Xi bob. Korxona (firma) xarajatlari va foydasi
Download 1.2 Mb. Pdf ko'rish
|
korxona sarf xarajatlari 2
X ulosalar
1. Ishlab chiqarish xarajatlari — iqtisodiyot nazariyasining eng muhim tadqiqot kategoriyalaridan biridir. Uning vazifasi korxonaning barqaror rivojlanishini ta’minlaydigan mahsulot ishlab chiqarishga sarflanadigan xarajatlarning miqdori va tarkibini aniqlashdan iborat. 2. Xarajatlarni tadqiq qilish shuni ko'rsatadiki, ishlab chiqarilgan va sotilgan mahsulotdan olingan pul tushumi nafaqat ishlab chiqarish xarajatlarini qoplashi, balki foyda olishni ham ta’minlashi kerak. Foyda — tadbirkorlik faoliyatining mazmunini anglatadigan, uni harakatga keltiruvchi omildir. Ammo bu maqsadga erishish ishlab chiqarish 357 www.ziyouz.com kutubxonasi xarajatlariga bevosita bog‘liq. Shuning uchun ishlab chiqarish xarajatlarini tadqiq etish iqtisodiy tahlilning muhim bo‘g‘ini hisoblanadi. 3. Tadbirkor korxona xarajatlari va foydasiga turlicha yondashadi. Muayyan xarajatlar doirasida foyda ishlab chiqarishning eng yaxshi imkoniyatlarini ta ’minlashi kerak. Muayyan foyda doirasida esa xarajatlarni shunday maqbul darajaga keltirish kerakki, bunda ishlab chiqarishni moliyalashtirish ko‘p sarf talab etmasin. 4 .Korxona umumiy xarajatlari ikkiga boMinadi: ishlab chiqarish xarajatlari va muomala xarajatlari. Ishlab chiqarish xarajatlari mahsulotni yaratish uchun sarflanadigan xarajatlardir. Ushbu xarajatlar xom ashyo, yoqilgM, energiya, ishchi kuchi, amortizasiya va boshqalarga sarflanadi. Muomala xarajatlari tovarlami realizasiya jarayoni bilan bogMiq boMgan sarflardir. Ular sof muomala va qo‘shimcha muomala xarajatlariga boMinadi. Sof muomala xarajatlari foyda hisobidan qoplansa, qo‘shimcha muomala xarajatlari esa tovar tannarxiga kiritiladi. 5. Korxona ishlab chiqarish jarayonida foydalanadigan resurslar o ‘z resurslari yoki jalb qilingan resurslar boMishi mumkin. Shunga ko‘ra xarajatlar ichki yoki tashqi xarajatlarga boMinadi. Tashqi xarajatlar - korxona o ‘zi uchun zarur resurs va xizmatlarga toMovlarni amalga oshirishi natijasida vujudga keladigan xarajatlardir. Tashqi xarajatlar toMov hujjatlari bilan rasmiylashtiriladi, shu sababli buxgalteriya xarajatlari deb ham ataladi. Korxonaning o'ziga tegishli boMgan resurslardan foydalanishi bilan bogMiq xarajatlar ichki xarajatlar deyiladi. Bunday xarajatlar pul toMovlari shaklida chiqmaydi. Shu sababli ichki xarajatlar darajasini baholash o ‘z resurslari qiymatini shunga o ‘xshash resurslarning bozor narxlariga taqqoslash orqali amalga oshiriladi. 6 . Ishlab chiqarish hajmining o'zgarishiga ta’sir etish darajasiga qarab doimiy va o‘zgaruvchi xarajatlar ham farqlanadi. Ishlab chiqarish hajmining o ‘zgarishiga (qisqarishi yoki ortishi) ta ’sir etmaydigan xarajatlar doimiy xarajatlar deyiladi. Doimiy xarajatlar ishlab chiqarish hajmiga bogMiq bo lmaydi, uning o‘sishiga ham bevosita ta’sir etmaydi va ishlab chiqarishning 358 www.ziyouz.com kutubxonasi har qanday, hatto nolinchi hajmida ham mavjud bo'ladi. 0 ‘zgaruvchi xarajatlar deb ishlab chiqariladigan tovar miqdorining oshishiga yoki kamayishiga bevosita ta ’sir qiladigan xarajatlarga aytiladi. Ishlab chiqarishning har bir darajasida doimiy va o'zgaruvchan xarajatlar yig'indisi umumiy yoki yalpi xarajatlarni tashkil qiladi. 7. Korxona ishlab chiqarish hajmining o'stirishi uchun qisqa muddatli davrda faqat o'zining o'zgaruvchi xarajatlari miqdorini o ‘zgartirishi mumkin. Bu qisqa muddatli xarajatlardir. Ishlab chiqarish quw atlari esa (ishlab chiqarish bino va inshootlari maydoni, mashina va uskunalar miqdori), doimiy boMib qoladi hamda bu davrda faqat ulardan foydalanish darajasini o ‘zgartirish uchun yetarli boMishi mumkin. Boshqacha aytganda, qisqa muddatli davr oralig‘ida korxonaning ishlab chiqarish quw atlari o ‘zgarishsiz qoladi, ishlab chiqarish hajmi jonli mehnat, xom ashyo va boshqa resurslar miqdorini ko'paytirish orqali o ‘zgarishi mumkin. Bunda mavjud ishlab chiqarish quw atlaridan foydalanish intensivligini oshirish mumkin. 8 ] Uzoq muddatli davr — bu korxonaning ishlab chiqarish quw atlarini va butun band boMgan resurslari miqdorini o‘zgartirish uchun yetarli boMgan davrdir. Bu yerda shuni ta’kidlash lozimki, ishlab chiqarish quwatlarining o'zgarishini taqozo qiladigan davr davomiyligi ayrim tarmoq va korxona xususiyatidan kelib chiqib farqlanishi mumkin. 1 9. Korxona pul daromadlaridan sarflangan barcha xarajatlar chiqarib tashlangandan keyin qolgan qismi foyda yoki iqtisodiy foyda deb yuritiladi. Tovar va xizmatlar sotilganda ularning umumiy qiymati pul daromadlariga, undagi qo‘shimcha qiymat esa foydaga aylanadi. Bundan ko‘rinib turibdiki foydaning haqiqiy manbai qo‘shimcha mahsulot yoki qo‘shimcha qiymatdir. 10. Korxonaning umumiy foydasidan byudjetga (asosan soliq toMovlari), banklarga (olingan ssuda uchun foiz) toMovlar va boshqa majburiyatlar chiqarib tashlansa, korxona sof foydasi qoladi. Buxgalteriya foydasi sotilgan mahsulot uchun tushgan umumiy pul summasidan ishlab chiqarishning tashqi 359 www.ziyouz.com kutubxonasi xarajatlari chiqarib tashlanishi natijasida hosil qilinadi. Shu sababli buxgalteriya foydasi iqtisodiy foydadan ichki xarajatlar miqdoriga ko‘proqdir. Bunda ichki xarajatlar har doim o'z ichiga normal foydani ham oladi. /1 1 . Foydaning o ‘sishiga, chiqarilayotgan mahsulot umumiy hajmi o‘zgarmagan holda ikki yo‘l bilan: yoki ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish. yoki narxni oshirish hisobiga erishish mumkin. / i Download 1.2 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling