6-Ma`ruza Mav
Download 1.18 Mb.
|
6-Ma`ruza Mavzu Metallarni payvandlash usullari. Reja Elektr-y
- Bu sahifa navigatsiya:
- Z a m o n a viy pay va n d la s h u s u l lari Metall buyumlarni pl
Payvandlash gorelkalari. Ko‘pchilik payvandlash ishlari past va o‘rtacha bosimda ishlaydigan injektorli gorelkalarda olib boriladi, ularga kislorod 0,15–0,35 MPa bosimda, atsetilen 0,001–0,10 MPa bosimda yuboriladi. Gorelkani ishga tushirish uchun avvalo kislorod ventili ochiladi. Bunda kislorod injektor teshigidan chiqishida atsetilenni so‘rib gazlarni aralashtirish kamerasida o‘zaro aralashadi. Gorelka mundshtuki teshigidan chiqayotgan bu aralashma gaz yoqilganda alanga hosil bo‘ladi. Me’yordagi alanga kislorod va atsetilen ventillarini burash ila rostlanadi. Gorelka tuzilishini kuzatsak, u stvol va almashtiradigan uchliklardan iborat bo‘lib, uchliklar gorelka stvolga kiydiriladigan gayka bilan biriktiriladi. Uchliklarni 0, 1, 2, 3, ... 9 nomerlari bo‘lib, payvandlanuvchi metall qalinligiga qarab tegishli uchlikdan foydalaniladi. Masalan, payvandlanuvchi metall qalinligi 0,2–0,5 mm bo‘lsa, nol nomerli uchlikdan, 2–4 mm gacha bo‘lsa 3 nomerligidan foydalaniladi. Gorelkalarni GS-1, G2-04, G3-03 va boshqa markalari bo‘ladi.
6.6-rasm. Payvandlash gorelkalari: a – injektorli gorelka: 1 va 2 – trubka; 3 va 4 – ventillar; 5 – injektor; 6 – aralashtirish kamerasi; 7 – trubka; 8 – mundshtuk. b – injektorsiz gorelka: 1 va 2 – trubka; 3 – ventil; 4 – aralashtirish kamerasi; 5 – trubka; 6 – mundshtuk. Masalan, 0,05–0,06 mm listlarni payvandlashda, shuningdek, zargarlik ishlarida kichik quvvatli GS-1 markalilardan, 0,2–7 mm gacha qalinlikdagi konstruksion po‘latlarni payvandlashda kichik quvvatli G2-04 markaligidan, 0,5– 30 mm. larni o‘rtacha quvvatli G3-03 markaligidan foydalaniladi. GS-1 injektori yo‘q gorelka bo‘lib, unga kislorod va atsetilen bir xil bosimda 0,01–0,1 MPa kiritiladi. Zamonaviy payvandlash usullari Metall buyumlarni plazma yordamida payvandlash Bu usuldan suyuqlanish temperaturasi yuqori bo`lgan metallar va ularning qotishmalari, shuningdek, Si, А1 va ularning qotishmalar va nometall materiallarni (keramika, shisha va boshqalarni) payvandlashda, kesishda, detallarni yeyilishga chidamli qilishda va ishdan chiqqan joylarini zarur metallar bilan ko`plab tiklashda xam qo`llaniladi. Bunda issiqlik manbai sifatida katta zaxirali elektr energiyali yoy bilan ionlangan gazlar (argon, geliy, azot va boshqalar) oqimi (plazma)dan foydalaniladi (6.7-rasm). Yuqori temperaturali plazma olinuvchi uskunaga plazmatron deyiladi. Plazmatron (gorelka) lar konstruktsiyasiga ko`ra ikkiga ajratiladi. Bulardan biri 6.7-rasm, a da keltirilgan rasmdan ko`rinadiki, elektr yoy volfram elektrod 1 bilan payvandlanuvchi metallararo oldiriladi (elektrod gorelka korpusidan keramik materiallar bilan izolyatsiyalangan). Yoy oldirilgach, gorelka kanaliga argon, geliy, azot yoki boshqa gazlardan biri yuboriladi. Gaz yoy ustidan o`tayotganda siqilib energiya zichligi va temperaturasi ko`tarilib, natijada ionlanib, gorelka soplosidan chiqishida yuqori temperaturali tiniq, yarqiragan plazmaga o`tadi. Plazma yoy bilan birgalikda payvandlash joyini bir damda eritadi, chunki uning temperaturasi 10000-20000°S oralirida bo`ladi. Shuni aytish joizki , issiqlik elektrod uchidan uzoqlashgan sari temperaturasi pasayadi. Masalan, bu oraliq, 6—8 mm bo`lganda temperaturasi 6000—8000° bo`ladi. Bunday gorelkalardan tok o`tkazadigan materiallarni payvandlashda foydalaniladi. Bu usul yuqorida ko`rilgan usullarga qaraganda quyidagi asosiy afzalliklarga ega: energiya konsyentratsiyasining juda ko`pligi; plazmali yoyning barkarorligi; kichik 0,5—10 А li tokda qalinligi 0,025—0,8 mm li metallarni payvandlash mumkinligi; tok kuchi va gaz sarfi hisobiga yoy quvvatining rostlanishi. Bu usulning kamchiligi shundaki, bunda soplo va elektrodlar tez ishdan chiqdi. 6.7-rasm, b da faqat plazma oqimida ishlaydigan gorelka sxemasi keltirilgan. Sxemadan ko`rinadiki, gorelka tuzilishi 6.7-rasm, a dagi gorelkaga o`xshash bo`lib, faqat bunda volfram elektrod va suv bilan sovitiluvchi mis yoki uning qotishmasidan tayyorlangan soploaro yoy oldiriladi. Gorelkaga yuborilgan ionlanuvchi gaz (argon, geliy, azot yoki ular aralashmalari) yoy ustunini siqib, uni cho`zadi. Shuni qayd etmoq ham joizki, ionlangan gaz ustuni elektr zaryadlar turg`unligini va yoy barqarorligini ta`minlaydi. Plazma oqimi plazmatron soplosidan chiqishida uchi o`tkir mash`alga o`tadi. Shu boisdan bu plazmatronlarda faqat metallarnigina emas, balki yarim o`tkazgich va dielektrik materiallar (keramika, shisha va boshqalar) payvandlanadi. Bu usuldan mashinasozlik korxonalarida qalinligi 120—140 mm gacha bo`lgan turli materiallarni aniq chegara bo`yicha kesishda, shuningdek yeyilib ishdan chiqqan detallarni tegishli metallar qoplab tiklashda, himoya metall qoplamalar olishda va boshqa qator ishlarni bajarishda keng foydalaniladi. 6.7-rasm. Plazma yordamida payvandlash sxemasi: a-bevosita; b-bilvosita; 1-volfram elektrod; 2-yoy; 3-gorelka soplosi; 4-soplo kanali; 5-zagatovka; 6-plazma oqimi. Metall buyumlarni elektron nur bilan payvandlash Bu usuldan odatdagi sharoitda payvandlash kiyin bo`lgan turli qalinlikdagi (0,01 — 100 mm), suyuqlanish temperaturasi yuqori bo`lgan (M o, W, Ti va boshqalar) va kimyoviy aktiv metallar (Ze, Ur, Be va boshqalar) hamda ularning qotishmalarini payvandlashda foydalaniladi. Bu usulda vakuum kameraga kiritilgan metallarning payvandlash joyiga bir necha soniya davomida elektron nur yuborilganda payvandlash joyi suyuqlanib, soviganda kristallanib payvandlanadi. Buning uchun payvandlanuvchi metallarni 133- 10 4—133- 105 Pa bosimli vakuumli kameraga kiritib, ularning payvandlash joyiga elektron tupi deb ataluvchi qurilmaning volfram o`ramli spiral katodiga transformatordan 10 -35 kV tok yuborilganda, u tezda 2500°S qizib, o`zidan juda katta tezlikda (4—5 km/s) elektronlar ajratadi. Ular elektromagnit linzadan o`tganda katta konsentratsiyali nurga o`tib, payvandlanuvchi metall (anod) yuziga (0,1—20 mm2) uzluksiz yoki impulsli yo`nalganda, uni bombardimon qiladi. Natijada nurning kinetic energiyasi issiqlik energiyasiga aylanib, ko`p miqdorda issiqlik (5000°-6000°S) ajraladi. Bu energiya darhol payvandlash yuzasini suyuqlantiradi va nur olinishi boshqa yerga o`tkazilishi bilan bu uchastka kristallanib payvandlanadi (6.8-rasm). Bu usulda chok sifati yuqori bo`lib, chokka yondoshgan zonasi o`takizib ketmaydi. Bu usulda oksidlanish bormay, chokning sifati yuqori bo`ladi. Shuningdek, odatdagi sharoitda payvandlamaydigan, qiyin eriydigan metallar (W, Mo) payvandlanadi. 6.8-rasm. Elektron-nur payvandlash qurilmasining sxemasi. 1-katod; 2-uchlik; 3-anod; 4-elektromagnid linza; 5-zagatovka; 6-stol; 7-vakuum kamerasi. Download 1.18 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling