bo‘lgan po‘latlar, Си, А1, Ti va ularning qotishmalarini payvandlashda keng qo‘llaniladi. Quyidagi 6.1-rasmda payvandlash avtomatning sxemasi keltirilgan:

6.1-rasm. Flyus qatlami ostida metallarni avtomatik payvandlash avtomatining



sxemasi:

1 – elektrod; 2 – uzatish mexanizmi; 3 – bunker; 4 – flyus; 5 – shlak; 6 – erimagan flyusni so‘rish trubkasi; 7 – payvandlanuvchi metall.


Sxemadan ko‘rinadiki, uzatish mexanizmi (kallagi) (2) uzatmalari yordamida kassetaga o‘ralgan 1–6 mm li elektrod sim (1) ni payvandlash zonasiga uzatadi. Payvandlashda kallak bilan yoy va bunker (3) hali payvandlanmagan tomon avtomatik suriladida, undan flyus to‘kiladi. Flyus qatlami ostida yoy barqaror oldirib yonib, chok bostirila boradi. Bunda flyus metall vannani havodan muhofaza qilish bilan chok sifatini yaxshilashga ko‘maklashadi. 6.2-rasmda metallarni flyus qatlami ostida metall elektrod sim bilan elektr yoy yordamida uchma-uch qilib avtomatik payvandlashni bo‘ylama qirqimi keltirilgan. Sxemadan ko‘rinadiki, elektryoy elektrod sim (1) bilan payvandlanuvchi metall (7) orasida

yonib, u ajratayotgan issiqlikda payvandlash joyi vaflyusning bir qismi eriydi.

Yoyning yonish joyida eriganflyus bilan metall orasida ularni bug‘lari va gazlari bilan to‘lgan zona hosil bo‘ladi. Yoy esa vertikal holatdan payvandlash yo‘nalishiga teskari tomonga biroz og‘ib, suyuq metallni og‘gan tomonga siqa borib vanna hosil bo‘ladi.

6.2-rasm. Metallarni flyus qatlami ostida elektrod sim bilan yoy yordamida uchma-

uch qilib avtomatik payvandlashni bo‘ylama qirqim sxemasi:

1 – elektrod sim; 2 – flyus; 3 – suyuq shlak; 4 – payvand chok; 5 – metall vanna; 6 – elektr yoy; 7 – payvandlanuvchi metall.


Ajralayotgan suyuq shlak metalldan yengilligi sababli uning sirtiga ko‘tariladi. Shlakning issiqlikni yomon o‘tkazishi tufayli vanna sekin sovish natijasida vanna o‘zida erigan gazlardan va nometall qo‘shimchalardan deyarli tozalanadi. Payvandlashda chok sirtidagi erimagan flyus pnevmatik qurilma yordamida bunkerga surila boradi. Payvandlanadigan metall xiliga, qalinligiga ko‘ra flyus (masalan, OSS-45 yoki AN-348), olinib, tegishli elektrod sim markasi va payvandlash rejimi belgilanadi. Chok bostirib bo‘lingach uning sirtidagi shlak qatlami ajratiladi. Bu usul metallarni dastaki payvandlashga qaraganda 5–10 marta unumlidir.
6.3-rasmda shlangli yarim avtomatik payvandlash avtomatining sxemasi keltirilgan. Bu avtomatda metallarni payvandlashda avvalo elektrod sim uchini payvandlash joyiga keltirilib kontaktlangach, flyusli varonka tag to‘sig‘i ochilib bu joyga flyus to‘kiladi.
So‘ngra ishga tushirish tugmachasi bosilib yoy oldiriladida, elektrod sim bilan chok qo‘ldabostirila boshlanadi. Bunda kassetaga o‘ralgan elektrod sim sarflangan sari uni uzatish mexanizmi shlang orqali avtomatik ravishda uzatib turadi. Amalda metall buyumlarni yarim avtomatik payvandlashda qo‘llaniladigan shlangli
avtomatlarning PSh-5, PSh-54 va boshqa markalari bor. Bu usulda metall

buyumlarni payvandlashda qo‘llaniladigan tegishli simlarning diametri 0,8-2 mm bo‘lib, payvandlash toki 100-500 A oralig‘ida bo‘ladi. Bu usuli payvandlash avtomatlardan foydalanish mumkin bo‘lmaydigan joylarda (kalta, egri chiziqli va bostirilishi qiyin joylarda) foydalaniladi.

6.3-rasm. Shlangli yarim avtomatik payvandlash avtomatining

sxemasi:

1 – elektrod simli kasseta; 2 – uzatish mexanizmi; 3 – shlang; 4 – flyus varonka; 5 – boshqarish pult shkafi; 6 – tok manbai; 7 – dasta.



Download 1.18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling