6-ma’ruza. Мavzu: Mezga tayyorlash va moyni presslash yo‘li bilan ajratib olish


Presslash texnikasi va texnologiyasi


Download 279.97 Kb.
bet6/6
Sana03.02.2023
Hajmi279.97 Kb.
#1150743
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
6-мавзу (1)

5. Presslash texnikasi va texnologiyasi.
Mo‘ljallanishiga ko‘ra shnekli presslarni ikki turi farqlanadi:
- dastlabki presslash uchun mo‘ljallangan presslar - forpresslar bo‘lib, ular moyni to‘liq siqib chiqarmaydi. Ular quyidagi texnologik sxemalarda qo‘llaniladi: forpresslash – ekstraksiyalash va moyni dastlabki miqdorini ajratib olish uchun ikki martalik presslash sxemalarida. Ular uchun quyidagilar hos: zeerli silindr va shnekli valni yirik diametrlari (220...250 mm); shnekli valni aylanishi chastotasi – 18...26 ayl/daq, yangi konstruksiyalarda – 32...100 ayl/daq; kunjara rakushkasini qalinligi - 6...7 mm dan kam emas, odatda 8...12 mm; moy chiqishi - 60-85 %.
- moyni to‘liq ajratish uchun mo‘ljallangan presslar – ekspellerlar. Ulardan moyni to‘liq ajratib olish uchun ikki martali presslash sxemalarida va bir marotaba presslash uchun foydalaniladi. Ekspellerlarga zeerli silindrni va shnekli valni kichik diametri (130...150 mm), kunjara rakushkasining qalinligi 5...7 mm; shnekli valning aylanish chastotasi 4,5...35,6 ayl/daq kabilar hos.
Presslarning asosiy turlari:
MP – 21-pressi. Ikkita shnekli valga ega qo‘sh ta’sirli gorizontal yoki vertikal press. Ekspeller deb nomlanib, moyni to‘liq ajratadi.
MP va FP-presslari. Moyni dastlabki ajratib olish uchun mo‘ljallangan forpress. To‘rtta bosqichga ega. Forpress ostida qiya lenta va zeerdan to‘qilgan, zarrachalarni ajratib olish uchun mo‘ljallangan setkali qabul qilgichdan iborat moy uchun yig‘gich o‘rnatilgan.
EP-pressi. Ekspeller ko‘rinishida bo‘lib, kunjarani yakuniy siqish bosqichida qo‘llaniladi. Zeer uzunligi bo‘ylab 4 seksiyaga ega.
Zamonaviy R3 – MOA - 10 shnekli moy pressi P3-MOA moy siqish agregati tarkibiga kiradi. U etti chanli qovurish apparati (jarovnya) va shnekli pressdan tashkil topgan. Agregat qovurish apparatini yuqori chanidagi mezga sathini avtomatik nazorat qiladi. Kunjara pressdan rakushka yoki granula shaklida ajraladi.


Nazorat uchun savollar.
1. O‘simlik moylari ishlab chiqarish texnologiyasida mezga tayyorlash jarayoni nima maqsadlarda o‘tkaziladi?
2. Mezgani tayyorlashda qanday fizik-kimyoviy jarayonlar sodir bo‘ladi?
3. Myatkaga namlik - issiqlik ishlovi berishda qanday biokimyoviy o‘zgarishlar kuzatiladi?
4. Mezga tayyorlash uchun qanday uskunalardan foydalaniladi?
5. Moyni presslab olish usulini mohiyati nimadan iborat?


Download 279.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling