Xi bob. Korxona (firma) xarajatlari va foydasi


Download 1.2 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/18
Sana12.02.2023
Hajmi1.2 Mb.
#1190622
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
korxona sarf xarajatlari 2



XI BOB. KORXONA (FIRMA) XARAJATLARI 
VA FOYDASI
Oldingi boblardan ma’lumki, raqobatli bozor iqtisodiyoti 
sharoitida tovar narxi ijtimoiy zaruriy sarflar, ijtimoiy naflilik 
darajasi hamda talab va taklif nisbatining o'zaro ta'siri 
natijasida 
o ‘rnatiladi. 
Korxonalarning bozorga 
mahsulot 
yetkazib berishga bo‘lgan layoqatini aniqlab beruvchi muhim 
omil sarf-xarajatlar darajasi hisoblanadi. Har qanday tovarni 
ishlab chiqarish iqtisodiy resurs sarflarini taqozo qiladi, ular 
ham m a’lum narxga ega boMadi. Korxona bozorga taklif 
qiladigan tovar miqdori iqtisodiy xarajatlar (resurs narxlari) 
darajasiga, resurslardan foydalanish samaradorligi va tovarlar 
bozorida sotiladigan narxlarga bogMiq. Bu mavzuda biz sarf- 
xarajatlarning umumiy tabiati va tarkibiga to'xtalamiz hamda 
foydaning tashkil topishini tahlil qilamiz.
l- § . Ishlab chiqarish xarajatlari tushunchasi 
va uning tarkibi
Milliy iqtisodiyotdagi ishlab chiqarish birliklari (korxona, 
firma) o ‘z faoliyati natijalaridan ko‘proq foyda olishga harakat 
qiladilar. Har qanday korxona oladigan foyda nafaqat o ‘zining 
tovarini ancha yuqori narxlarda sotishga, balki tovar ishlab 
chiqarish 
va 
uni 
sotishga 
qilinadigan 
sarf-xarajatlarni 
kamaytirishga ham intiladi.
Tovarlarni sotish narxlari asosan korxona faoliyatiga 
bogMiq boMmagan tashqi sharoitlar bilan belgilansa, ishlab 
chiqarish sarf-xarajatlari korxonaning ishlab chiqarish va 
tayyor 
tovarlarni 
sotish 
jarayonlarini 
tashkil 
qilish 
samaradorligi darajasiga bogMiq. Lekin har qanday tovarni 
ishlab chiqarish va sotish uchun ma’lum sarf-xarajatlar talab 
etiladi.
336
www.ziyouz.com kutubxonasi


Hozirda ishlab chiqarish xarajatlarini tadqiq qilishda ikki xil 
nuqtai nazardan - klassik va neoklassik yoki zamonaviy yondashish 
mavjud. Klassik nazariya yondashuviga ko‘ra, ishlab chiqarish 
xarajatlari — bu mahsulot ishlab chiqarish uchun amalga oshirilgan 
barcha jonli mehnat, pul va moddiy sarflardir.
Umumiy nazariy jihatdan quyidagilarni farqlash lozim:
1) ishlab chiqarishning ijtimoiy xarajatlari yoki mahsulot 
qiymati;
2) korxona 
(firma)ning 
individual 
ishlab 
chiqarish 
xarajatlari. '

Download 1.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling