Xi bob. Korxona (firma) xarajatlari va foydasi
' r 7-chizma. Tovar qiymati va narxining nisbati
Download 1.2 Mb. Pdf ko'rish
|
korxona sarf xarajatlari 2
- Bu sahifa navigatsiya:
- 8-chizma. Yalpi foydaning taqsimlanishi.
'
r 7-chizma. Tovar qiymati va narxining nisbati. Chizmadan ko‘rinadiki, birinchi holatda narx mahsulotlar tannarxidan past darajada o ‘rnatilib (N | daraja), buning natijasida ular zarariga sotilishi mumkin. Ikkinchi holatda narxning N 2 darajada o'rnatilishi mahsulotni sotishdan olingan pul tushumining korxona xarajatlariga teng kelishi, ya’ni ishlab chiqarishning faqat o‘zini-o‘zi qoplashi ta'm inlanishi mumkin. Uchinchi holatdagi N 3 narx darajasi tannarxdan yuqori, biroq qiymatdan past bo‘lib, bunda korxona foydasi tovarda mujassamlashgan foyda miqdoridan kam boMadi. To'rtinchi holatdagi N 4 narx darajasi qiymat miqdoriga teng boMib, korxona tovarda mujassamlashgan barcha foydani oladi. Va nihoyat, beshinchi holatdagi N 5 narx darajasini o'm atish korxonaga tovar qiymatidan ko'proq pul daromadi olish imkonini beradi. 354 www.ziyouz.com kutubxonasi Korxona yalpi foydasining taqsimlanishi ham muhim ahamiyat kasb etadi ( 8 -chizma). 8-chizma. Yalpi foydaning taqsimlanishi. Chizmadan ko‘rinadiki. eng aw alo. yalpi foydadan boshqa iqtisodiy subyektlarga turli to'lovlar amalga oshiriladi. Bu to'lovlarga boshqalarning yer va binolaridan. foydalanganlik uchun ijara haqi, qarzga olingan pul mablag'lariga to'lanadigan foizni kiritish mumkin. Bundan tashqari, korxonalar -davlat va mahalliy hokimiyat organlari byudjetiga soliqlar to'laydilar, turli hayriya va boshqa fondlarga mablag'lar kiritadilar. Mablag'larning qolgan qismi korxona sof foydasini tashkil etadi. U korxonaning ishlab chiqarish va ijtimoiy ehtiyojlariga, shuningdek, jamg'arish (ishlab chiqarishni kengaytirish)ga, atrof-muhit muhofazasi, xodimlarni tayyorlash va qayta tayyorlash hamda boshqa maqsadlarga sarflanadi. Shuningdek, sof foydadan korxona egasi o'ziga tegishli bo'lgan tadbirkorlik daromadini ham oladi. Agar korxona hissadorlik jamiyati shaklida tashkil etilgan bo'lsa, u holda, sof foydaning bir qismi barcha aksiyadorlar o'rtasida taqsimlanadi. Yalpi foydani taqsimlashning tarkib topgan hozirgi sharoitida uning hajmi oshib borishi bilan korxonalar va davlatning mulki ham ko'payib boradi. Shuningdek, nafaqat har bir korxona xodimining, balki davlat va korxonalardan 355 www.ziyouz.com kutubxonasi ijtimoiy ne'm atlar va turli ko'rinishdagi nafaqalar oluvchi jamiyat boshqa a'zolarining ham shaxsiy iste’mol iga sarflanuvchi daromadini ko‘paytirish imkoniyati paydo boMadi. Buxgalteriya foydasi sotilgan mahsulot uchun tushgan umumiy pul summasidan ishlab chiqarishning tashqi xarajatlarini chiqarib tashlash yoMi bilan aniqlanadi. Shu sababli buxgalteriya foydasi iqtisodiy foydadan ichki xarajatlar miqdoriga ko'proqdir. Bunda ichki xarajatlar har doim о / ichiga me’yoriy foydani ham oladi. Korxona umumiy pul tushumi tarkibidagi umumiy va buxgalteriya xarajatlari hamda foydasining farqlanishini quyidagi chizma orqali yaqqolroq tasavvur etish mumkin ( 9 -chizma). Download 1.2 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling