6-Ma`ruza Mav
Download 1.18 Mb.
|
6-Ma`ruza Mavzu Metallarni payvandlash usullari. Reja Elektr-y
- Bu sahifa navigatsiya:
- I s h q a lab p ayv a ndla s h .
Payvandlashning mexanik turlari.
Sovuqlayin payvandlash. Yuqori plastik metallarni sovuk holida bosim ostida plastik deformatsiyalab biriktirishga sovuqlayin payvandlash deyiladi. Bu usulda diametri 0 5 - 1 5 mm gacha bo`lgan Al, Si, Ni, Mg, Аi va ularning qotishmalaridan olingan simlar, chiviqlar, yupqa devorli trubalar uchma-uch qilib, yumaloq, yoki to`g`ri to`rt burchakli puanson bilan zarur bosimda payvandlanadi (6.12 -rasm). Shuni qayd etish joizki, zagotovkalarni bir-biriga deyarli bosim bilan qisishda payvandlash yuzalaridagi oksid pardalar parchalanib, yuzalar atom radiuslari o`lchamlarigacha yaqinlatib payvandlanadi. Bu usulda metallarni payvandlashda payvandlanuvchi material xossasiga va qalinligiga ko`ra beriluvchi bosim qiymati mis uchun 2000 MPa olinadi. Bu usul payvandlashda sarflanadigan energiyaning kamligi, payvandlangan metallar xossasining uncha o`zgarmasligi, jarayonni avtomatlashtirish mumkinligi va ish unumining yuqoriligi sababli radio va elektrotexnik detallarni payvandlashda keng foydalaniladi. 6.12-rasm. Sovuqlayin payvandlash sxemasi: 1-payvandlaydigan listlar; 2-puanson; 3-ortiq; 4-pufaksimon tayanch yuzalari. Ishqalab payvandlash. Bu usulda payvandlanuvchi zagotovkalar torets yuzalari bo`yicha o`zaro ma`lum tezlikda ishqalanib, mexanik energiya issiqlik energiyaga o`tishida ajr alayotgan issiklik hisobiga qizib, bosim ta`sirida payvandlanadi. Buning uchun payvandlanuvchi zagotovkalarning biri payvandlash mashinasining aylanuvchi moslamasiga, ikkinchisi aylanmaydigan qismiga mahkam o`rnatiladi. Keyin zagotovkaning aylanuvchi moslamasiga o`rnatilgani ma`lum tezlikda aylantirilib, unga zagotovkaning ikkinchisi o`qlari bo`ylab ma`lum kuch bilan qisiladi. Zagotovkalar toretslari bo`yicha ishqalanganda yuzalari bir necha sekundda payvandlash temperaturasigacha qizigach, kontakt yuzalaridagi oksid pardalar bosim ostida parchalanib plastik formatsiyalanishi natijasida payvandlanadi. Bunda kontakt yuzasida ajraluvchi issiqlik miqdori materiallarning ishqalanish koeffitsentiga, aylanish tezligiga, bosimga bog`liq, (6.13-rasm). 6.13-rasm. Metallarni o`zaro ishqalanish, plastik deformatsiyalab payvandlash sxemasi: 1-qo`zg`almas metall, 2-qisqich, 3-ishqalanish yuzalari, 4-aylanuvchi metall zagatovka. Shuni qayd etish joizki, bu usulda fakt o`zaro aylanib, qisilgan bir xil metall zagotovkalarning ishqalanishi bilangina emas, balki turli xil materiallar (metall keramikani bir -biriga bosim bilan qisilgan) o`zaro ilgarilanma-qaytma harakat qiluvchi zagotovkalar ham payvandlanadi. Bu usulda zagotovkalarning payvandlash yuzalarini kir, zangdan tozalash talab etilmaydi. Lekin payvandla nuvchi zagotovkalarning o`qi bir-biriga to`g`ri kelishi shart. Bu usul kesim yuzasi 50—10000 mm2 bo`lgan chiviqlar, trubalar, parmalar, metchiklar zagotovkalarini payvandlashda qo`llaniladi. Masalan, diametri 50 mm li uglerodli po`lat chiviqlarni payvandlashda zagotovkaning bir minutdagi aylanish soni 400, o`qi bo`ylab beriluvchi bosim kuchi 100 kN , payvandlash vaqti 2 s bo`ladi. Sifatli choklar olishda payvandlanuvchi zagotovkalardan birining ikkinchisiga o`qdoshligi bilan payvandlanuvchi metallar xiliga, xossasiga, payvandlash kesim yuzasiga va shakliga ko`ra payvandlash rejimini turi belgilashning axamiyati foht katta. Bu payvandlashda Quvvati 10—20 va 40 kVt li M S-20, MST-35 va MST-41 markali payvandlash mashinalaridan keng foydalaniladi. Bu usul elektr kontaktli uchma-uch payvandlashga qaraganda quyidagi afzalliklarga ega: 1. Zagotovkalarning payvandlash yuzalarini moy, kir, zanglardan tozalamasa ham bo`ladi. 2. Energiya sarfi 5 - 10 marta kichik. Bu ishlarga odatdagi tokarlik, frezalash, parmalash stanoklarini moslashtirib foydalansa xam bo`ladi. 6.14-rasm. Ultratovush yordamida payvandlash qurilmasining sxemasi: 1-magnitostriksion tebratkich; 2-cho`lg`am; 3-to`lqin uzatkich; 4-uchlik; 4-elektrod; 6-zagatovka Download 1.18 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling