6-Ma’ruza Mavzu: Tashqi savdoni tartibga solishning


-rasm. Import bojining milliy iqtisodiyotga ta’siri


Download 47.13 Kb.
bet5/6
Sana19.06.2023
Hajmi47.13 Kb.
#1609371
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
6--Mavzu

3.3.1-rasm. Import bojining milliy iqtisodiyotga ta’siri.

3 .3.1-rasm yordamida import bojining kichik iqtisodiyot (ichki narx jahon narxiga ta’sir ko’rsata olmaydigan iqtisodiyot)ga ta’sirini baholashimiz mumkin. Savdo boshlanmasdan oldin, mamlakatda 100 ta tovar ishlab chiqarilyapti va iste’mol qilinyapti, muvozanat narxi 8 dollarga teng (talab va taklif chiziqlari E nuqtada keshishgan). Agar tovarning jahon narxi ichki narxdan past bo’lsa, mamlakatga jahon narxida (5 dollar) 120 ta tovar kirib keladi, ichki narx jahon narxi darajasigacha tushib ketadi. Buning natijasida milliy ishlab chiqaruvchilar faqatgina 40 ta tovar taklif qiladi, iste’mol esa 160 taga yetadi. Milliy ishlab chiqaruvchilarni himoyalash maqsadida hukumat 2 dollar miqdorida bojxona boji joriy qilsa, eksportyorlar o’z tovarini 7 dollardan sotishga majbur bo’ladi va ichki bozordagi narx ko’tariladi. Buning natijasida ichki ishlab chiqarish 80 ta tovarni tashkil qiladi, import esa 40 tagacha qisqaradi. Iste’molchilar jami 120 ta tovar sotib oladi. Bojxona boji o’rnatilishi natijasida milliy ishlab chiqaruvchilar a trapesiyaning yuziga teng bo’lgan qo’shimcha foyda ko’radi. C to’g’ri to’rtburchakning yuziga teng bo’lgan summa bojxona boji sifatida davlat byudjetiga tushadi.


Boshqacha qilib aytganda, milliy kompaniyalarning ichki bozor uchun ishlab chiqargan mahsulotlari bojxona solig’idan ozod bo’lganligi sababli uning narxi import qilinayotgan ana shunday tovardan sezilarli darajada past bo’lishi mumkin, bunday sharoitda xo’jalik yurituvchi subyektlar yangi texnologiyalar, xomashyo va materiallarni tejash hisobiga xarjatlarini kamaytirish zaruriyatiga ehtiyoj sezishmaydi. Amalda import o’rnini qoplashga yo’naltirilgan sohalardagi milliy firmalar o’z tovarlarini import tarifiga yaqin narxlarda sotadi, natijada qo’shimcha foyda ko’radi. Milliy kompaniyalarning daromadlarini o’sishi va milliy ishlab yaiqarishning kengayishini sabablaridan biri ana shunda.




  1. Download 47.13 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling