6-Ma’ruza Mavzu: Tarmoq protokollari Reja: tcp/ip protokollar steki tcp/ip tarmoqlarida manzillash
Download 431.09 Kb.
|
6-ma\'ruza (4)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yordamchi protokollar va TCP/IP stek vositalari.
Yo’naltirish protokollari
TCP/IP stekida FTP protokoli bir qancha kengroq xizmatlarni taklif qiladi va o’z navbatida bu protokol dasturlash uchun eng murakkab hisoblanadi. Dasturda FTP ning barcha imkoniyatlaridan foydalanilmasa, u holda faqat fayllarni ayirboshlash protokoli TFTP(Trivial File Transfer Protocol) dan foydalaniladi. Bu protokol faqat fayllarni ayriboshlashni tashkil qiladi. Transport protokoli sifatida esa TCP dan birmuncha soddaroq bo’lgan UDP protokolidan foydalaniladi. Telnet protokolidan masofadagi kompyuter terminalining emulyatsiyasi uchun tez-tez foydalanib turiladi. Telnet xizmatlaridan foydalanish jarayonida foydalanuvchi masofadagi kompyuterni huddi lokal foydalanuvchi kabi boshqaradi, shuning uchun ham yaxshigina himoyani talab qiladi. SNMP (Simple Network Manegment Protocol) tarmoq boshqaruvini tashkil qilish uchun ishlatiladi. Avvalida SNMP protokol Internet marshrutizatorlarini, odatda shlyuzlar deb ham ataluvchi vositalarni masofadan nazorat qilish va boshqarish uchun ishlab chiqilgan. Yordamchi protokollar va TCP/IP stek vositalari. Protokol – bu qoida va amallar to’plami bo’lib, aloqa olib borish tartibini boshqaradi. Tabiyki, axborot almashinuvida qatnashayotgan hamma kompyuterlar bir xil protokol bilan ishlashi kerak, chunki axborot uzatib bo’lgandan so’ng hamma qabul qilib olingan axborotlarni avvalgi ko’rinishga yana qaytarish kerak. Bir necha standart protokollar to’plami (ularni yana steklar deb atashadi) mavjud, ular juda ko’p tarqalgan:
Sanab o’tilgan protokol to’plamlari uchta asosiy turga bo’linadi:
Download 431.09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling