6-Ma’ruza Mavzu: Tashqi savdoni tartibga solishning


Download 47.13 Kb.
bet6/6
Sana19.06.2023
Hajmi47.13 Kb.
#1609371
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
6--Mavzu

Tarif eskalasiyasi va uning moxiyati. Optimal tarif stavkasi

Katta mamlakat uchun import tarifi faqatgina ichki ishlab chiqarishni himoyalash emas, balki tashqi dunyo bilan savdo shartini yaxshilab olish vositasi hamdir. Darhaqiqat, katta mamlakat importni qisqartirsa, bu mamlakat ana shu tovarning asosiy xaridori bo’lganligi sababli eksportyor mamlakat ushbu tovar narxini pasaytirishga majbur bo’ladi. Eksport tovarlari narxi o’zgarmagan holda import tovarlar narxining pasayishi importyor mamlakat uchun savdo shartining yaxshilanishiga olib keladi. lekin katta iqtisodiyotli mamlakat ham import bojini joriy qilishdan sof foyda ko’rmasligi mumkin.
Katta mamlakat hukumati ichki ishlab chiqaruvchilarni xorijiy raqobatdan himoya qilish maqsadida importga boj joriy qildi. Boj o’rnatilishi natijasida tovarning jahon narxi tushadi. Lekin ushbu tovarning ichki narxi boj miqdoriga ko’tariladi ( t) Pw dan Pw+tga. Jami taklif chizig’i yuqoriga yangi Sd+w+t darajaga suriladi. Taklifning yangi darajasida ichki talab va jami taklif G nuqtada muvozanatga keladi. natijada ichki ishlab chiqarish Q1Q2ga ortadi, ichki talab Q5Q4ga kamayadi. Import Q1Q5 dan Q2Q4 ga qisqaradi.

Import tarifi joriy qilinishi natijasida iste’molchilarning zarari a+b+c+d ga teng bo’ldi. Kichik mamlakatda bo’lgani kabi import bojining ta’sirini ikkiga ajratishimiz mumkin: qayta taqsimlanish effekti va yo’qotish effekti..


Katta mamlakat misolida daromad effekti ikkiga ajraladi: ichki daromad effekti va savdo sharti effekti.
3.3.2.-rasm. Tarifning katta mamlakat iqtisodiyotiga ta’siri
Ichki daromad effekti — bu daromadning ichki iste’molchilardan.
Savdo sharti effekti — bu daromadning xorijiy ishlab chiqaruvchilardan davlat byudjeti foydasiga qayta taqsimlanishi.
Tarif kvotasi
Import boji ichki qarama-qarshilikka ega. Ya’ni ishlab chiqaruvchilar bir tarafdan xalqaro raqobatdan qutilish maqsadida bundan manfaatdor bo’sa, ikkinchi tomondan ish vaqtidan tashqari paytda iste’molchi sifatida import tarifiga qarshidirlar. Bu ziddiyat qisman tarif kvotasini joriy qilish orqali hal etiladi..
Tarif kvotasi — o’zgaruvchan bojxona boji ko’rinishi bo’lib, boj stavkasi miqdori import qilinadigan tovar hajmiga bog’liq bo’ladi: ma’lum chegaradagi importga pastroq miqdordagi boj, bu chegaradan oshib ketganda yuqoriroq boj o’rnatiladi.
Download 47.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling