6-ma’ruza. Мavzu: Mezga tayyorlash va moyni presslash yo‘li bilan ajratib olish
Moy siqib olishni soddalashtirilgan tizimi
Download 279.97 Kb.
|
6-мавзу (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4. Shnekli presslarni tuzilishini umumiy sxemasi va ish prinsipi.
Moy siqib olishni soddalashtirilgan tizimi.
Mezgani presslash jarayonida uning fizik-mexanik xossalari to‘xtovsiz o‘zgarib boradi. Presslash jarayonidan oldin mezga g‘ovak to‘kiluvchan massa ko‘rinishida (35-rasm) bo‘lib, zarrachalarining yuzasi moyni adsorbsion qatlami bilan qoplangan bo‘lib, zarrachalarni o‘zi havo bilan to‘silgan bo‘ladi (35a-rasm). M ezgani siqishni dastlabki bosqichida, presslash natijasida zarrachalar deformatsiyalanadi va o‘zaro yaqinlashadi, havo siqib chiqariladi, zarrachalar orasidagi bo‘shliqlar kichrayadi. Ayrim bo‘shliqlar to‘liq dastlab zarrachalar yuzasida bo‘lgan moy bilan to‘ldiriladi. Zarrachalar orasidagi bo‘shliqlardan moyni ajralishi boshlanadi (35b-rasm). a b v g d 35-rasm. Mezgani siqish jarayonini sxemasi. Moyning asosiy miqdori zarrachalarni deformatsiyalanishi va birikishi natijasida ularni sezilarli darajada zichlashganida ajralib chiqadi. Ichki yuzalarni yaqinlashuvi natijasida ichki yuzalardan ham moy ajralishi boshlanadi. Tashqi va ichki yuzalarni yaqinlashuvi natijasida bo‘shliqlar sezilarli darajada kamayib, moy bilan to‘liq to‘ldiriladi (35v-rasm). Bo‘shliqlarni keskin kamayishida yuzalarda moyni monomolekulyar qatlamlari qolib, ular yuzalarda eng mustahkam ushlanib turgan bo‘ladi, siqish jarayoni to‘xtatiladi, presslashda monomolekulyar qatlam ajralmaydi, oz miqdorda bo‘shliqlar qoladi. Lekin bu bo‘shliqlar berk bo‘lib, ulardagi moy xuddi kapsulaga qadoqlangan bo‘ladi (35g-rasm). Bosim yechilgach, hajmi 35g-rasmda keltirilgan holatdagidan ko‘p bo‘lgan hajmda kunjara hosil bo‘ladi. Tarang deformatsiyalar natijasida yoriqlar va tirqishlar hosil bo‘ladi, natijada pressdan chiqib ulgurmagan moy yana qaytadan shimilishi mumkin (35d-rasm). Shunday qilib, kunjaradagi qoldiq moylilik monomolekulyar qatlam, berk bo‘shliqlardagi moydan va parchalanmagan hujayralar tarkibidagi moydan tashkil topgan bo‘ladi. 4. Shnekli presslarni tuzilishini umumiy sxemasi va ish prinsipi. Turli-tumanligiga qaramay, barcha shnekli presslar bir turdagi ishchi organga, umumiy tuzilishga va ish prinsipiga ega bo‘ladi. Asosiy ishchi organlariga shnekli val va ajraluvchan bosqichli silindr kiradi. Silindr devorlari plastinalardan tashkil topgan bo‘lib, ular orasida presslash natijasida ajralgan moy chiqishi uchun tor tirqishlar (zeerlar) mavjud. Shnekli val aylanmalari (1) (36-rasm) zeerli silindr (2) yuzasi bilan vintli kanal shaklidagi erkin bo‘shliq hosil qilib, uning geometrik shaklining o‘ziga xosligi materialni qayta ishlash jarayoniga, shu jumladan shnek unumdorligiga, bosim va siqish jarayonlariga ta’sir qiladi. Vintli kanal quyidagilardan shakllanadi: D – zeerli silindr diametri, doimiy bo‘lishi va bosqichma-bosqich o‘zgarishi mumkin; t – aylanma qadami, o‘zgaruvchan bo‘ladi; h – kanal chuqurligi; e – qadam kengligi; δ – silindr va shnek aylanmasi cheti orasidagi bo‘shliq; φ – vintli chiziqni ko‘tarilish burchagi; L – shnekli val uzunligi. 36-rasm. Vintli kanal sxemasi. Shneklarni me’yordagi ishi aylanmalarni optimal balandligi, ya’ni tirqish qiymati δ bilan belgilanadi. Tirqishlar katta bo‘lganda materialni teskari oqimi ortadi, tirqishlar juda kichik bo‘lganda esa ulardan o‘tayotgan material zarrachalari qizib ketishi mumkin. Moy uchun mo‘ljallangan presslarda 1,25...1,50 mm. atrofida bo‘lgan tirqishlar optimal hisoblanadi. Konstruktiv belgilariga ko‘ra presslarning quyidagi turlari farqlanadi (37-rasm): - zeerli silindrni va shnekli valni diametrlari doimiy bo‘lgan (37a-rasm); - zeerli silindrni diametri doimiy va shnekli valni diametri bosqichli oshadigan (37b-rasm); - shnekli valni diametri doimiy va zeerli silindrni diametri bosqichli kamayadigan (37v-rasm); - silindr diametri va val diametri bosqichli o‘zgarib boradigan (bir vaqtda)(37g-rasm). M ezga etkazib beruvchi qurilma orqali valning birinchi qabul qilish aylanmasiga keladi va me’yorda ikkita aylanma orasidagi bo‘shliqni to‘ldiradi. Vintli kanal bo‘sh qolib, undan presslanayotgan material harakatlanadi. 37-rasm. Presslar konstruksiyasi. Shnekli press ishini asosiy prinsipi – bu mezgani zeerlar bo‘ylab harakati davomida qisishdan iborat bo‘lib, bunga shnekli valni uzunligi bo‘ylab vintli kanalni erkin hajmini kamaytirish orqali erishiladi. Pressga kelayotgan mezga zarrachalari orasida ko‘plab bo‘shliqlar va tarkibida 20 % dan 60 % gacha moy bo‘ladi. Birinchi aylanmani oxirida material zichlanib, unda faqat moyli bo‘shliqlar qoladi. Oshib borayotgan bosim ta’sirida ikkinchi va keyingi aylanmalarda moy intensiv ravishda siqib olinadi. FP-pressining beshinchi aylanmasigacha moy siqish jarayoni davom etadi va material to‘kiluvchan strukturaga ega bo‘ladi. Valning oltinchi aylanmasiga kelib moy ajralishi deyarli to‘xtaydi, presslanayotgan materialda taranglik-egiluvchanlik xossalari paydo bo‘ladi. Tadqiqotlar davomida moyning asosiy qismi (umumiy miqdorining 98 % gacha) pressning birinchi yarmida ajralishi aniqlandi. Nazariy jihatdan presslash jarayonida material ikki xil harakatni amalga oshirishi mumkin: -aylanma harakat; -aksial-keluvchi harakat (xuddi harakatlanayotgan shpindeldagi gayka harakati singari). Material va val aylanmasi, shuningdek material zarrachalari orasidagi ishqalanish materialni zeerni silindrik yuzasiga bo‘lgan ishqalanishidan katta bo‘lganda, aylanma harakat sodir bo‘ladi. Shuning uchun material zarrachalarini shnekli valni aylanmalariga bo‘lgan ishqalanish kuchini kamaytirib, materialni zeerga ishqalanishini oshirish kerak. Aylanma harakat pichoqlarni o‘rnatishdagi, vallarni silliqlashdagi, zeerni ichki yuzasini tekislashdagi harakatni sekinlashtiradi. Download 279.97 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling