6-Ma`ruza Mav


Download 1.18 Mb.
bet5/8
Sana25.01.2023
Hajmi1.18 Mb.
#1121835
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
6-Ma`ruza Mavzu Metallarni payvandlash usullari. Reja Elektr-y

Uchma-uch payvandlash. Metallarni uchma-uch payvandlashda payvandlanuvchi zagotovkalar materiali, shakli, o`lchamlari, chokdan kutilgan puxtalikka ko`ra: payvandlash joylarini yuqori plastik xolaticha qizdirib, bosim bilan yoki suyultirib payvandlash turlariga bo`linadi. (6.10-rasm).
a) Payvandlash joylarini yuqori plastik holatigacha qizdirib bosim bilan payvandlash. Bu usulda zagotovkalarni payvandlashda payvandlanadigan joylarni avvalo zang, moy, bo`yoq va kirlardan tozalanib, so`ngra yuzalari o`zaro moslashtiriladi. Keyin ular payvandlash mashinasining qisqichlariga qisilib, bir-biriga kichik bosim bilan kontaktlanadida zanjirga zaruriy tok yuboriladi. Kontakt yuzalardan kuchli tok bir necha sekund o`tishida kontakt yuzalar qizib, yuqori
plastik holatga o`tishi bilan tok zanjiri uziladi. Keyin esa bosim orttirib boriladi.

Zagotovkalarning kontakt yuzalari ezila borib, ular shu qadar yaqinlashtiriladiki, bunda atomlar o`zaro bog`lanib payvandlanadi. Keyin bosim olingach payvandlangan zagotovka ajratiladi. 6.10-b rasmda payvandlash joylarini plastik holga keltirib uchma-uch payvandlash sikli keltirilgan.

6.10-rasm. Metallarning qarshiliklari hiosobiga uchma-uch payvandlash



mashinasining sxemasi:

(a):1-stanina; 2-plita; 3,7-zagatovkalar; 4,6-qisqichlar; 8-payvandlash transformatorining ikkilamchi cho`lg`ami;
(b)-payvandlash joylarini plastic holga keltirib uchma-uch payvandlash sikli;

(v)-payvandlash joylarini suyuqlantirib uchma-uch payvandlash siklogrammalari. b) Payvandlash joylarini suyultirib, bosim ostida payvandlash. Bu usuldan murakkab shaklli turli ko`ndalang kesim yuzali kam uglerodli, kam legirlangan po`latlar, alyuminiy va mis qotishmalar, shuningdek tezkesar po`lat zagotovkalarni payvandlashda foydalaniladi. Bu usulning ikki xili mavjud bo`lib, bulardan biri uzluksiz payvandlash bo`lsa, ikkinchisi uzlukli payvandlashdir.

Download 1.18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling