6-ma’ruza. Мavzu: Mezga tayyorlash va moyni presslash yo‘li bilan ajratib olish
Download 279.97 Kb.
|
6-мавзу (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3. Moyni presslash yo‘li bilan ajratib olish.
Ikkinchi bosqich – bu bosqichda myatka 105 0C gacha isitiladi va talab etilgan namlik ko‘rsatkichigacha (masalan kungaboqar uchun 5...6 % gacha) quritiladi. Jarayon turli konstruksiyali qovurgichlarda (jarovnyalarda) – chanli, barabanli, inekli apparatlarda amalga oshiriladi.
Chanli qovurish apparatlari (jarovnyalar) nisbatan keng tarqalgan (34-rasm). 34-rasm. Chanli qovurish apparati (jarovnya). Ular ketma-ket ishlovchi 5 yoki 7 ta chanlardan (1) iborat bo‘lib, ularning tubiga quvurlar orqali bug‘ beriladi. Chanlar valga (2) mahkamlangan bo‘lib, val past tezlikda aylanadi va unda aralashtirgich pichoqlar (3) o‘rnatilgan bo‘ladi. Mezgani bir chandan ikkinchi changa o‘tkazdirish uchun maxsus tirqishlar ko‘zda tutilgan. Chanli qovurgichlardan odatda turli xil shnekli presslarga ega agregatlar tarkibida foydalaniladi. Shnekli qovurish apparatlari (qovurgichlar) nisbatan kam qo‘llaniladi. Tuzilishi va ekspluatatsion jihatlaridan ular sodda va ishonchli bo‘lishiga qaramay, ular moy ishlab chiqarishni ayrim texnologik talablariga javob bermaydi. Barabanli qovurish apparatlaridan asosan chigitni qayta ishlab moy ishlab chiqarishda foydalaniladi. 3. Moyni presslash yo‘li bilan ajratib olish. Zamonaviy texnologik sharoitlarda presslash usulidan odatda ekstraksiya jarayonidan oldin foydalaniladi. Moyni faqatgina presslash usuli bilan olish faqatgina kichik hajmlarda amalga oshiriladi. O‘simlik moylarini faqatgina presslash yo‘li bilan ajratib olish usuli turli konstruksiyali shneklarda amalga oshiriladi. Oldinlari bu maqsadda gidravlik presslardan foydalanilar edi, lekin ular sezilarli kamchiliklarga ega: jarayon davriy kechadi, mahsulotni apparatga yuklash va chiqarish jarayonlarida og‘ir qo‘l mehnati talab etiladi, jarayon amalga oshishi uchun ko‘plab yordamchi jihozlar talab etiladi, hosil bo‘layotgan kunjara tarkibida qoldiq moy miqdori yuqori bo‘ladi (7...8 %). Hozirgi vaqtda mazkur presslardan faqatgina laboratoriya sharoitlarida foydalanilmoqda xolos, sanoatda esa barcha moy olishni texnologik sxemalarida shnekli presslar qo‘llanilmoqda. Download 279.97 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling